O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə104/180
tarix25.11.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#134832
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   180
O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva ma-fayllar.org

Dialektik inkor prinsipining mohiyatini quyidagicha ifodalash mumkin: bilish jarayonida subyekt bir fikrning boshqa fikr tomonidan inkor etilishi ular orasidagi tafovutni aniqlash bilan cheklanmasdan, ulaning aloqadorligi umumiyligini o‘rnatishi, inkor etuvchida inkor etiliuvchini izlashi zarur. Boshqacha aytganda, inkor etish, inkor etiluvchi fikrni butunlay yo‘qqa chiqarish, tashlab yuborishdan iborat bo‘lmay, uning mazmunidagi ijobiy jihatlarini yangi bilmda saqlash va shu tariqa avvalgi va yangi bilim o‘rtasidagi bog‘lanish nuqtasini o‘rnatish, ularni bilish taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq quyi va yuqori bosqichlari sifatida tasvirlash amali hamdir. Bilish subyekti oldiga qo‘yilayotgan bu talab dialektikadagi inkorni inkor qonuni mazmunidan kelib chiqadigan metodologik prinsipdir. Mazkur prinsip bilish taraqqiyoti savolida bilimlarimizning uzluksiz tarzda o‘sib, takomillashib borishni, xususan, mavjud tushunchalar mazmunining boyishi, yangi tushunchalarning paydo bo‘lishi, ularning o‘zaro aloqadorlikda va bilish rivojlanishining tayanch nuqtalari sifatida namoyon bo‘lishini ifoda etadi. Buni atomizm ta’limoti evolyutsiyasi misolida tushuntirish mumkin. Xususan, atomistik ta’limot asoschilari qadimgi grek faylasuflari Levkip va Demokritlar atomlarni o‘z-o‘zidan bo‘shliqda harakatlanadi, deydi.
Xuddi shuningdek, Qadimgi grek faylasuflari, Zakariyo ar-Roziy, Beruniy kabi o‘rta asr Yaqin va O‘rta Sharq mutafakkirlarining atomlarni bo‘linmas mayda zarrachalar ekanligi to‘g‘risidagi qarashlari XIX asr oxirida elektronning kashf etilishi natijasida inkor etiladi. Lekin bunda ham, avvalgidek, moddiy predmetlarning atom strukturasiga egaligi, bu atomlarning harakatda bo‘lishi to‘g‘risidagi fikrlar o‘z kuchini saqlab qoldi, ya’ni atom tushunchasining “ijobiy” mazmuni yangi atomizda uning xususiy jihati sifatida aks etdi va atom to‘g‘risidagi yangi tasavvurlarni ifoda etuvchi elektron va boshqa elementar zarrachalar tushunchalari bilan uzviy bog‘lanish hosil qildi.
Yuqorida biz qarab chiqqan prinsiplar dialektikaning muhim qonunlari mazmunidan kelib chiqqan holda shakllantirilgan bo‘lib, ular dialektik metodning yana boshqa prinsiplari - abstraktlikdan konkretlikka qarab borish hamda tarixiylik va mantiqiylikning birligi prinsiplarida umumlashgan, sintezlangan holda o‘z mazmun –mohiyatlarni namoyon etadilar.

Abstraktlikdan konkretlikka qarab borish prinsipi Gegel tomonidan dialektik mantiq prinsipi sifatida sistemali tarzda ishlab chiqildi. Uning ta’kidlashicha, bilish taraqqiyoti mutlaq g‘oya’ning o‘z-o‘zidan harakati, rivojlanishidan iborat bo‘lib, u abstraktlikdan konkretlikka qarab yo‘nalgan bo‘ladi. Har qanday rivojlanish sodda ta’rif va tavsifdan boshlanib, asta-sekin konkretlikka o‘ta boradi, “chunki natija o‘zida boshlang‘ich asosni mujassamlashtiradi va bu asosning harakati uni yangi mazmun bilan boyitadi”44. Bilishda, ilmda, odatda, tahlil qilib bo‘lmaydigan, bog‘lanishlar bilan mazmun kasb etmagan borliq, aniqrog‘i, noborliqdan boshlanadi. Lekin bu boshlang‘ich asos butunlay hech nima, bo‘shliq emas, u “shunday yo‘qlikki, undan nimadir kelib chiqadi; demak, borliq boshlang‘ich asosda mavjud. Inchunun, boshlang‘ich asos o‘zida ham borliqni, ham yo‘qlikni, ularning birligini gavdalantiradi; boshqacha aytganda u noborliq ko‘rinishidagi borliq va, shu bilan birga, borliq ko‘rinishidagi noborliqdir”45. Bu boshlang‘ich asos harakatining o‘ziga xosligi shundaki, u bilish taraqqiyoti davomida ilgarilab, boyib boradi va, ayni paytda, orqaga qaytib,o‘zi to‘g‘risidagi boshlang‘ich tushunchani, tasavvurni konkretlashtiradi, oydinlashtiradi, ya’ni boshlang‘ich asos mazmunini ochib beradi.
Demak, Gegel fikricha, “bilish bir mazmundan boshqa mazmunga qarab ilgarilaydi. Bu bosqichma-bosqich harakat mohiyati shundan iboratki, u sodda ta’rif-tavsiflardan boshlanib, keyingilari tobora boyroq va konkretroq bo‘lib boradi”46. Gegelning borliq taraqqiyotini tushunchalar taraqqiyoti sifatida qabul qilishini bir yoqlama idealistik talqin deb hisoblab, undagi ratsiolan mazmunni ajratsak, faylasufning dialektik mantiqning muhim prinsipini ishlab chiqqanining guvohi bo‘lamiz.
Abstraktlik deganda, hozirgi mantiqda predmetning birorta qirrasi, jihati, xususiyatini aks ettiruvchi, ya’ni uni bir tomonlama tavsiflaydigan fikr, masalan, tushuncha, nazarda tutiladi. Konkretlik deganda esa, predmet to‘g‘risidagi ana shunday abstrakt tushunchalar sintezidan hosil bo‘lgan hamda predmet to‘g‘risida yaxlit tasavvur paydo qilinadigan fikr tushuniladi. Demak, abstraktlik degani – bu predmet to‘g‘risida yaratilgan qandaydir bir mavhum, aniq ma’noga ega bo‘lmagan firk emas, balki predmetning muayyan bir xususiyati, jihati to‘g‘risidagi aniq ma’lumot beradigan fikrdir. Uning abstraktligi predmetning yaxlit obrazini tashkil eta olmasligida, xolos.
Xuddi shuningdek, konkretlik deganda, predmetning yaxlit yaqqol hissiy obrazi, ya’ni uni idrok etish tushunilmaydi. To‘g‘ri konkretlikning bunday talqini ham mavjud. Haqiqattan ham, bilish, odatda, hissiy mushohadaga xos konkretlikdan, ya’ni predmetning yaqqol hissiy obrazini yaratishdan boshlanadi va keyingi bosqichida uning umumiy muhim xususiyatlari, munosabatlarini fikrda ajratib, u to‘g‘risida abstrakt, tushunchalar hosil qilishga o‘tadi. Bu – predmetni bilishning ilk va zaruriy bosqichi. Lekin dialektik mantiqning obyekti tafakkur taraqqiyoti bo‘lgani uchun uni hissiy mushohada emas, aqliy mushohada qiziqtiradi. Shu sababli unda gap fikrning, bilimning abstrakt tushunchadan boshlanib, predmetning yaxlit fikriy obrazini – konkretlikni, xususan, nazariya’ni yaratish bilan kechadigan va keyinchalik kamroq konkretlikdan ko‘proq konkertlikka qarab yo‘nalgan harakat tushuniladi. Boshqacha aytganda, abstraktlikdan konkretlikka qarab borish bilishning yuqori bosqichi – nazariy bilishning muhim prinsipi bo‘lib u bilishning dastlabki bosqichi – hissiy konkretlikdan abstraktlikka (ya’ni abstraktsiyalar, masalan, tushunchalar hosil qilishga) qarab boradigan bosqichini inkor etmaydi, aksincha undan kelib chiqadi, unga tayanadi. Zero tushunchalar harakati, taraqqiyoti to‘g‘risida gapirishdan avval, ularni hosil qilish zarur. Abstraktlikdan konkratlikka qarab borish prinsipi nazariy qurilmani, aniqrog‘i ilmiy nazariya’ni yaratishda qshllaniladi. Fan nazariya yoki bir qancha nazariyalar to‘plami ko‘rinishda bo‘lishini hisobga olsak (masalan, fizika, mexanika, termodinamika, elektrodinamika, optika, kvant mexanikasi kabi nazariyalarni o‘z ichiga oladi). Mazkur prinsipning fan arxitektonikasini yaratuvchi metodologik vosita ekanligini tushunish qiyin emas. Buni ximiya fani asosini tashkil etuvchi ximiyaviy elementlar davriy sistemasining yaratilishi misolida tushuntirish mumkin. Ximiyaviy elementlar xususiyatlarini o‘rgana borib, D.I.Mendeleyev barcha elementlar uchun bitta umumiy xususiyat – atom og‘irligiga ega bo‘lish ekanligini kuzatadi va uni o‘zining yaratgan davriy sistemasi uchun asos qilib oladi. Xususan, ximiyaviy elementlarni atom og‘irligi ortib borishi tartibida joylashtirib, davriy sistemada ularning turli guruhlarini – metallar, galogenlar va boshqalarni farq qildi, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, qonunlarini, ayni paytda, ularning o‘zaro aloqasi hamda umumiy qonuniyatlarini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Boshqacha aytganda, boshlanishda eng umumiy, abstraktlik deb hisoblanadigan “ximiyaviy element tushunchasidan metallar”, “galogenlar” va boshqa ximiyaviy tushunchalarga o‘tila borildi va shu tariqa zamonaviy ximiya’ning nazariy asosi yaratildi.
Abstratlikdan konkretlikka qarab borish prinsipining umummetodolgik ahamiyati shunchalik kattaki, u deyarli ilmiy tadqiqot ishlarining juda ko‘p turlarida, ayniqsa, magistrlik dissertatsiyalari, nomzodlik dissertatsiyalari va doktorlik dissertatsiyalarining aksariyatida taraqqiyotning metodologik asosi sifatida ko‘rsatiladi. Har bir ilmiy nazariya’ning tarixiy falsafiy asosi bo‘lgani uchun mazkur prinsipni qo‘llash zaruriy hol hisoblanadi.
Shuningdek, ba’zi hollarda mutaxassislar abstraktlikdan konkretlikka qarab borishni dialektik metodining o‘zi deb takidlashadi. Bu fikr, albatta, bahstalabdir. Chunki dialektik metod taraqqiyot va umumiy aloqadorlikni aks ettiruvchi barcha umummantiqiy, umummetodologik prinsiplarni, usullarni o‘zida qamrab olgan holda bilishda o‘ziga xos uslub, yondashish sifatida namoyon bo‘ladi. Uni tashkil etuvchi har bir prinsip mazkur metodni o‘ziga xos tarzda ifoda etadi. Abstraktlikdan konkretlikka qarab borish jarayonida predmet to‘g‘risidagi tasavvurlar evolyutsiyasi tizimga solinadi, umumlashtiriladi va mantiqiy izchil bayon qilinadigan nazariy qurilma shakliga keltiriladi. Ana shuning uchun ham bu prinsip tarixiylik va mantiqiylikning birligi prinsipi bilan uzviy bog‘langan.



Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin