O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Argumentlash turlari: empirik, nazariy, kontekstual



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə89/180
tarix25.11.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#134832
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   180
O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva ma-fayllar.org

Argumentlash turlari: empirik, nazariy, kontekstual

Empirik argumentlash.
Bilishning maqsadi ilmiy asosga ega bo‘lgan e’tiqodni yaratishdan iborat. Asoslash ishonch-e’tiqodni shakllantirish vositasidir. Ishonch-e’tiqod bu – kishilarning xulq-atvori va xatti-harakatlarini belgilab beradigan qarashlari va tasavvurlaridir. Faktlar va boshqa dalillarga taya’ni b yuritiladigan, chinligi asoslangan fikr yuksak ishontirish kuchiga ega bo‘ladi, kishilarda ishonch-e’tiqodni shakllantiradi.
Fikr-mulohazalarni asoslash murakkab mantiqiy jarayon bo‘lib, unda ikki yoki undan ortiq o‘zaro bog‘langan muhokamalar tizimidan foydalaniladi. Keng ma’noda biror mulohazani asoslash deganda, shu mulohazaning chinligini tasdiqlovchi ishonchli va yetarli dalillarning mavjudligini aniqlash tushuniladi. Bu ishonchli va yetarli dalillarni shartli ravishda ikki guruhga: empirik va nazariy asoslarga bo‘lish mumkin. Bulardan birinchisi, asosan, hissiy bilish, tajribaga asoslansa, ikkinchisi aqliy bilish, tafakkurga tayanadi. Empirik va nazariy bilimlarning chegarasi nisbiy bo‘lgani kabi, empirik va nazariy asoslar o‘rtasidagi farq ham nisbiydir.
Hissiy tajriba insonni tashqi olam bilan bog‘lab turadi. Insonning shaxsiy tajribasi makon va zamonda chegaralangan bo‘lib, sezgilari bergan ma’lumot esa hamma vaqt ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. Shunga qaramasdan, mulohazalarni empirik asoslashning ahamiyati katta, chunki bilish jonli hissiy mushohadadan – bevosita kuzatishdan boshlanadi. Bevosita kuzatish natijalarini tekshirib ko‘rib, bu haqda bildirilgan mulohazalarning chin yoki xatoligini aniqlash mumkin. Masalan, kun issiq, sinfxonamiz 1-qavatda joylashgan va h.k. Bilvosita kuzatish natijalari ham empirik asos hisoblanadi. Masalan, ko‘chadan uyga kirgan odamning kiyimlari xo‘l bo‘lsa, yomg‘ir yog‘ayotgan bo‘lsa kerak, deb o‘ylaymiz. Bunday fikr bildirishda tajribaga asoslanamiz. Inson tajribasi ham shaxsiy, ham ijtimoiy mazmunga ega. Inson har bir voqea, hodisani o‘z tajribasida sinab ko‘rolmaydi va boshqalarning tajribasiga tayanadi. Masalan, farzandlar ota-onalarining hayot tajribasiga asoslanadilar. Lekin har bir inson ko‘proq o‘zining hayot tajribasini to‘g‘ri deb biladi.


Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin