19.9 –rasmda ko`rsatilgan Button komponentasi ustiga sichqonchani chap tugmasi ikki marta bosiladi va dasturning kod qismiga o`tiladi. Button komponentasining kod qismiga o`tilgandan keyin quyidagi C++ operatorlari ketma ketligi yoziladi.
Strings=`SELECT *FROMMAHSULOT WHEREMAHSULOT_NOMI='`+Edit1->Text+`'`; //ADOQuery1 komponentasi bilan ishlash ADOQuery1->Close(); ADOQuery1->SQL->Clear();ADOQuery1->SQL->Add(s);ADOQuery1->Open(); } Kod yozilgandan keyin dastur kompilyatsiya qilinadi va qidirilayotgan mahsulot nomi yoziladi.
19.10 – rasmda interfeysning asosiy oynasi keltirilgan bo`lib, unda “Oltin” so`zi qidirilgan. Bu qidiruvni amalga oshirish uchun Edit komponentasiga qidirilayotgan mahsulot nomi yoziladi va “Qidir” tugmasi bosiladi. Qaysidir ma`noda bu qidiruv deyiladi. Aslida esa tanlash deb yuritiladi, ya`ni bir nechta qatorlar ichidan kerakli bo`lganlarini ajratib olishdir. Bu vazifa tugmani bosgandagina amalga oshadi. Chunki SQL so`rovlar va C++ kod belgilangan tugmaning Click xossasi ichiga yozilgan. Interfeys orqali ma`lumotlarni o`zgartirish va o`chirish imkoniyatlari ham mavjud.