O‘zbekiston milliy universiteti udk: 330. 34(575. 1)


Tadqiqotning ilmiy yangiligi



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/32
tarix01.06.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#116508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
5ea8732741db08f7ea37ab20e3f50317 yashil iqtisodiyot asosida barqaror iqtisodiy osishni taminlash xalqaro tajriba va milliy xususiyatlar

Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi 
quyidagilardan iborat: 

«Yashil iqtisodiyot»ning ijtimoiy – iqtisodiy mohiyati nazariy jihatdan 
asoslab berilgan; 

jahon amaliyotida «Yashil iqtisodiyot»dan foydalanish holati darajasi 
va uning komponentlari holati baholangan; 

jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining «Yashil iqtisodiyot»ni 
rivojlanishini jadallashtirishni investitsiyalash jarayoniga ta’sir etish dastaklarini 
baholangan; 

muqobil energetika tarkibi, rivojlanish tendensiyalari va ularni 
moliyalashtirish yo‘llari aniqlandi; 



O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish 
holati, rivojlanish tendensiyalari va muammolari aniqlandi, milliy iqtisodiyotda 
tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirgan holda barqaror iqtisodiy o‘sishni 
ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi. 
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. O‘zbekistonda «Yashil 
iqtisodiyot» asosida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash sohalarini 
investitsiyalash jarayonining moliyaviy barqarorligini ta’minlash va uning ta’lim 
tizimidagi istiqboldagi yo‘nalishlari ularga mos boshqaruv tizimini yaratish 
yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi. 
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar tahlili. A. O‘lmasov va A. 
Vaxobovning e’tirof etishicha: «Iqtisodiy o‘sish iqtisodiyotning rivojlanishi, 
ya’ni hayotiy ne’matlar bo‘lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilishining 
ko‘payib borishidir»
2
. A.SH. Bekmurodov va U.V. G‘afurovning fikricha, 
«Iqtisodiy o‘sish bevosita yalpi ichki mahsulot miqdorining mutlaq va aholi jon 
boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko‘payishi hamda 
sifatining yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi»
3

Iqtisodchi A. Mo‘minovning qarashicha: Iqtisodiy o‘sish deganda bevosita yalpi 
ichki mahsulot (YaIM) va uning aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi qiymatining 
ortishi tushuniladi. Agar maqsad mamlakatning iqtisodiy salohiyatini baholash 
bo‘lsa, u holda YaIM hajmining o‘sish suratlaridan foydalaniladi
4

Adabiyotlarda «Barqaror iqtisodiy o‘sish» tushunchasiga ham ta’riflar 
berilgan. 
Xususan, 
«Barqaror iqtisodiy o‘sish» tushunchasi milliy 
iqtisodiyotning shunday bir holatini ifodalashi kerakki, unda salbiy yoki nolga 
teng bo‘lishi mumkin bo‘lgan real o‘zgaruvchan mezon va ko‘rsatkichlar 
uzluksiz mutanosib sur’atda o‘sishi lozim
5
. «Yashil iqtisodiyot»ni rivojlanishini 
jadallashtirish mamlakatdagi ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlarni isloh etish va 
2
O‘lmasov A., Vaxobov A. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. -T.: Iqtisod-moliya, 2014. 
3
Bekmurodov A.Sh., G‘afurov U.V. O‘zbekiston iqtisodiyotni modernizatsiyalash hamda islohotlarni 
chuqurlashtirishning Yangi va yuksak bosqichi yo‘lida. -T.: Iqtisodiyot, 2008. – 126 b. 
4
Mo‘minov A. «Iqtisodiy o‘sish va uning omillari nimalardan iborat» //O‘zbekiston ovozi. 20.05.2016 y. 
5
Словарь современной экономической теории Макмиллана – М.,1997.с. 471.



tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish jarayonlarini tadqiq etishda muhim 
ilmiy–amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan dolzarb muammolardan hisoblanadi.
«Yashil iqtisodiyot» asosida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning 
nazariy–amaliy jihatlari mahalliy iqtisodchi–olimlar Vaxabov A.V., Xajibakiyev 
Sh.X.,
6
Maxmudov N.M, Hakimov H.A.,
7
Djo‘rayeva S.Q.,
8
Bozorov E.Q., 
Xatamov O.Q., Avliyaqulov A.,
9
Isayev F.I., Qurbanov Z.N.lar
10
tadqiq 
etishgan. 
«Yashil iqtisodiyot»ni rivojlantirishning nazariy – amaliy jihatlari xorijlik 
iqtisodchi – olimlar William Hynes, Shannon Wang
11
, Erik Solheim, Patricia 
Espinosa, Nils Stieglitz
12
, Molly Scott Cato
13
, Ralf Fueсks
14
, Boris Porfiriev
15

Cameron Allen va Stuart Clouth
16
, Patrick ten Brink,
17
Roland W.Chalons-
Browne
18
, Reza Ardakanian, Dirk Jaeger
19
tomonidan tadqiq etilgan. 
Muqobil energetikadan foydalanishning nazariy va amaliy jihatdan MDH 
vakillari T.V. Zaxarova
20
, Valentin Pchelintsev, Tatyana Kruglikova, Irina 
Jivotovskaya, Tatyana Chernomorova,
21
Tkachenko Aleksandr Aleksandrovich
22
va boshqalar. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin