3
KIRISH
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining dolzarbligi va asoslanishi.
Mamlakat iqtisodiyoti va eksporti tarkibida chuqur qayta ishlangan, yuqori
qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar ulushini jadal sur’atlarda oshirishga
yo‘naltirilgan iqtisodiyotni yanada yuksaltirish O‘zbekistonda
uzoq muddatli
barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning muhim omili hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev 2017-yil 14-
yanvardagi Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida
“Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning
yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat
byudjeti barcha darajada
mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo‘lishini
ta’minlash - eng muhim ustuvor vazifamizdir” deb ta’kidlagan edilar.
1
Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi uchun uning turli bo‘limlari,
tarmoqlari va sohalari o‘rtasida o‘zaro mutanosiblikni ta’minlanmasligi
mamlakatda iqtisodiy resurslardan samarasiz foydalanishga bu esa o‘z navbatida
iqtisodiy inqirozlarni yuzaga kelishiga, ishsizlik va inflatsiya darajasining oshib
ketishiga va aholining ijtimoiy-iqtisodiy turmush darajasiga salbiy ta’sir
ko‘rsatishiga sabab bo‘ladi.
Ma’lumki, barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishda, iqtisodiyotda
modernizatsiyalash jarayoni va tarkibiy o‘zgarishlarni
amalga oshirishda,
«Yashil iqtisodiyot»ni rivojlantirishda energetika tarmog‘ida resurslardan
tejamkorlik bilan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Energetika
tarmog‘ida resurslar samaradorligiga erishish talabning o‘zgarishiga
va yangi
turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga xizmat qiladi. «Yashil energetika»ga
o‘tish, innovatsion uskuna va texnologiyalarga talabni rag‘batlantiradi. Bu esa
milliy iqtisodiyotga «Yashil» tamoyillarni tatbiq etish uchun muhim
1
Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining
kundalik qoidasi
bo‘lishi kerak. Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga
mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining
kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza, 2017-yil 14-yanvar. - Toshkent: «O‘zbekiston», 2017. 8-b.
4
hisoblanadi. O‘zbekistonda kremniy zahiralarining mavjudligi fotoelektrik
batareyalarni ishlab chiqarish istiqbolini yaratadi.
Yoqilg‘i-energetika resurslarining yetishmovchiligi va ularga bo‘lgan
narxlarning o‘zgaruvchanligi
sharoitida, mamlakatimiz aholisining hamda
iqtisodiyotimiz
asosiy
tarmoqlarida
energetika
resurslaridan
oqilona
foydalanish, shuningdek, an'anaviy energiya manbalaridan
muqobil energiya
manbalariga o‘tishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
Yangi «Yashil» me’yor va standartlarga o‘tilishi iste’molchilarni iqtisodiy
madaniyati va moliyaviy savodxonligini oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi,
yuqori energiya samaradorligiga ega bo‘lgan tovarlarga talabning ortishiga
sabab bo‘ladi hamda talab va taklif tarkibida o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib
keladi.
Dostları ilə paylaş: