O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə142/180
tarix25.11.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#134832
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   180
O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva ma-fayllar.org

Forobiy mantiqiy xatolar haqida. Forobiy «Falsafatu Aristutolis» nomli risolasida sofistika tarzida isbotlash bo‘yicha bahsda qatnashuvchilarning har biri qo‘llaydigan quyidagi olti usulni ko‘rsatadi: «1) tanbeh, 2) sarosima, dovdirash, 3) tuhmat va qat’iyat, 4) nutqda duduqlanishga majbur qilish, 5) bema’ni narsalardan foydalanish, safsata, 6) sukutga majbur etish, xatto bahslashuvchi gapirishga qodir, qobiliyatli bo‘lsa ham, gapirishni man etish».
Forobiy sofistik va poetik isbotlash usullari o‘rtasidagi tafovutga to‘xtalib, sofist mavjud narsani nomavjud deb, nomavjud narsani mavjud deb tasvirlaydi, taqlidchi, shoir esa voqelikka teskari bo‘lgan narsani emas, balki unga o‘xshash narsani tasvirlaydi, deb ko‘rsatadi.
Mutafakkir isbotlash jarayonida uchraydigan xatolarga alohida e’tibor bergan. Forobiyning ko‘rsatishicha, muhokamalarni chalkashtirish, yanglishtirish, aldash, noto‘g‘rini to‘g‘ri, to‘g‘rini noto‘g‘ri deb bilish sofizmlarni keltirib chiqaradi. U sofizm so‘zining ma’nosini «soxta donolik» deb tushuntiradi. Bunday ishlar bilan shug‘ullanuvchilarni, ya’ni rostni yolg‘on, yolg‘onni rost, deb tasdiqlovchi, o‘zini dono, boshqalarni esa nodon qilib ko‘rsatuvchi kishilarni sofistlar deb ataydi.
Sofistik muhokamalar so‘zlovchi va tinglovchi orasidagi fikr almashinish jarayonida suhbat va bahs yuritishda qo‘llaniladi. Bunday muhokamalardan maqsad «suhbatdoshning yolg‘on gapirayotganligini ko‘rsatish, uning fikrini yuzaki rad etgan holda, hamma tomonidan qabul qilingan fikrlarga nisbatan zid fikrga olib kelish, fikrni chalkash bayon qilishga va (suhbatdoshini) hadeb bitta fikrni qayta-qayta takrorlashga (ezmalik qilishga) majbur etishdir»192. Sofistlar o‘z maqsadlarni amalga oshirishda insonning ruhiy holatidan, tafakkurida o‘rnashib qolgan fikrlardan, odatlaridan, shuningdek, biror g‘oya’ning tarafdorlari ekanligidan ustalik bilan foydalanganlar.
Forobiy «fikr yuritish jarayonidagi mantiqiy xatolarning oldini olish uchun sofistlar qo‘llaydigan usullarni bilish, bizga biror fikrni isbotlashayotganda yoki o‘zimiz boshqalarga isbotlayotganimizda, ularning ta’siridan qutilish imkonini beradi»193, - deydi.
Forobiy safsatalarni sillogizmlarning tuzilishi yoki ularning tarkibiy qismlari bilan bog‘liq bo‘lgan xatoliklarga yo‘l qo‘yish oqibatida vujudga keladi, deb hisoblaydi. Isbotlash, asosan, sillogistik ko‘rinishda bo‘lgani tufayli, isbotlashda uchraydigan xatolar yo shaklga yo mazmunga taalluqli bo‘ladi.
Forobiy “Sofistika” asarida shakl bilan bog‘liq bo‘lgan mantiqiy xatolarning, ya’ni so‘zlarning ishlatilishiga ko‘ra yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolarning o‘n sakkiz turini ko‘rsatadi va ularning har birini batafsil tushuntirib beradi.
Mutafakkir sillogizmning terminlari va asoslari bilan bog‘liq bo‘lgan xatolar ham sofistik muhokamalarning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi, deb ko‘rsatadi, bunday xatoliklarning quyidagi turlarini aniqlab beradi:
1. Sillogizmdan talab qilingan buyum haqida ham, boshqa buyum haqida ham, ularning o‘zgarish yoki o‘zgarmasligidan qat’i nazar, xulosa chiqarilmaydi. Bunga Meliss sillogizmini misol qilib olish mumkin: “Agar mavjud narsa vujudga kelgan bo‘lsa, unda u boshlang‘ich nuqtasiga ega. Lekin u vujudga kelmagan. Demak, uning boshlang‘ich nuqtasi yo‘q. Shu sababdan mavjud narsa mutlaq yagona yoki ibtidosiga ham, oxiriga ham ega emas”. Bu sillogizmda xulosa asoslar bilan mantiqiy jihatdan bog‘lanmagan.
2. Sillogizmdan talab qilingan xulosa emas, balki boshqacha xulosa chiqariladi. Buni Parmenid sillogizmi misolida ko‘rish mumkin: “Mavjud narsalardan boshqa hech narsa mavjud emas. Mavjud bo‘lmagan narsalar hech qanday buyum emas. Demak, faqat mavjud narsalar mavjuddir.” Asli xulosa quyidagicha ifodalansa to‘g‘ri bo‘ladi: “Mavjud narsalardan boshqa hech narsa buyum hisoblanmaydi.”
3. Sillogizmdan talab qilingan xulosa birinchi navbatda emas, balki ikkinchi navbatda chiqariladi.
4. Sillogizmdan talab qilingan xulosa tasodifiylik asosida chiqariladi. Bunda xulosa asoslari xato, xulosa esa chin bo‘ladi.
5. Sillogizmdan talab qilingan xulosa shu fan asosida emas, balki unga bog‘liq bo‘lmagan boshqa sohaga asoslanib chiqariladi. Masalan, “uchburchak ikki tomonining yig‘indisi uchinchi tomonidan katta” degan xulosani “uzoq yo‘lga uzoq vaqt ketadi”, degan mulohaza bilan asoslansa, yuqoridagi xato kelib chiqadi.
6. Sillogizmdan talab qilingan xulosa faqat u yoki bu holatda kelib chiqsa, lekin sillogizm qismlari bu holatda olinmasa, natijada, boshqa holatga oid xulosa chiqariladi. Masalan, Protagorning mulohazasiga ko‘ra, «Inson haqiqatda ham (zaruriy ravishda) hayvondir, chunki u xohishi va ehtiyojiga amal qilgan holda harakat qiladi».
7. Sillogizm asoslari, go‘yoki ular aniq, ravshan bo‘lganligi tufayli tushirib qoldiriladi. Masalan: “Bir qismlarga ajralmaydi, chunki u bo‘linmagan va qo‘shilmagan, shuning uchun u qismlarga ajralmaydi.” Bunda xulosa xato bo‘lsa ham, to‘liq asoslanmaganligi tufayli chin bo‘lib tuyuladi.
8. Sillogizm asoslari talab qilingan xulosani keltirib chiqarishga imkon bermaydi. Bunday holatni ko‘p gapiruvchi va ezmalik qiluvchilarning muhokamalarida uchratish mumkin.
9. Sillogizmda tinglovchi uchun noma’lum bo‘lgan yoki u qabul qilmaydigan asoslar olinganda, bu asoslar chin bo‘lsa ham, ular vositasida isbotlashni amalga oshirib bo‘lmaydi. Bunday sillogizmlar ko‘proq dialektik isbotlashga taalluqlidir.
Forobiyning mantiqiy ta’limoti Yaqin va O‘rta Sharqda, Markaziy Osiyoda mantiq fanining rivojlanishini belgilab berdi, mantiq ilmining keyingi rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi.


Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin