O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə165/180
tarix25.11.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#134832
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   180
O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva ma-fayllar.org

Takrorlash uchun savollar
1.Nasiriddin Tusiy mantiqqa oid qanday asarlar yozgan?
2. Mantiq faniga qanday ta’rif bergan?
3. Modal mulohazaning qanday turlarini ko‘rsatgan?
4. Boshlang‘ich bilimlarning qanday turlarini ko‘rsatgan?
5. Xulosa chiqarishning qanday turlarini ko‘rsatgan?

6. Mantiqiy xatolarning qanday turlarini ko‘rsatgan?


Sa’duddin Mas’ud Taftazoniyning mantiqiy qarashlari

XIV-XV asrlarda mantiq, tabiy-ilmiy fanlar, ayniqsa falakiyot, falsafa va axloqshunoslikka katta e’tibor berildi. Mantiq ilmining yirik vakillaridan biri Sa’didin Taftazoniydir (1322-1392) u Niso viloyatiga qarashli Taftazon qishlog‘ida dunyoga keladi. Yoshligidan ilohiyot fanlari, arab tili, nutq sa’nati va mantiq bilan shug‘ullandi. Taftazoniy mad-
rasalarda mudarisslik qildi. Turkiston, Xirot, Jom, Gijduvon madrasalarida talabalarga dars berdi. Taftazoniyning shuhrati, ilmiy ishlari Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlariga keng tarqaldi. Temurning taklifi bilan alloma Samarqandga kelib, shu yerda umrining oxirigacha yashadi.
Taftazoniy 40 dan ortiq risolalarning muallifidir. Muhimlari: "Taxzib al-mantiq val-kalom" ("Mantiq va kalomga sayqal berish") "Muxtasar al-maoniy"(Ritorikaga oid "Qisqacha ma’nolar"),"Al-irshod al-xodiy" (Arab tili gammatikasiga oid "Yoʻl boshlovchi rahbar") va boshqalar219. Taftazoniy o‘tmish olimlarining juda ko‘p asarlariga sharh ham bitgan.
Alloma sabab va oqibat, iroda erkinlikgi, bilish, ong, mantiq fani va uning vazifalari haqida o‘z fikrini bayon qilgan. Masalan, u tabiatda sabab va oqibat munosabatlarining mavjudligini e’tirof etadi. Taftazoniy iroda erkinligiga to‘xtalib, har qanday ezgu ishlar xudo mohiyatidan kelib chiqadi, Xudo yaratuvchi sifatida insonlarni yomon xatti-harakatlar qilishdan saqlaydi, insonni ko‘proq xayrli ishlar qilishga chorlaydi, gunox ishlardan qochishga da’vat etadi, deb aytadi.

Tarjimai holi

U ko‘p yillar Samarqandda yashagan, Amir Temur saroyi olimlaridan Mas’ud ibn Umar ibn Abdulloh Sa’duddin Taftazoniy hijriy 722, milodiy 1322-yili Xurosonning Naso shahrida tug‘ildi. Ilk ta’limni Hirot, Sheroz kabi shaharlarda oldi. Keyinroq davrining yirik olimlari Azduddin Iyjiy, Qutbiddin Muhammad Roziy, Nasimuddin Abu Abdulloh, Ziyouddin ibn Usmon Qazviniy, Ahmad ibn Abdulvahob Qusiylarga shogird tushdi, ilmda yetuk darajaga erishdi.


Taftazoniy ilk asarlarini o‘n besh-o‘n olti yoshlarida yoza boshlagan. Umrining ko‘p qismi Samarqand, Xorazm, Buxoro, O‘ijduvon kabi shaharlarda o‘tgan. 1390-yili Samarqandda vafot etgan.

Manbalarda keltirilishicha, Taftazoniy asarlari o‘ttiztaga yetadi. Asosiylari “Al-arba’in fil hadis”, “Al-fatova al-hanafiyya”, “Al-miftoh”, “Irshod al-hodiy”, “Tahzib al-mantiq val kalom”, “Maqosid at-tolibin” va uning sharhi “Sharhul Maqosid”, “Al-mutavval ala at-talhis” va boshqalardir.


