O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə18/180
tarix25.11.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#134832
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   180
O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva ma-fayllar.org

Tabiiy va sun’iy tillar
Tilning ikki turi mavjud. Ular tabiiy va sun’iy tillardir. Tabiiy yoki milliy tillar tarixan shakllangan tovushlar (nutq) va grafika (yozuv)ning axborot belgilari tizimidan iborat. Tabiiy tilning alohida olingan har qanday belgisi o‘z holicha hech narsani ifoda qilmaydi. Bu belgilar inson amaliy faoliyati va tafakkuri taraqqiyotining negizida vujudga kelgan til sistemasiga kirgandagina ma’lum bir ma’no va mazmun kasb etuvchi belgilarga aylanadi.
Tabiiy til obyektiv olamning va bilishning turli xil sohalariga tegishli bo‘lgan predmetlar, hodisalar hamda ularning xossalari va munosabatlarini qamrab olish va ifoda qilishdek katta imkoniyatga ega. U semantik jihatdan yopiq tizim hisoblanadi. Boshqacha aytganda, tabiiy til boshqa tillarga murojaat qilmagan holda mustaqil ravishda o‘zini qurishi va ifoda qilishi mumkin.
Shu bilan bir qatorda, tabiiy tildan foydalanish bilish jarayonida ayrim qiyinchiliklarni ham keltirib chiqaradi. Ular quyidagilar bilan bog‘liq: 1) tabiiy tildagi so‘zlarning ma’nosi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turadi; 2) tabiiy tilda bir so‘z bir qancha tushunchani ifoda qilishi (omonimlar) yoki bir tushuncha bir qancha so‘zlarda ifoda qilinishi (sinonimlar) mumkin; 3) tabiiy tildagi ba’zi so‘zlar yordamida ifoda qilingan fikr aniq ma’noga ega bo‘lmay qoladi (masalan, «Karim chet tilini yaxshi bilmaydi» degan fikrda Karimning kimga nisbatan yoki qanday vazifani bajarishga nisbatan chet tilini yaxshi bilmasligi ko‘rsatilmagan). Tabiiy tildagi mana shu kabi hodisalardan xoli bo‘lish uchun ilmiy bilishda atamalardan (terminlardan) foydalaniladi. Atama o‘zining qat’iy va aniq ma’nosiga ega so‘z bo‘lib, bu ma’no definitsiya (ta’rif) yordamida ko‘rsatiladi. Shuningdek, tabiiy tilda aniqlikka sun’iy tildan foydalanish yo‘li bilan ham erishiladi.


Sun’iy til tabiiy til negizida yaratilgan yordamchi axborot belgilari tizimidan iborat bo‘lib, u mavjud xabarlarni aniq hamda tejamli bayon qilish va uzatish uchun xizmat qiladi. Sun’iy tilda sun’iy yo‘l bilan yaratilgan maxsus belgilar, ya’ni simvollar – ramzlar ishlatiladi. Tabiiy tildagi konkret mazmunga ega bo‘lgan fikrlar ilmiy bilishda ana shunday simvollar bilan almashtiriladi. Demak, sun’iy til fikrimizning konkret mazmunidan chetlashgan holda, faqat simvollar bilan ish olib borishni ta’minlaydi.
Sun’iy tillar hozirgi zamon fani va texnikasida keng qo‘llaniladi. Ularning, ayniqsa, matematika, fizika, kimyo, kibernetika, hisoblash texnikasi va shu kabi sohalar rivojlanishida hissasi katta. Sun’iy tillarning ishlatilishiga misol qilib matematikadagi to‘g‘ri burchakli uchburchak tomonlarini ifoda qiluvchi Sos2a+Sin2a=1 formulasini, kimyodagi suvni ifoda qiluvchi N2O formulasini, mexanikadagi tezlikni ifoda qiluvchi

formulasini va shu kabilarni ko‘rsatish mumkin. Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar tuzishda esa maxsus algoritmik tillar ishlatiladi. Ular «Algol – 60», «Algol – 65», «Fortran», «Kobol», «PL – 1», «Assembler», «Beysik» va boshqalardan iborat. Sun’iy tildan mantiq fani ham fikrimiz tuzilishini nazariy jihatdan tahlil qilishda foydalanadi.


Demak, ilmiy bilishda tabiiy tildan ham, sun’iy tildan ham foydalaniladi. Ilmiy til esa tabiiy til, sun’iy til va maxsus atamalardan tashkil topgan bo‘ladi.



Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin