O‘zbekiston milliy universiteti udk: 330. 34(575. 1)


Tadqiqot ishining ob’ekti va predmeti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/32
tarix01.06.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#116508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
5ea8732741db08f7ea37ab20e3f50317 yashil iqtisodiyot asosida barqaror iqtisodiy osishni taminlash xalqaro tajriba va milliy xususiyatlar

Tadqiqot ishining ob’ekti va predmeti. Tadqiqot ishining ob’yekti 
barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning xorij tajribasi va milliy xususiyatlari
bo‘lib hisoblanadi. Predmeti – «Yashil iqtisodiyot» rivojlanish jarayonida sodir 
bo‘ladigan ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlar majmuidan iborat.
Tadqiqot ishining maqsadi va vazifalari. Tadqiqot ishining maqsadi 
iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonida «Yashil iqtisodiyot»ning muhim 
unsurlaridan biri bo‘lgan «Yashil energetika»dan oqilona foydalanish, 
cheklanmagan 
va 
qayta 
tiklanuvchi 
energiyadan 
foydalangan 
holda 
mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan ilmiy taklif 
va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. 
Tadqiqot ishining vazifalari quyidagilardan iborat: 

iqtisodiy o‘sish va uning barqarorligini ta’minlash mohiyatini ochib 
berish; 

barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish yo‘lidagi vazifalarni aniqlash va 
uning taraqqiyotiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish; 

«Yashil iqtisodiyot» mohiyatini ochib berish, vazifalarini aniqlash va 
uning iqtisodiy taraqqiyotiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish, guruhlash; 




jahon amaliyotida «Yashil energetika»ning rivojlanish evolyutsiyasi va 
uning o‘ziga xos xususiyatlarini baholash; 

«Yashil iqtisodiyot»ni investitsiyalashning xorij tajribasini qiyosiy 
baholash va uni rivojlanishidagi mavjud muammolarni aniqlash; 

jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida muqobil energiyadan 
foydalanish holati va dinamikasini tahlil qilish; 

iqtisodiyotga investitsiya yo‘naltirishning boy ilg‘or xorij tajribasidan 
qiyosiy o‘rganish asosida O‘zbekistonda «Yashil iqtisodiyot» taraqqiyotini 
ta’minlashga qaratilgan davlatning maqsadli dasturini ishlab chiqishda ijodiy 
foydalanish imkoniyatlarini aniqlash; 

O‘zbekiston «Yashil iqtisodiyot»ini investitsiyalash jarayonini 
jadallashtirish, moliyaviy barqarorligini ta’minlash va o‘rta istiqboldagi ustuvor 
yo‘nalishlari yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqish; 

mamlakatimizda o‘rta va uzoq muddat kichik biznes korxonalarida 
qayta tiklanuvchi, cheklanmagan yashil energiyadan keng foydalanishni 
ta’minlashga qaratilgan muqobil ssenariya prognozlarini ishlab chiqishga 
qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin