Sillogistik xulosa chiqarishda keng tarqalgan xatolar
figura bo‘yicha kichik asos inkor mulohaza bo‘lganda, hosil qilingan xulosa noaniq (ko‘pincha xato) bo‘ladi.
Masalan:
Hamma o‘qituvchilar pedagogdir.
Bu ayol o‘qituvchi emas.
Bu ayol pedagog emas.
figurada xulosa asoslarining har ikkalasi tasdiq mulohaza bo‘lganda hosil qilingan xulosa noaniq (ko‘pincha xato) bo‘ladi.
Masalan:
Hamma o‘qituvchilar pedagogdir.
Bu ayol – pedagog.
Bu ayol – o‘qituvchi.
Faqat o‘qituvchilargina pedagog bo‘lmaydi, shuning uchun har ikkala xulosa noaniqdir.
Takrorlash uchun savollar
Sillogizmning aksiomasini yoddan aytib bera olasizmi?
Sillogizm qanday tuzilishga ega?
Sillogizmning figuralari va moduslari qanday tashkil topgan?
Nima uchun sillogizm moduslari 19 ta?
Sillogizm qanday tuzilgan?
Sillogizmning umumiy qoidalari qanday?
Sillogizmning qaysi figurasi mukammal hisoblanadi?
Qisqartirilgan va murakkab qisqartirilgan sillogizmlar
Reja:
Entimema.
Epixeyrema.
Polisillogizm, uning turlari. Soritlar
Tayanch iboralar: entimema, epixeyrema, polisillogizm, prosillogizm, episillogizm, progressiv polisillogizm, regressiv polisillogizm, sorit.
1. Entimema (qisqartirilgan qat’iy sillogizm)
Entimema deb, asoslaridan biri yoki xulosasi tushirib qoldirilgan sillogizmga aytiladi. Entimema so‘zi – aqlda, fikrda degan ma’noni anglatadi. Entimemada sillogizmning tushirib qoldirilgan qismi yodda saqlanadi. Zarur bo‘lganda uni topib, o‘rniga qo‘ygan holda entimemadan to‘la sillogizmni tiklash mumkin.
Entimemalar uch turli bo‘ladi:
Katta asosi tushirib qoldirilgan.
Kichik asosi tushirib qoldirilgan.
Xulosasi tushirib qoldirilgan.
Bizga quyidagi sillogizm berilgan bo‘lsin:
Falsafa fakultetining hamma talabalari mantiq fanini o‘rganadi.
Sobirov falsafa fakultetining talabasi.
Sobirov mantiq fanini o‘rganadi.
Endi, bu sillogizmni entimema ko‘rinishiga keltiramiz:
Sobirov falsafa fakultetining talabasi bo‘lganligi uchun mantiq fanini o‘rganadi (katta asos tushirib qoldirildi).
Falsafa fakultetining hamma talabalari mantiq fanini o‘rganadilar, shu jumladan Sobirov ham (kichik asos tushirib qoldirildi).
Falsafa fakultetining hamma talabalari mantiq fanini o‘rganadilar, Sobirov esa shu fakultetning talabasidir (xulosa tushirib qoldirildi).
Entimemalar bahs-munozara yuritish jarayoni va notiqlik san’atida keng qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |