O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə47/180
tarix25.11.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#134832
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   180
O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva ma-fayllar.org

Shartli (implikativ) mulohaza ikki oddiy mulohazaning “agar... unda” mantiqiy bog‘lovchi orqali birikishidan tashkil topadi. Shartli mulohazaning mohiyatini aniqlash uchun “zaruriy va yetarli shart” tushunchalarini farqlash zarur. Hodisaning zaruriy sharti deb, uning mavjudligini ta’minlaydigan holatga aytiladi. Agar hodisaning sharti zaruriy bo‘lmasa, hodisa ham bo‘lmaydi. Masalan, Agar o‘simlik suvsiz qolsa, u quriydi.
Hodisa uchun yetarli bo‘lgan shart deb, har safar shu shart bo‘lganda, o‘sha hodisa kuzatiladigan holatga aytiladi. Masalan, Agar yomg‘ir yog‘sa, unda uylarning tomi ho‘l bo‘ladi. Shartlar “yetarli, lekin zaruriy bo‘lmagan”, “zaruriy, lekin yetarli bo‘lmagan”, “zaruriy va yetarli” bo‘lishi mumkin.
Shartli mulohaza tarkibida asos va natija qismlari farqlanadi. Shartli mulohazaning “agar” va “unda” so‘zlari oralig‘idagi qismi – asos, “unda” so‘zidan keyingi qismi – natija deb ataladi. Agar yomg‘ir yog‘sa, unda uylarning tomi ho‘l bo‘ladi mulohazasida “yomg‘ir yog‘sa” mulohazasi asos, “uylarning tomi ho‘l bo‘ladi” mulohazai natija hisoblanadi.
Demak, asosda ko‘rsatilgan hodisa, natijada, qayd etilgan hodisaning kelib chiqishi uchun yetarli shartni ifodalagan mulohaza shartli mulohaza deyiladi.
Shartli (implikativ) mulohazalardagi “agar... unda” mantiqiy bog‘lamasi (→) belgi bilan ifodalanadi. Hozirgi zamon mantiq ilmida esa ba’zan (ב) simvoli bilan belgilanadi. Bu simvollar moddiy implikatsiya belgisi deb ataladi. Shartli mulohaza esa implikativ mulohaza deb yuritiladi. Implikativ mulohazaning asosi – antetsedent, natijasi – konsekvent deyiladi. Implikativ mulohaza antetsedent – chin, konsekvent – xato bo‘lgan holatdan boshqa hamma ko‘rinishlarda chin bo‘ladi.
Ekvivalentlik mulohazalari “agar va faqat agar... unda” mantiqiy bog‘lovchisi yordamida ikki oddiy mulohazaning o‘zaro bog‘lanishidan hosil bo‘ladi. Tabiiy tilda ekvivalentlik mulohazasi shartli mulohaza ko‘rinishida ifodalanadi. Bunday holatlarda shartli mulohazaning ekvivalent mulohaza ekanligini aniqlash zarur bo‘ladi. Agar shartli mulohazaning asosi natijada qayd etilgan fikr uchun zaruriy va yetarli shart hisoblansa, unda bu mulohaza ekvivalent mulohaza bo‘ladi. Masalan, Agar berilgan butun son juft son bo‘lsa, unda u ikkiga qoldiqsiz bo‘linadi.
Ekvivalent mulohazaning mantiqiy bog‘lovchisi (↔) simvoli, ya’ni (moddiy) ekvivalentlik belgisi bilan ifodalanadi. Ekvivalent mulohazaning asosi va natijasi chin bo‘lganda yoki ham, natijasi xato bo‘lganda,u chin hisoblanadi. Shartli va ekvivalent mulohazani bir-biridan farqlash uchun asos va natijaning o‘rni almashtirib ko‘riladi. Agar natija bo‘lgan mulohaza asos mulohaza uchun sabab bo‘lmasa, u holatda ekvivalent mulohaza bo‘lolmaydi. Yuqoridagi shartli mulohazaning asos va natija qismlarini o‘zgartiramiz: Agar insonning fikr doirasi keng bo‘lsa, unda u ko‘p mutolaa qilgan bo‘ladi. Inson fikr doirasining keng bo‘lishi faqat ko‘p mutolaa qilishiga emas, balki hayot tajribasiga, tafakkurlash qobiliyatiga ham bog‘liq. Demak, berilgan mulohaza ekvivalent mulohaza emas.



Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin