O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


I. Isbotlanayotgan tezisga aloqador xatoliklar



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə97/180
tarix25.11.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#134832
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   180
O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva ma-fayllar.org

I. Isbotlanayotgan tezisga aloqador xatoliklar:
1. Tezisni almashtirish. Tezis isbotlash yoki rad etish davomida o‘zgarmasligi shart, degan qoidaning buzilishi tezisning almashtirilishiga sabab bo‘ladi. Tezis ataylab yoki bilmasdan boshqa tezis bilan almashtiriladi va bunda yangi tezis isbotlanadi yoki rad etiladi. Tezis mazmunining torayishi yoki kengayishi ham bahs jarayonida tezisning o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, respublikamiz taraqqiyoti uchun milliy mafkura, milliy g‘oya’ning ahamiyati to‘g‘risidagi tezisni isbotlash davomida, umuman, jamiyatga mafkura kerakmi yoki yo‘qmi, degan masalani isbot etishga harakat qilinsa, unda tezisning mazmuni kengayib ketadi va tezis almashinadi.
2. Insonning shaxsiy sifatini bahona qilib tezisni almashtirish. Bahs jarayonida mavzudan chetga chiqib, opponentning shaxsiy, ijtimoiy hayoti, yaxshi fazilatlari yoki kamchiliklari xususida fikr yuritib, shu asosda tezisni isbotlangan yoki rad etilgan, deb ta’kidlash tezisning almashinishiga sabab bo‘ladi. Bunday xatoga ataylab yo‘l qo‘yiladi. Tinglovchilarning his-tuyg‘ulariga ta’sir qilish orqali isbotlanmagan tezisning chin deb qabul qilinishiga urinish ham tezisni almashtirish hisoblanadi.
3. Ortiqcha yoki kam isbotlashga urinish natijasida tezisning almashinishi. Fikr ortiqcha isbotlansa, berilgan tezis o‘rniga undan kuchliroq tezisni isbotlashga harakat qilinadi. Agar A hodisadan V kelib chiqsa, lekin V hodisadan A kelib chiqmasa, unda A hodisani ifodalovchi tezis V hodisani ifodalovchi tezisdan kuchliroq bo‘ladi. Masalan, “A shaxs birinchi bo‘lib janjalni boshlamagan” degan tezis (V) o‘rniga, “A shaxs umuman janjal bo‘lgan yerda yo‘q edi” degan tezisni (A) isbotlashga harakat qilinadi. Ikkinchi tezisni isbotlab bo‘lmaydi, chunki A shaxsning janjalda qatnashganligini ko‘rgan guvohlar bor.


II. Argument (asos)larga taalluqli xatolar:
1. Asoslarning xatoligi. Tezis isbotlanganda yoki rad etilganda xato argumentlarga chin deb asoslanish natijasida ataylab yoki bilmasdan mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi. Masalan, qadimgi grek faylasufi Fales o‘z ta’limotini hamma narsa suvdan paydo bo‘lgan, degan fikrga asoslanib yaratgan.
2. Asoslarni avvaldan taxminlash shaklidagi xato. Tezis isbotlanmagan argumentlarga asoslansa, bunday argumentlar tezisning chinligini isbotlamaydi, balki tezisning chinligi taxminlanadi, xolos.
3. “Aylanma isbot etish” deb nomlanuvchi xato. Tezisning chinligi argumentlar orqali, argumentlarning chinligi tezis orqali isbotlansa, mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi. Masalan, “So‘zning qudrati fikr bilan o‘lchanadi”, degan tezisni “Fikrning qudrati so‘z bilan o‘lchanadi”, deb isbotlasak, yuqorida aytilgan xatoga yo‘l qo‘yiladi.



Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin