O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə171/180
tarix25.11.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#134832
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   180
O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva ma-fayllar.org

Ekvivalentlik munosabati - ekvivalentlik munosabati refleksiv, simmetrik va tranzitiv bo‘lgan binar munosabat hisoblanadi.

Birinchi tartibli mantiq – kvantorlari alohida mavjud predmetning xossalari va munosabatlari ustida emas, balki uning o‘zi ustida joylashgan mantiqiy sistemadir. Birinchi tartibli mantiq predikatli o‘zgaruvchilar emas, alohida o‘zgaruvchilarga ega.

Yerkin o‘zgaruvchi – o‘zgaruvchining erkin tarzda zohir bo‘lishi.

Bilvosita isbotlash – tezisga zid fikrdan kelib chiqib isbotlash.

Mantiqiy ziddiyat – mumkin bo‘lgan barcha holatlarda yolg‘on bo‘lgan mulohaza. Har qanday mantiqiy ziddiyat TW-ziddiyat hamdir, lekin uning aksi emas.

Mantiqiy zaruriyat – qarang: mantiqiy haqiqat.

Mantiqiy haqiqat – asoslar turli jamlanmasining mantiqiy natijasi bo‘lgan gapdir (mulohazadir). Bu asoslarning yolg‘on bo‘la olmasligiga bog‘liq emas. Shunday qilib, mantiqiy haqiqat mumkin bo‘lgan barcha holatlarda vujudga keladi. Bu mantiqiy zaruriyat deb ham ataladi.

Yetarli va zarur shartlar - S mulohazasini ifodalashning zarur sharti bu- S ni qurishga imkon beradigan shartdir. S → P dan ma’lum bo‘ladiki, P S ni hosil zarur sharti hisoblanadi. S ni ifodalash uchun yetarli shart bu - S ni hosil qilishni kafolatlaydigan shartdir. P → S dan ma’lum bo‘ladiki, P S uchun zarur shartdir.

Ziddiyatni isbotlash (bilvosita isbotlash) - ¬S dan kelib chiqib isbotlash. Buning uchun S zid fikrni isbotlaydi deb faraz qilamiz. Boshqacha aytganda, biz isbotlamoqchi bo‘lgan tezisning inkorini olamiz va uning ziddiyatga olib kelishini ko‘rsatamiz.

Refleksivlik – agar R ga munosabatda bo‘lganning barchasi o‘ziga taalluqli bo‘lsa, R binar munosabati refleksivdir, ya’ni R mavjud ∀x R (x, x) shartini qanoatlantiradi.

Tavtologiya – funksional strukturasiga ko‘ra mantiqan chin bo‘lgan mulohazadir. Bu chinlik jadvali yordamida tekshirib ko‘rilishi mumkin, chunki S uchun chinlik jadvalining har bir qatori faqat shundagina tavtologiya bo‘ladiki, qachon S asosiy birlashtiruvchi chiziq true ni o‘zlashtirib olsa.

Chinlik jadvali – chinlik jadvali funksional bog‘lamalar yordamida yaratilgan mulohazaning chinlik qiymatining mulohaza komponentlari (tarkibiy qismlari) chinlik qiymatlariga bog‘liqligini ko‘rsatadi.


Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin