Munosabat mulohazalaridan xulosa chiqarish – munosabat mulohazalarining umumiy, mantiqiy xususiyatlariga asoslangan, xulosa asoslari va xulosa munosabat mulohazalaridan tashkil topgan xulosa chiqarish bo‘lib, uning simvolik ifodasi quyidagicha: (( aRb) ( bRc)) → aRnc.
(R- munosabat turining belgisi, a,b,c – mulohazalar, - kon’yunksiya belgisi, → - implikatsiya belgisi, n – munosabatlarning darajasini ifodalovchi belgi.)
Munosabat mulohazalaridan xulosa chiqarilganda tenglik, katta-kichiklik, vaqt va fazodagi ketma-ketlik, qarindoshlik va b. munosabatlarga asoslaniladi.
Traduktiv xulosa chiqarish – (lot. traductio – joy almashtirish) xulosa chiqarishning bir turi bo‘lib, unda xulosa asoslari va xulosa bir xil umumiylikka ega bo‘ladi. Mas. Akmal Saidning akasi.
Said Nosirning akasi.
Akmal Nosirning akasi.
Tranzitivlik munosabatidan xulosa chiqarish. Tranzitivlik munosabati – (lot. transitus - o‘tish) munosabatlarning shunday xususiyatiki, unga ko‘ra o‘zaro munosabatda bo‘lgan buyum va hodisalardan birinchisining ikkinchisi bilan, ikkinchisining esa uchinchisi bilan munosabatlarini qiyoslash mumkin bo‘lsa, unda birinchisi bilan uchinchisining munosabatini ham qiyoslash mumkin. Mas. a=c tenglik munosabati tranzitiv deyilishiga sabab, a=b va b=c bo‘lgani uchun. “Kattalik (kichiklik)” munosabati ham tranzitivdir:
a > b, b> c bo‘lgani uchun a > c bo‘ladi. Xuddi shu kabi: a < b, b < c, demak, a < c.
Tengsizlik munosabati notranzitivdir. Chunki a va b o‘zaro teng bo‘lmasa, shuningdek b va s o‘zaro teng bo‘lmasa, a unda s ga teng emas deb tasdiqlab bo‘lmaydi. Xuddi shuningdek, tanish bo‘lish munosabati ham notranzitivdir. Chunki, A. agar B.ni taniydi, B. esa S.ni taniydi desak, bundan A. ham S. ni tanishi kelib chiqmaydi. Tranzitivlik aksiomasi quyidagicha yoziladi: (aRb bRc) → aRc.
Dostları ilə paylaş: |