O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə96/180
tarix25.11.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#134832
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   180
O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva ma-fayllar.org

II.Argumentlarni rad etish.
Tezisni isbotlash uchun opponent tomonidan keltirilgan argumentlar tanqid qilinib, ularning xatoligi yoki tezisni isbotlash uchun yetarli emasligi aniqlanadi.
Argumentlarning xatoligi tezisning ham xato ekanligini isbotlamaydi, bunda tezis chin bo‘lishi ham mumkin:
Argumentlarni rad etish orqali tezisning isbotlanmaganligi asoslab beriladi.


III.Isbotlash usulini tanqid qilish orqali rad etish
Rad etishning bu usulida isbotlashda yo‘l qo‘yilgan xatolar aniqlanadi. Bunda rad etilayotgan tezisning chinligi uni asoslash uchun keltirilgan argumentlardan bevosita kelib chiqmasligi asoslab beriladi. Isbotlash usulida yo‘l qo‘yilgan xato aniqlanganda tezis rad etilmaydi, uni qayta isbotlash talab qilinadi.
Rad etishning yuqorida ko‘rsatilgan usullari ko‘pincha birgalikda, bir-birini to‘ldirgan holda qo‘llanadi.
5. Isbotlash va rad etish qoidalari
Tezisga aloqador qoidalar:
1. Tezis mantiqan aniq va ravshan bo‘lishi kerak. Bu qoida buzilsa, isbotlash yoki rad etish o‘zining aniq predmetiga ega bo‘lmay qoladi, uni amalga oshirishga urinish behuda ish hisoblanadi.
2. Tezis isbotlash yoki rad etish davomida boshidan oxirigacha o‘zgarmasligi kerak. Bu qoida buzilsa, “tezisni almashtirish” degan xato kelib chiqadi.


Argumentlarga nisbatan qoidalar:
1. Tezisni asoslash uchun keltirilgan argumentlar chin mulohazalar bo‘lishi va bir-biriga zid bo‘lmasligi lozim.
2. Argumentlar tezisni asoslash uchun yetarli bo‘lishi kerak.
3. Argumentlar tezisdan mustaqil holda chinligi isbotlangan mulohazalar bo‘lishi lozim.


Isbotlash usulining qoidasi:
1. Tezis argumentlardan mantiqiy tarzda kelib chiqadigan xulosa bo‘lishi lozim. Buning uchun isbotlash yoki rad etishda xulosa chiqarish qoidalariga rioya qilish zarur.
Isbotlash va rad etish qoidalarining buzilishi mantiqiy xatolarga olib keladi va ular uch turga bo‘linadi:


Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin