«O‘zbekiston pochtasi» AJ Samarqand filiali
direktori –Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining
BUYRUG‘I
№ ________
«___» __________ 2017 y Samarqand shahri
«Ob’ekt fuqaro muhofazasi bo‘yicha komissiyalarini tashkil etish to‘g‘risida»
O‘zbekiston Respublikasining «Aholini va xududlarni tabiiy xamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tug‘risida»gi, «Fuqaro muxofazasi tug‘risida»gi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va xarakat kilish Davlat tizimini yanada takomillashtirish tug‘risida»gi 2011 yil 24 avgust kunidagi 242-sonli, «O‘zbekiston Respublikasi axolisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza kilishga tayyorlash tartibi tug‘risida»gi 1998 yil 7 oktyabr kunidagi
427-sonli Qarorlari ijrosi hamda ob’ekt ishchi xodimlarini yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni oldini olish, ular sodir bo‘lganda tezkor bartaraf etish maqsadida,
BUYURAMAN :
1. «O‘zbekiston pochtasi» AJ Samarqand filiali huzurida favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ular sodir bo‘lganda harakat qilish, ob’ekt ishchi xodimlarini favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan hududdan xavfsiz hududga evakuatsiya (kuchirish) qilish bo‘yicha ob’ekt evakuatsiya komissiya tarkibi 1 - ilovaga va barqaqror ishlashini nazorat qilish bo‘yicha barqarorlik komissiyasi 2 - ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Evakuatsiya va barqarorlik komissiyalarning asosiy vazifalari quyidagicha belgilansin:
Evakuatsiya komissiyasi bo‘yicha:
- ob’ekt ishchi xodimlarini yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan va yuzaga kelgan tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan evakuatsiya qilish rejasi ishlab chiqish hamda o‘zgartirishlar kiritib borish;
- xavfli hududlardan ob’ekt ishchi xodimlarini va moddiy boyliklarini evakuatsiya qilishga jalb etiladigan kuch va vositalar xisobotini yuritish va doimiy shayligini ta’minlash, o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib borish;
- xavfli xududlardan evakuatsiya kilinadigan ob’ekt ishchi xodimlarini va moddiy boyliklarini yig‘ish va qabul qilish punktlarini oldindan belgilash, doimiy shayligini ta’minlash, nazorat qilish va ishchi xodimlar o‘rtasida doimiy tushuntirish ishlarini olib borish;
- shaxsiy ximoya vositalarni doimiy tayyorgarligini ta’minlash va nazorat qilish;
- evakuatsiya kilingan ob’ekt ishchi xodimlarini qabul qilish, joylashtirish va hayotiy shart- sharoitlar yaratish rejasiga aniqliklar kiritib borish.
Dostları ilə paylaş: |