O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə90/180
tarix25.11.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#134832
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   180
O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva ma-fayllar.org

Nazariy argumentlash

Nazariy bilim empirik ma’lumotlarga tayanadi va umumiy chin mulohazalar orqali ifodalanadi. Umumiy-chin mulohazalar nazariy asos sifatida fanlarning qonun-qoidalari, tushunchalarning ta’rifi, aksiomalar ko‘rinishida bo‘ladi. Bularning barchasi nazariy asoslashning ratsional yoki demonstrativ usullari bo‘lib, ular umumilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan isbotlash metodlarining asosini tashkil etadi. Masalan, butun bo‘lakdan katta, juft sonlar ikkiga qoldiqsiz bo‘linadi kabi mulohazalar miqdor bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. Kundalik hayotda va ilmiy bilishda fanlarning qonun-qoidalari ham nazariy asos sifatida muhim ahamiyatga ega. Masalan, kislotalar o‘yish xususiyatiga ega ekanligini, simobdan inson zaharlanishi mumkinligini ximiya fanidan yaxshi bilamiz. Shu sababdan kislotalar bilan ishlaganda, simobdan fodalanilganda zaruriy ehtiyot choralarini ko‘ramiz. Tushunchalarning ta’rifi ham nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. Agar biz geometrik figuralardan romb, kvadrat, to‘rtburchakni ajratib ko‘rsatmoqchi bo‘lsak, ularning ta’riflariga asoslanamiz. Ahloq-odobga oid tushunchalarning ta’riflarini bilib olish insonga hayoti davomida atrofidagi odamlar bilan o‘z munosabatlarini to‘g‘ri qurishda katta yordam beradi.



Kontekstual argumentlash
Subyektiv xarakterda bo‘lgan va bevosita tajriba natijalariga yoki nazariy fikr yuritishga taalluqli bo‘lmagan asoslar mavjud. Intuitsiya, e’tiqod, avtoritet va urf-odatlarga asoslanish shunday usullar jumlasiga kiradi va ular mantiqda kontekstual argamentlar deb ataladi. Ulardan ko‘proq kundalik ong darajasida foydalaniladi.


Intuitsiya hech qanday muhokama va isbotlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri haqiqatga erishish qobiliyatini ifodalaydi. “Intuitsiya” so‘zi – lotincha “intuitio” so‘zidan olingan bo‘lib, “diqqat bilan tikilib qarayman”, degan ma’noni bildiradi. Intuitsiya o‘ziga xos fikr yuritish, tafakkur qilish usulini ifodalaydi. Intuitsiya orqali inson murakkab hodisalarning mohiyatini, uning turli qismlariga e’tibor bermagan holda, fikran yaxlit qamrab, tushunib oladi. Bunda tafakkur jarayonining alohida qismlari u yoki bu darajada anglanmaydi va asosan, fikr yuritish natijasi – haqiqatgina anglangan holda aniq, ravshan qayd etiladi. Intuitsiya haqiqatni aniqlashda insonning o‘zi uchun yetarli asos hisoblansa-da, lekin bu haqiqatga boshqalarni ishontirish uchun yetarli hisoblanmaydi. Bu metod “aniq” fikrlarga, ya’ni oldindan his qilingan “ko‘rinib turgan haqiqat” aniq haqiqat ekanligini o‘zgarishga qiziqadi. Falsafa tarixida juda kamchilik odam haqiqatni ochishda intuitsiya vasvasasiga hamma vaqt qarshilik qilganlar. Shu tariqa barcha buyuk astronomlar va Kopernik ham sayyoralarning orbitalari aylanma bo‘lishi kerak deb ishonganlar. Gausgacha biror matematik yoki fizik bu fikrga shubha qilmagan, ya’ni 2 to‘g‘ri chiziq maydonni o‘rab ololmaydi. Shunga o‘xshash misollar talaygina: butun o‘zining bo‘laklaridan kattaroq; o‘ziga xos xususiyat tizimsizdir; qo‘sh xotinlilik gunohi; hech nima adekvat sababsiz sodir bo‘lmaydi, kabi.
Avsuski, fikr va intuitsiya’ni farqlash juda qiyin. Fikrlar fakt sifatida qabul qilinadi. masalan yer bu uydir, biroq buning noto‘g‘ri ekanligi isbotlangan. Ma’lumki, intuitsiya ayni damdagi harakat tarzi va juda erta boshlangan mashqlar funksiyasidir. Fakt shuki, bizning absolyut his qilishimiz yoki bergan fikrlarimiz savol tarzida shakllanmagan bo‘lishi kerak va intuitsiya testdan o‘tkazilishi shart.


E’tiqod – kishining ishonchini qozongan va shuning uchun ham uning faoliyatida xatti-harakatlarini belgilab beradigan, uning hayot dasturi bo‘lib xizmat qiladigan qarashlar majmuasidan iborat. E’tiqod chinligi isbotlangan mulohazalarga yoki tanqidiy tahlil qilib ko‘rilmagan, chinligi noma’lum boshlang‘ich bilimlarga asoslangan bo‘lishi mumkin. Intuitsiya kabi e’tiqod ham subyektiv xarakterda bo‘lib, davr o‘tishi bilan o‘zgarib turadi. Albatta, e’tiqod haqida fikr yuritganda ko‘r-ko‘rona e’tiqod bilan tarixiy va hayotiy tajriba natijasi bo‘lgan, bilimga asoslangan e’tiqodni farqlash zarur. Faqat ilmiy bilimga asoslangan e’tiqodgina fikr va mulohazalarning chinligini aniqlash uchun asos bo‘ladi.


Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin