O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə84/180
tarix25.11.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#134832
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   180
O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva ma-fayllar.org

Takrorlash uchun savollar
1. Analogiya’ning qanday turlari mavjud?
2. Qanday hollarda analogiya’ning xulosasi asossiz hisoblanadi?
3. Modellashtirish bilan analogiya qanday bog‘liq?
4. Insonlar ba’zan bilib turib soxta analogiyaga asoslanadilar. Buning sababini siz qanday izohlaysiz?

10-BOB. FORMAL ISBOTLASh
  1. Аргументлаш ҳақида умумий мулоҳазалар.


  2. Аргументлаш турлари: эмпирик, назарий, контекстуал.


  3. Исботлаш тушунчаси, исботлашнинг тузилиши.


  4. Исботлаш турлари: бевосита ва билвосита исботлаш.


  5. Рад этиш ва унинг турлари.


  6. Исботлаш ва рад этиш қоидалари.



Argumentlash haqida umumiy mulohazalar
Bilimlarimizning chinligi masalasining muayyan jihatlari mantiq fanining o‘rganish doirasiga kiradi. Mantiq ilmi bilimlarning chinligini aniqlash usullarini tadqiq qilish bilan bir vaqtda, chin bilimlarning vujudga kelish shartlarini ham o‘rganadi. Chin fikrni xato fikrlardan farqlashning usullaridan biri mantiqiy argumentlash (dalillash)dir. Bu fikr barcha mantiqshunos olimlarning ta’limotida qat’iyan ta’kidlab o‘tiladi. Faktlar va boshqa dalillarga taya’ni b yuritiladigan, chinligi asoslangan fikr yuksak ishontirish kuchiga ega bo‘ladi, kishilarda ishonch-e’tiqodni shakllantiradi. Argumentlash chin bilimga erishish va ishonch-e’tiqodni shakllantirishning muhim vositalaridan biridir. Argumentlashning mantiqiy, ratsional vositalaridan tashqari nomantiqiy shakllari ham mavjud, bular majburlashning turli xil ko‘rishishlaridir. Majburlash qanday ko‘rinishda amalga oshirilishidan qat’i nazar subyekt (yakka shaxs yoki ijtimoiy gruh)ning hohish irodasiga zid holda jismoniy yoki ruhiy ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ba’zan majburlash natijasida bajarilgan xatti- harakatlar subyektda shu holatning to‘g‘riligi haqida fikr-mulohazani paydo qilishi mumkin. Argumentlash jarayonida berilgan mulohazaning chinligini asoslash uchun keltirilgan chin mulohazalar mantiqiy asos, berilgan mulohazaning o‘zi esa mantiqiy natija deb yuritiladi.
Argumentlash bilan bog‘liq masalalar Argumentlash nazariyasi doirasida o‘rganiladi.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin