5ea8732741db08f7ea37ab20e3f50317 yashil iqtisodiyot asosida barqaror iqtisodiy osishni taminlash xalqaro tajriba va milliy xususiyatlar
1-BOB bo‘yicha xulosa 1-bob bo‘yicha xulosa quyidagilardan iborat, xalqning turmush darajasini
oshirish, erkin va farovon hayotni qurishda milliy iqtisodiyotning barqaror
o‘sishini ta’minlash va jamiyat a’zolarining daromadlarini oshirib borish muhim
ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy o‘sish muayyan davr mobaynida mamlakatda
tovar va xizmatlar ishlab chiqarish darajasining ijobiy o‘zgarishidir.
“Iqtisodiy o‘sish” va “iqtisodiy rivojlanish” tushunchalari o‘rtasida farq
mavjudligi ma’lum bo‘ldi. Iqtisodiy o‘sish deganda moddiy ne’matlarni ishlab
chiqarishning miqdoriy jihatdan ko‘payishini tushunsak, iqtisodiy rivojlanish
deganda esa iqtisodiy o‘sishga nisbatan kengroq tushunchani, ya’ni nafaqat
ishlab chiqarish hajmining ortishini, balki aholi turmush darajasi o‘sishini va
iqtisodiyotda bo‘layotgan turli xildagi o‘zgarishlarni ham ifodalanishi
tushuniladi. Iqtisodiy rivojlanish - iqtisodiy o‘sishga nisbatan kengroq tushuncha
bo‘lib, u nafaqat ishlab chiqarishning ortishini, balki uning kamayishini hamda
iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarni ham ifodalab keladi. Iqtisodiy rivojlanish ko‘p
tomonli jarayon hisoblanadi hamda texnik, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi
o‘zgarishlarni o‘z ichiga qamrab oladi.
Yaqin
kelajakda
mamlakatning
ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotini
rivojlanayotgan davlatlarning iqtisodiy jihatdan yuqori rivojlanish darajasiga
yetkazib olishni maqsad qilgan O‘zbekiston uchun respublikaning investitsion
jozibadorligini tadqiq etish, investitsiya mablag‘larini ichki kapital resurslar
hamda xorijiy investitsiya va kreditlar asosida ko‘payishiga erishish bo‘yicha
taklif va tavsiyalar ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari, ayniqsa,
valyuta bozori holati ustidan tizimli monitoringni amalga oshirish, zaruriyat
tug‘ilganda, milliy valyuta va ichki bozordagi narxlarning barqarorligini
oshirish, makroiqtisodiy muvozanatni saqlash va yuqori iqtisodiy o‘sish
sur’atlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan qonunchilikni takomillashtirish asosida
milliy valyutaning va ichki bozordagi narxlarning barqarorligini ta’minlash.