Taftazoniy yurtimizdan chiqqan yetuk olimlar asarlariga sharhlar ham bitgan. Jumladan, u Abu Hafs Nasafiyning “Al-aqoid”, Mahmud Zamaxshariyning “Al-Kashshof” asarlariga batafsil hoshiya va odob-axloqqa oid “Navabig‘ul kalim” (“Nozik iboralar”) asariga mufassal sharh yozgan.
Tarixchi Xondamir “Habibas siyar” asarida yozishicha, Amir Temur Taftazoniyning ilmiy salohiyati va insoniy fazilatlaridan xabardor bo‘lib, 1380-yili uni Samarqandga taklif qiladi.
Taftazoniy fikricha, mantiq tafakkurdagi xatoliklardan xalos qiladigan vosita bo‘lib, yangi bilimlar hosil qilish zaminidir. U o‘zining “Tahzib al-mantiq val-kalom” asarining kirish qismida shunday yozadi: ”Mantiq fanini o‘rganish barcha uchun muhim hisoblanadi, albatta…- mening bu asarim to‘g‘ri fikr yuritishni xohlaganlar uchun, tafakkur qilish jarayonida chalkashib qolmaslikni va to‘g‘ri xulosa qilishni xohlaganlar uchundir”.
Dunyoni bilish masalalariga doir nazariy savollarni ko‘rib chiqish jarayonida Taftazoniy bilimning ikki turga ajralishiga e’tibor beradi: bevosita – ochiq oydin va nazariy, orttirilgan bilim. Bevosita bilim hech qanday dalil-isbot talab etmaydi, chunki u ochiq-oydin namoyon bo‘ladi va o‘zlashtiriladi (iliqlik, namlik va h.k. kabi). Nazariy bilimlarning chinligini aniqlash uchun dalil va isbotlar talab qilinadi, chunki u butun olam va koinot sirlari kabi haqiqatlarni bilish uchun orttirilgan va bavosita ma’lumotlarga tayanadi. Mavhum bo‘lgan va bavosita bilish mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar asosida xulosa chiqariladi, agar mavhum va noaniq ma’lumotlarga taya’ni ladigan bo‘lsa, noto‘g‘ri xulosa chiqishi mumkin. Shuning uchun ham to‘g‘ri xulosa chiqarishda mantiq muhim ahamiyat kasb etadi.
Mantiqiy bilish shakllari tasavvur va tasdiqdir. Biror ashyo yoki hodisani tasavvur etish va to‘g‘risida mulohaza chiqarishda asosiy o‘rinni til bajaradi. Ong va uning belgisi nutq bir-biri bilan bevosita bog‘langandir. U ”Tahzib ul-mantiq” asarida shunday deydi: “Biror ashyo yoki hodisani belgisi bo‘lgan so‘zlar, biror-bir mazmun tufayligina qandaydir ma’no kasb etadi. So‘zlar va ularning har xil turlarini tilshunoslik fani o‘rganadi, mantiq esa, muayyan mazmunga aloqador munosabatdagi belgilar o‘rnini aniqlovchi so‘zlarni o‘rganadi. Lekin hamma so‘zlar ham shunchaki belgi vazifasini bajarmaydi. Barcha bilimlarni yetkazuvchi vosita bu so‘zlar hisoblanadi”. Bu fikrlar yunon falsafasi vakillarida uchramagan, balki arab mantiqshunoslari asarlarida kuzatiladi.
Taftazoniy ham xuddi Ibn Sino va boshqa o‘zidan oldin o‘tgan faylasuflar kabi, so‘zning terminologik ma’nosiga ahamiyat bergan(dalolat).So‘z ma’lum tushunchani anglatuvchi va ma’lum mazmun haqida dalolat beruvchi vositadir. So‘z belgilar orqali ifodalanadi. Taftazoniy belgilarni uch turga bo‘ladi:

  • to‘liq mos kelish belgilari;


  • matnning ma’lum qismini anglatuvchi belgilar;


  • boshlang‘ich yoki muhim belgilar.


Taftazoniy fikricha, mantiq fani tushuncha va mulohazani ifodalovchi so‘zlar va gaplarni tahlil etadi.


Aql orqali ashyolarni aks ettiradigan tushunchalarni ta’riflab, Taftazoniy o‘z oldiga shunday savol qo‘yadi: tushunchalar qanday kelib chiqadi va shakllanadi? Taftazoniy aqlning tahliliy – xulosaviy (tahlilot) va shuuriy (mafxumot) qobiliyatini tushunchalarning shakllanishi uchun asosiy yo‘l, deb hisoblaydi. Uning ta’kidlashicha: “Faqat tahlilot va mafhumot vositasidagina ashyolar haqida muayyan tushunchalar hosil etish mumkin”.
Bilish nazariyasida Taftazoniyning qarashlari Ibn Sinonikidan farq qiladi. Masalan, Ibn Sino narsa, hodisalar haqidagi ma’lumotlarni bilim deb bilsa, Sa’duddin Taftazoniy ularni alohida his-tuyg‘u va bilim o‘rtasidagi vositaviy bosqich, deb tushunadi.
Taftazoniy hissiy a’zolar va tashqi olam o‘rtasidagi munosabatni uch bosqichga ajratadi, ular:

  1. Tashqi jismlar va hissiy a’zolar munosabati.


  2. Bu munosabatning ruhga ta’siri.


  3. Aql bilan tushunish.


Bilish, mutafakkirning ta’kidlashicha, hissiyotdan boshlanadi. Lekin bu qabul qilingan ma’lumotlar faqatgina bilishning dastlabki bosqichini anglatadi. Ularning qabul qilinishi maxsus hissiy quvvat orqali amalga oshiriladi. Har bir hissiy a’zolar jism yoki hodisa haqidagi turli ma’lumotlarni taqdim etadi. Masalan, uning xususiyati, sifati va h.k.


Taftazoniy inson tanasida beshta hissiy a’zolar borligini va ularning har biri ma’lum bir vazifani bajarishini aytib o‘tgan. Ibn Sino, Nasriddin Tusiylardan farqli ravishda faylasuf hissiy bilishni soddadan murakkabga qarab amalga oshishi haqidagi g‘oya’ni ilgari surgan, ya’ni teri hissidan ko‘rishga qarab. Uning fikricha, butun tananing teri hissiyotida bir kuch bor bo‘lib, u yoqimli bo‘lgan narsalarni o‘ziga tortadi va yoqimsizlarini o‘zidan itaradi. “Tana hissini birinchi o‘ringa qo‘yib, mazmun jihatdan biz uni eng muhim hissiy a’zo demoqchimasmiz, u shunchaki kelajakdagi hayotning bir maromda borishi uchun eng muhim hissiyot turi bo‘lib qoladi”, deb yozadi Taftazoniy.
U ko‘rish va his qilishni bir-biriga mujassam bog‘liq va to‘ldiruvchi hissiyotlar, deb hisoblaydi. Biz biron bir jism yo hodisani ko‘rib, uni his qilamiz, deydi. Uningcha, boshqa hissiy a’zolar ham bir-biriga bog‘liq. Ta’m bilish hissi inson tilining yuqori qismidagi asab tolalarida joylashgan bo‘ladi va til biror narsaga tegishi bilan miyaga ma’lumot beradi.
Yana bir hissiyot turi - hid bilishdir. Bu hissiyot burunning eng yuqori qismida joylashgan bo‘lib, havo va narsalarning hidini aniqlab turadi. Va yana ikki hissiyot turi – ko‘rish va eshitishdir. Mutafakkir bunday hissiyotlar hayvonlarda ham borligini, ba’zilari inson hissiyotlariga nisbatan kuchliroq ekanini ham asoslab beradi. Masalan: burgutlarda ko‘rish, itlarda hid bilish kuchliroq. Biroq insonning yutug‘i shundaki, u hamma ma’lumotni birlashtirib, xotirasida saqlab qoladi va bilishning keyingi bosqichiga ko‘tariladi. Hayvonlarda esa, bunday qobiliyat yo‘q va ularda jismlarga bo‘lgan munosabat ham yo‘q.
Hissiy bilishni Taftazoniy tashqi bilim, deb ataydi. Ichki bilim esa, shu tashqi bilim asosida vujudga keladi. Ichki bilim, deb u idrok qilishni nazarda tutadi. Idrok qilish nafaqat hissiy bilimlardan olingan ma’lumotlarga tayanadi, balki tajribaga, xotirada saqlanib qolgan ma’lumotlarga ham asoslanadi.
Taftazoniyga ko‘ra, bilishninig navbatdagi bosqichi “tasavvur”dir. Ushbu bosqichda ega bo‘lingan ma’lumotlarni qo‘shish, umumlashtirish jarayoni amalga oshadi. “Ba’zi odamlar fikricha, biz sezgi a’zolari orqali hissiy bilimlarni idrok qilamiz, ya’ni dastlabki bilimlarni hissiy bilish vositasida olamiz. Lekin bunday fikr, bilish jarayonida inson hissiy sezgilarini ilgari surib, inson ruhiyati ahamiyatini to‘la-to‘kis bo‘lmasa-da qisman inkor qiladi. Bunda hissiy va mavhum bilimlar ruh ishtirokisiz orttirilgan bo‘ladi. Lekin haqiqat shundan iboratki, inson tashqi olamni anglashda ikki muhim kuchga egadir. Bu kuchning birinchisi hissiyot bo‘lsa, keyingisi tafakkurdir.”
Taftazoniyning gnoseologik qarashlari “Tahzib ul-mantiq val-kalom” asari birinchi qismining kirishida hamda ikkinchi qismida batafsil yoritilgan. Taftazoniyda ham mantiq gnoseologiya masalalari bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqiladi.
Taftazoniyning ta’kidlashicha, tushuncha ma’lum soʻzlar yordamida tabiatdagi buyum va hodisalarning inson ongida aks etishidir. Inson ongi ham umumiy, ham alohida predmetlarni, ularning xususiyat va belgilarini aks ettiradi. “Tushunchalar inson ongida qanday shakllanadi?”degan savolga olim javob berib, ular aqlning tahlilot (analiz va sintez) va mafkumot (mavhumlashtirish) qobiliyati tufayli deydi220. Taftazoniy tushunchalarni yakka va umumiy turlarga bo‘ladi. Yakka tushuncha deb, predmetni ifodalovchi yoki ko‘plab predmetlarni ifodalamaydigan tushunchaga aytiladi. Masalan, Zayd, Muhammad, bu inson va b. umumiy tushunchalar esa, tashqi olamdagi predmetlarning to‘plamini aks ettiradi. Masalan, olim,inson, daryo va b. Zayd, Muhammad va shu kabi nomlar umumiy bo‘lishi ham mumkin. Ular alohida insonni ifodalaganidagina yakka tushuncha bo‘ladi. “Bu”, “u” ko‘rsatish olmoshlari bilan bog‘langan nomlar yakka tushunchani ifodalaydi. Taftazoniy “Tzhib al-mantiq” asarida yakka tushunchalarni haqiqatda yakka va nisbatan yakka tushunchalarga ajratadi.221 Taftazoniyning ta’kidlashicha, yakka tushunchalarni bunday qat’iy bo‘lish undan avvalgi Yaqin va O‘rta Sharq mantiqshunoslarida uchramaydi. Individual predmetlarni ifodalovchi barcha tushunchalar haqiqatda yakka bo‘lgan tushunchalar bo‘lsa, nisbatan yakka bo‘lganlari ma’lum bir birlikni tashkil etuvchi predmetlar yig‘indisini ifodalaydi. Taftazoniy umumiy tushunchalarga ham alohida e’tibor qaratadi.uning ta’kidlashicha, umumiy tushunchalarning mavjud bo‘lishi uchun real voqelikda ularga ko‘plab yakka tushunchalarning mos kelishi shart emas. Buning uchun shunday ko‘plik mavjudligini taxmin qilish kifoyadir. Taftazoniy umumiy tushunchalarni umumiylik individiumlarining borligi va miqdori nuqtai nazaridan real voqelikda mavjudligi yoki yo‘qligiga qarab, olti turga bo‘ladi:

    1. Real voqelikda unga mos yakkalik bo‘lmagan va uning paydo bo‘lishi mumkin bo‘lmagan umumiylik. Masalan, “xudoning do‘sti”. Bunday tushunchalar formal mantiqda bo‘sh hajmli tushunchalar deyiladi.


    2. Imkoniy umumiy tushuncha. Real voqelikda yakkalikka ega bo‘lmagan, lekin bunday yakkaliklarning paydo bo‘lish imkoniyati mavjudligini ifodalovchi umumiy tushuncha. Masalan, oltin tog‘i.


    3. Faqat bir individiumga mos bo‘lgan va boshqa individiumning paydo bo‘lishi mumkin bo‘lmagan umumiylik. Masalan, “zaruriy mohiyat” tushunchasi.


    4. Real voqelikda bir individiumga mos bo‘lgan va boshqa yakkaliklar paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan umumiylik. Masalan, “kunduzi yorug‘lik beradigan yuldyz”, ya’ni Quyosh.


    5. Real voqelikda cheklangan yakkaliklarni ifodalovchi umumiylik, ya’ni umumiy, sanaladigan tushuncha. Masalan, inson.


    6. Real voqelikda cheksiz yakkaliklarni ifodalalovchi umumiylik, ya’ni umumiy, sanaladigan tushuncha. Masalan, barg.


Bu masalada Taftazoniyning qarashlari Ibn Sino qarashlariga mos ekanligini kuzatish mumkin. Taftazoniy umumiy tushunchalarni turlarga ajratishda umumiy tushuncha voqelikdagi predmetlarning imkoniy ko‘pligini yoki haqiqiy ko‘pligini ifodalashini asos qilib oladi. Formal mantiqda esa tushunchalarning yakka va umumiyga bo‘linishi unda olingan alohida bir predmet yoki bir turdagi predmetlarning to‘plami aks etishiga bog‘liq.


Uning mantiqiy ta’limoti o‘z davridagi ilg‘or g‘oyalarni o‘zida mujassam etgan va Markaziy Osiyoda mantiq ilmining rivojiga ta’sir ko‘rsatgan.


Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin