O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə151/180
tarix25.11.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#134832
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   180
O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva ma-fayllar.org

Takrorlash uchun savollar
1.Ibn Rushdning hayoti va ijodi haqida nimalarni bilasiz?
2. Andalusiyalik olimlardan kimlar mantiq ilmi bilan shug‘ullangan?
3. Bu davrda mantiq ilmini o‘rganish qanday kechgan?


Faxriddin Roziyning mantiqiy ta’limoti
Faxriddin Roziyning to‘liq ismi Abu Abdulla Muhammad ibn Umar ibn al-Xusayn Faxriddin Roziy bo‘lib, 1148-1210-yillarda yashab ijod etgan.
Arifmetika, geometriya, algebra, astronomiya, mexaniqa, kimyo, fizika, falsafa, mantiq, diniy ilmlar, arab tili va grammatikasi, she’riyat bilan shug‘ullangan va ularga oid ilmiy asarlar yozgan. Uning “Risolai Munozara”, “Mufatix al-g‘oib yo tafsiri Kabir”, “Jam al-ulum” (Bilimlar majmuasi), «Ar-Risolat al-kalomiya va al-xoqoiq al-ilohiya), “Sharh al-ishorat va at-tanbehot” kabi asarlarida falsafa va mantiq masalalari bayon qilingan217.
Faxriddin Roziyning falsafiy dunyoqarashi. Faxriddin Rozi Yeron va O‘rta Osiyoning ko‘plab shaharlarida bo‘lgan va olimlar bilan suhbatlashgan. Uning ilmi va notiqlik san’atidagi muvaffaqiyatlari “Faxriddin” unvoniga ega bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Mutafakkir Demokrit, Platon, Aristotelning asarlarini chuqur o‘rgangan. Farobiy va Ibn Sinolarning falsafiy, mantiqiy ta’limotlarini yaxshi bilgan va o‘z asarlarida ularning qarashlarini yanada rivojlantirgan.
Faxriddin Roziyning asarlarida o‘sha davrda mavjud bo‘lgan bilimlar bayon qilingan. Uning ta’kidlashicha, voqelik zaruriy mohiyat va imkoniy mohiyatni o‘ziga qamrab oladi. Zaruriy mohiyat-yaratuvchini, imkoniy mohiyat-olam va insonni ifodalaydi. U ruh va aqlni mustaqil substansiyalar sifatida talqin qiladi.


Faxriddin Roziyning mantiqiy ta’limoti. Faxriddin Roziy mantiq ilmini ta’riflash, xulosa chiqarish shakllari va isbotlash to‘g‘risidagi fan deb ta’riflaydi. Tushuncha mulohaza va xulosaning tarkibiy qismi bo‘lganligi uchun mantiq ilmida o‘rganiladi. Lekin tushunchaning mohiyati va uning borliqqa munosabati mantiq ilmida o‘rganilmaydi. Mantiqning tadqiqot obyekti xulosa chiqarishdir.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin