O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Kompozitsiya qonuni asosida xulosa chiqarish



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə71/180
tarix25.11.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#134832
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   180
O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva ma-fayllar.org

Kompozitsiya qonuni asosida xulosa chiqarish

Kompozitsiya qonuni – (lot. compositio – tashkil etish, tuzish) ma’lum bir shartli mulohazalarning natijalarini birlashtirishga yoki ularning asoslarini ayirishga imkon beruvchi mantiqiy qonunlarning umumiy nomi. Bu qonunlarning simvolik ifodasi quyidagicha yoziladi:
1. Shartli mulohazalarning natijalarini birlashtiruvchi formula:


(( р → q ) Ù ( р → r ) → ( р→ ( q Ù r ))
Formulaning o‘qilishi: Agar r bo‘lganda q bo‘lsa, va r bo‘lganda r bo‘lsa, unda r bo‘lganda q va r bo‘ladi.
Masalan: Agar inson vijdonli bo‘lsa, o‘zgalarning haqqiga xiyonat qilmaydi va agar inson vijdonli bo‘lsa, adolatli bo‘ladi. Unda agar inson vijdonli bo‘lsa, o‘zgalarning haqqiga xiyonat qilmaydi va adolatli bo‘ladi.
2. Shartli mulohazalarning asoslarini ayiruvchi formula:


((р Ú q ) → r )) →( р → r )
Formulaning o‘qilishi: Agar p yoki q bo‘lganda, r bo‘lsa, unda p bo‘lganda r bo‘ladi.


((p Ú q ) → r)) →( q → r )
Formulaning o‘qilishi: Agar p yoki q bo‘lganda, r bo‘lsa, unda q bo‘lganda r bo‘ladi.
Masalan: Agar o‘zgalarning haqqiga xiyonat qilmasa yoki adolatli bo‘lsa, bunday inson vijdonli bo‘ladi. Agar o‘zgalarning haqqiga xiyonat qilmasa, bunday inson vijdonli bo‘ladi. Agar adolatli bo‘lsa, bunday inson vijdonli bo‘ladi.
Kontropozitsiya qonuni asosida xulosa chiqarish

Kontropozitsiya qonuni – shartli mulohazaning asos va natijasini (antetsedent va konsekvent) inkor yordamida o‘rin almashtirishga imkon beruvchi mantiqiy qonunlarning umumiy nomi. Bu qonunlarning simvolik ifodalanishi quyidagicha:


  1. (r→ q) → (q → r)

Formulaning o‘qilishi: Agar r bo‘lganda q bo‘lsa, unda q bo‘lmasa r ham bo‘lmaydi.


Masalan: Agar tong otsa, Quyosh chiqadi, unda tong otmasa, Quyosh ham chiqmaydi.



  1. (r→q) → (q → r)

Formulaning o‘qilishi: Agar r bo‘lmasa q ham bo‘lmaydi, unda q bo‘lsa r ham bo‘ldi.


Masalan: Agar tong otmasa, Quyosh chiqmaydi, unda Quyosh chiqsa, tong otgan bo‘ladi.



  1. (r→q) → (q →r)

Formulaning o‘qilishi: Agar r bo‘lsa q bo‘lmaydi, unda q bo‘lsa r ham bo‘lmaydi.


Masalan: Agar uchburchak kvadrat bo‘lmasa, unda kvadrat uchburchak emas.



  1. (r→q) → (q → r)

Formulaning o‘qilishi: Agar r bo‘lmasa ham q bo‘lsa, unda q bo‘lmasa r bo‘ladi. Mas. Agar shubhali bo‘lmagan narsa aniq bo‘lsa, unda aniq bo‘lmagan narsa shubhalidir.




Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin