О‘zbekiston mustaqillikka erishgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bо‘lganidek, madaniyat va san’at sohasida ham tub о‘zgarishlar yuz berdi



Yüklə 20,17 Kb.
tarix15.05.2023
ölçüsü20,17 Kb.
#126972
baxti


О‘tkir zakovat bilan oqilona siyosat olib borayotgan respublikamiz rahbariyati о‘tish davrining islohotlarida faqat iqtisodiy masalalar bilan cheklanib qolmay, har qanday qiyinchiliklarga qaramasdan, xalq madaniyati, ma’naviyati va ruhiy ma’naviy salohiyati mamlakatimiz taraqqiyotining taqdirini hal qilishdagi asosiy vositalardan biri ekanligiga alohida e’tibor bermoqda. Ona tilimizga davlat maqomi berildi, Navrо‘z singari milliy urf-odat va an’analarimiz tiklandi, ota-bobolarimiz e’tiqod qilib kelgan islom dinining inson va uning oilasi hayotidagi, odob-ahloq va xayr-saxovat borasidagi ahamiyati yuqori kо‘tarilmoqda. Bu ishlar bilan bir qatorda ma’naviyat, madaniyat, san’at sohasini yanada rivojlantirish va qо‘llab-quvvatlash maqsadida qator Farmonlar va qarorlar qabul qilindi.
Ushbu Farmonlar va qarorlar xalqimizning kо‘p ming yillik madaniy merosini yangidan tiklashga, madaniyatning moddiy asoslarini qaytadan yaratishga, yoshlarni vatanparvarlik va milliy g‘oyaga sadoqat ruhida tarbiyalash, san’atsevar xalqimizning milliy qо‘shiqlarini asrab-avaylash va uni yanada rivojlantirish hamda bu ma’naviy boyliklardan millatning bebaho mulki, boy xazinasi, qolaversa, jamiyat ma’naviyati taraqqiyotining manbai sifatida foydalanishga keng yо‘l ochib berdi.
О‘zbekiston mustaqillikka erishgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bо‘lganidek, madaniyat va san’at sohasida ham tub о‘zgarishlar yuz berdi. Shaklan ham, mazmunan ham madaniyatning va san’atning keng miqyosda rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratildi. О‘zbekistonning mustaqil rivojlanish yо‘liga о‘tishi milliy madaniyatga sinfiy yondashishdan, uni sun’iy tarzda “yagona umummadaniyat”ga yoki “yagona san’at”ga aylanishdan saqlab qoldi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, mustaqillikkacha bо‘lgan sо‘nggi yetmish yil davomida madaniyat hukmron mafkura, mustabid tuzum tazyiqida G‘arb madaniyatiga taqlid ruhida rivojlandi. Ikkinchidan, milliy madaniyatimiz va san’atimizning boy о‘tmishi bir yoklama о‘rganilib, uning kо‘pgina bebaho durdonalaridan xalqimiz bebahra bо‘lib keldi. О‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida jamiyatni yangilash sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan bir qatorda madaniyatni, san’atni yuksaltirishga ham alohida e’tibor berilmoqda. Xalqimizning ma’naviy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bо‘lish, ularni asrab-avaylash va rivojlantirish, muqaddas dinimiz, urf-odatlarimizni, tarixiy, ilmiy, madaniy merosimizni tiklash davlat siyosati darajasiga kо‘tarildi. «Davlat tili tо‘g‘risida»gi (1989 yil 21 oktabrdagi) qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» (1997 yil 29.avgust)ning qabul qilinishi, О‘zbekiston Badiiy Akademiyasi (1997 yil), О‘zbekiston davlat konservatoriyasi (2002 yil), О‘zbek milliy akademik drama teatri (2002 yil), О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti (2012 yil)ning tashkil etilishi, Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish hamda estrada qо‘shiqchilik san’atini rivojlantirish tо‘g‘risida (2015 yil)giva boshqa bir qanchafarmon va qarorlarning qabul qilinishi, buyuk ajdodlarimiz va mutafakkir allomalarimizning muqaddas nomlari tiklanib, yubileylari xalqaro miqyosda keng nishonlanayotgani davlatimiz tomonidan madaniyatni rivojlantirishga kо‘rsatilayotgan g‘amxо‘rlikning amaliy ifodasidir
Prezidentimiznig 2012 yil 4 iyundagi “О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tashkil etish tо‘g‘risida”gi PQ-1771-sonli qaroriga muvofiq institut negizida bakalavrlar uchun yangi «Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish» va magistrlar uchun esa «Madaniyat va san’at sohasi menejmenti» ta’lim yо‘nalishilari tashkil etildi. Bundan kо‘zlangan asosiy maqsad madaniyat hamda san’at sohasi, teatr san’ati, kino va televideniye sohasida zamonaviy talablarga javob beradigan, xalq ijodiyoti an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirishga qodir, badiiy ijodning zamonaviy metodlari, innovatsion texnika va texnologiyalarni puxta egallagan yuksak malakali rahbarlarni tayyorlashdir. Ayni chog‘da institutda Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish kafedrasi faoliyati yо‘lga qо‘yilgan.
Mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasidagi eng yirik oliy о‘quv yurti hisoblangan bu ilm muassasasida “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish” mutaxassisligi, shuningdek, “Madaniyat va san’at sohasi menejmenti” hamda “Ommaviy tadbirlar rejissurasi” yо‘nalishlari bо‘yicha yangi magistratura mutaxassisliklarini joriy etish kabi juda muhim masalalarni Prezident qarorida belgilab qо‘yilganligi madaniyat va san’at sohasini boshqarishga doir yangi ilmiy muassasaning nufuzi yanada oshirilganligining yorqin namunasidir.
Madaniyat va san’at sohalarining о‘ziga xos jihatlari inobatga olinib, institut qoshida respublika miqyosida sohaga daxldor pedagog kadrlarni qayta tayyorlovdan о‘tkazish va malakasini oshirish uchun “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi”ning tashkil etilishi ham katta ahamiyatga molikdir.
Madaniyat va san’at sohasi boshqaruvining yirik ilmiy muassasasi hisoblangan mazkur institutning asosiy vazifalariga quyidagi muhim masalalar ham kiritilgan:
–madaniy-ma’naviy boylikni asrab-avaylash va kо‘paytirish, xalkimizning boy madaniy-tarixiy merosi hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi asosida о‘ziga xos xususiyatlarga ega bо‘lgan milliy teatr maktabi va badiiy ijod mahoratini rivojlantirish;

  • О‘kitishning zamonaviy shakl va metodlari, ilg‘or pedagogika, innovatsiya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron axborot resurslari, jumladan, Internetdan keng foydalangan holda, ta’lim jarayonining yukori darajada olib borilishini ta’minlash;

  • Yoshlarni vatanparvarlik va milliy g‘oyaga sadokat ruhida, ma’naviy yuksak va har tomonlama barkamol rivojlangan, keng dunyokarashga ega bо‘lgan va mustaqil fikrlaydigan shaxslar etib tarbiyalash kabilar.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 26 apreldagi “Toshkent davlat konservatoriyasini О‘zbekiston davlat konservatoriyasiga aylantirish tо‘g‘risida”gi Farmonida mamlakatimiz professional musiqa san’atini yanada rivojlantirish, xalqimizning boy madaniy merosini asrab-avaylash, chuqur о‘rganish va tahlil etish, ilmiy-nazariy tadqiqotlar olib borish, musiqiy ta’limning о‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda zamon talablari darajasida malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni yо‘lga qо‘yish, soha taraqqiyoti uchun lozim bо‘lgan shart-sharoitlar yaratish о‘z aksini topgan. Shuningdek, О‘zbekiston davlat konservatoriyasi musiqiy ta’limning barcha yо‘nalishlari bо‘yicha tayanch oliy о‘quv yurti deb belgilanib, konservatoriya binosidan samarali foydalanish maqsadida direksiya, Iqtidorli bolalar akademik litseyi, Ilmiy-tadqiqot markazi, Estrada san’ati fakul’teti, “Musiqa” nashriyoti va boshqa bо‘linmalar tashkil etilgan.
Vazirlar Mahkamasining “О‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” 2002 yil5 sentabrdaqabul qilingan qaror mamlakatimizda musiqa san’ati va shu soha xodimlariga kо‘rsatilgan katta g‘amxо‘rlikdir.
Ushbu qarorda musiqiy ta’limning kelajagi va uning istiqboli uchun barpo etilgan ulkan bilim maskanining asosiy vazifalari hamda unda amalga oshiriladigan tashkiliy, о‘quv-tarbiyaviy, ilmiy-ma’rifiy va ijodiy-tahliliy ishlar kо‘lamining mazmun-mohiyati belgilab berilgan.
Mamlakatimizda madaniyat va san’at muassasalari boshqaruvi yо‘nalishidagi ilmiy muasasalardan yana biri vazirlik tasarrufidagiRespublika xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar ilmiy-metodika markazi bо‘lib, uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Madaniyat muassasalari tizimida ijodiy faoliyatni tо‘g‘ri tashkil etish, ularga ilmiy-uslubiy yordam kо‘rsatish, xalq ijodiyotini rivojlantirish, madaniyat va aholi dam olish markazlari hamda madaniyat va istirohat bog‘larida aholining, ayniqsa yoshlarning bо‘sh vaqtlarini mazmunli о‘tkazishni tashkil etishda ijodiy-tashkiliy va ilmiy-amaliy tomondan malakali yordam kо‘rsatish;

  • Xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlarga doir muammolar hamda istiqbolda ularni yanada rivojlantirish yо‘llarini,nomoddiy madaniy meros, qadriyatlar, urf-odatlar, udumlarni о‘rganish va zamon talablaridan kelib chiqib, ularni takomillashtirish borasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar hamda keng kо‘lamda targ‘ibot ishlarini olib borish;

–Madaniyat va aholi dam olish markazlarining xodimlari, madaniyat va istirohat bog‘lari mutaxassislari hamda badiiy havaskorlik jamoalari rahbarlarining malakalarini oshirish uchun san’at va madaniyat yо‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda mahorat dars (master klass)lari va malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
–Madaniyat va aholi dam olish markazlarini badiiy bezatish, nomoddiy madaniy meros, shuningdek, aholi tomonidan madaniyatning boshqa turlariga bо‘lgan ehtiyoj va talablarni о‘rganish borasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, ilmiy-ijodiy ekspeditsiyalar uyushtirish, festivallar, kо‘rik-tanlovlar, seminarlar, ilmiy-amaliy anjumanlar, davra suhbatlari, muloqotlar о‘tkazish;
–Markaz madaniyat muassasalarining faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida shartnoma asosida о‘quv-uslubiy qо‘llanmalarni nashr etadi hamda ularni belgilangan tartibda sotadi;
–Badiiy havaskorlik jamoalarini “Xalq” va “Namunali” jamoa unvoni-ni olish uchun tayyorlaydi hamda Madaniyat va sport ishlari vazirligi Hay’atiga tavsiya etadi.
Madaniyat va san’at yо‘nalishiga doir masalalarni ilmiy о‘rganish, sohaga doir tadqiqot tishlari olib borish bilan shug‘ullanadigan eng muhim ilmiy muasssasalardan yana biri О‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi tarkibida faoliyat yuritayotgan San’atshunoslik instituti bо‘lib, ushbu institut dastlab Madaniyat vazirligi, sо‘ngra О‘zbekiston Badiiy Akademiyasi
Yüklə 20,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin