214
Birinchi jahon urushiga olib keldi. Shu bilan birga bu davr sinfiy
ziddiyatlarning kuchayishi, ishchilar harakatining jonlanishi, kasaba
uyushmalarni tashkil etishga bo‘lgan harakatlar bilan xarakterlanadi.
XX asr boshlaridagi adabiy jarayonlar ham murakkab sharoitda
rivojlandi. Ko‘plab G‘arb mamlakatlari adabiyotida XIX asr oxiri
XX asr boshlarida
tanqidiy realizm
asosiy yo‘nalishlardan biri edi.
Ushbu yo‘nalish taraqqiyoti mamlakatlarning o‘ziga
xos rivojlanish
yo‘li, milliy xususiyatlari bilan belgilanadi. Fransiya, Angliya kabi
mamlakatlarda tanqidiy realizm XIX asr adabiyotidagi klassik real
-
izm an’analarini davom ettirgan bo‘lsa, bir qator mamlakatlar, jum-
ladan, AQSh va Lotin Amerikasi adabiyotida u romantizm negizida
shakllandi. Realist yozuvchilar
ijodida ijtimoiy tengsizlik, mavjud
tuzumni tanqid qilish va ziyolilarning jamiyatdagi o‘rni
masalalari
asosiy o‘ringa ko‘tarildi. Ular o‘ziga xos tasvir usullaridan unumli
foydalandilar. Masalan, Haynrix Mann
ijodida hajv-grotesk kuchli
bo‘lsa, Marten dyu Gar, Tomas Mann asarlarida chuqur psixologik
tasvir, Bernard Shou va Anatol Fransda esa kinoya, piching bo‘rtib
turadi. Tanqidiy realistlar ijtimoiy-psixologik roman, ijtimoiy-psix
-
ologik drama, ilmiy-fantastik, ijtimoiy-utopik, tarixiy roman, drama
janrlarida barakali ijod qildilar.
Realistik adabiyot o‘zida yangi, murakkab unsurlarni mujassa-
mlashtirdi. Siyosiy g‘oyalar T.Drayzer, E.Sinkler, B.Brext asarlari
ijobiy qahramonlarining qiyofasi va badiiy tuzilmasiga o‘z ta’sirini
o‘tkazgan bo‘lsa, D.Dos Passos ijodida shakliy o‘zgartirishga qara
-
tilgan intilishlarning natijalari namoyon bo‘ldi. G.Xauptman asar
-
larida simvolizm, neoromantizm va realizm unsurlari uyg‘unlashib
ketgan bo‘lsa, S.Sveyg, L.Feyxtvangerlarga Z.Freyd falsafasi katta
ta’sir ko‘rsatdi. Ko‘plab ijodkorlar ichki monologlardan keng foy
-
dalana boshlagan bo‘lsa, ba’zilari bir asarda turli vaqt qatlamlarini
mujassamlashtirdilar, ong oqimini qo‘lladilar.
She’riyatda poetik lug‘atni yangilash borasida izlanishlar davom
ettirildi, psixologizm yanada chuqurlashtirildi, she’rga nasr unsurla
-
rini olib kirish jarayoni namoyon bo‘ldi. XIX asrning 60–70-yillarida