O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Dalillash va ishonch-e’tiqodning shakllanishi



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə93/180
tarix25.11.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#134832
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   180
O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva ma-fayllar.org

Dalillash va ishonch-e’tiqodning shakllanishi

Kishilarning amaliy faoliyatdagi muvaffaqiyatlari ular qo‘llayotgan bilimlarning qay darajada chin bo‘lishiga, ya’ni bu bilimlarning voqelikni qanchalik to‘g‘ri aks ettirishiga bog‘liq. Xato fikrlar predmetlarning real aloqalari va munosabatlarini buzib ko‘rsatadi, bilishda ko‘p chalkashliklarga olib keladi. Shuning uchun ham bilish jarayonida har bir fikrni to‘g‘ri qurishga erishish, uning chinligini dalillar bilan ko‘rsata olish, xato fikrlarni esa rad qila bilish muhim ahamiyatga ega.


Fikrning chin yoki xatoligini ko‘rsatish uchun uni hodisaning (faktning) o‘zi bilan solishtirish mumkin. Lekin ko‘p hollarda bilish jarayonida natijalarning chin yoki xatoligi ularni ilgari vujudga kelgan bilimlar bilan bog‘lash orqali aniqlanadi. Buni amalga oshirishning mantiqiy usuli asoslashdir.
Faktlar va boshqa dalillarga taya’ni b yuritiladigan, chinligi asoslangan fikr yuksak ishontirish kuchiga ega bo‘ladi, kishilarda ishonch-e’tiqodni shakllantiradi. Bilishning maqsadi ilmiy asosga ega bo‘lgan e’tiqodni yaratishdan iborat. Asoslash – ishonch-e’tiqodni shakllantirish vositasidir.
Ishonch-e’tiqod bu – kishilarning xulq-atvori va xatti-harakatlarini belgilab beradigan qarashlari va tasavvurlaridir.
  1. Isbotlash” tushunchasi, isbotlashning tuzilishi




Isbotlash bir mulohazaning chinligini u bilan bog‘liq boshqa chin mulohazalar yordamida asoslashdan iborat bo‘lgan mantiqiy amaldir. Uning tarkibi uch elementdan tashkil topgan: tezis, argumentlar (asoslar), isbotlash usuli – demonstratsiya.

Tezis – chinligi asoslanishi lozim bo‘lgan mulohaza, u isbotlashning markaziy figurasi hisoblanadi; butun diqqat-e’tibor uning chinligini ko‘rsatishga qaratiladi. Tezis bir mulohazaning o‘zidan yoki mulohazalar tizimi, yoki teoremalar, yoki aniq faktlarni umumlashtirish natijalari, yoki hodisalarning sababini ko‘rsatuvchi mulohazalardan iborat bo‘ladi.

Argumentlar – (lot. argumentum – isbot asosi) – dalillanishi (isbotlanishi) talab qilingan tezis (mulohaza, nazariya)ni asoslash uchun keltiriladigan bir yoki undan ortiq mulohazalardir. Argumentlar sifatida faktlarni qayd qiluvchi mulohazalar, ta’riflar, aksiomalar, teoremalar, qonunlar hamda boshqa empirik va nazariy umumlashmalar xizmat qiladi. Argument sifatida keltirilgan faktlar, albatta, o‘zaro bog‘langan va tezisning mohiyatiga aloqador bo‘lishi lozim.


Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin