O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/156
tarix03.12.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#138037
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   156
jaxon adabiyati songisi

bu dunyoni tadbirlar bilan tuzatib 
bo‘lmaydi
deb, 
butun e’tiborni botinga qaratadi. Inson real hayotda 
emas, balki xayolidagina baxtli bo‘la oladi,
degan qarash modern-
izmning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga katta turtki bo‘ldi, deyiladi 
ayrim fundamental manbalarda. Ispan esteti va faylasufi O.I.Gasset 
yangi san’at, ya’ni modern san’ati odamlarni ikkiga bo‘lib tashladi 
– uni tushunadiganlar va tushunmaydiganlarga. Tushunadiganlar 
kamchilikni tashkil qiladi, tushunmaydiganlar esa yangi san’atni 
yomon ko‘radi, deydi. Uning fikricha, bu san’atning mohiyati in
-
son e’tiborini tashqaridan olib, 180 S ga burib, o‘z ichki olamiga 
qaratdi,
41
deydi. Ilgari adabiyot tashqarini erinmay ta’riflab chiqa
-
rdi, bugun esa u qiziq bo‘lmay qoldi, inson uchun uning o‘z ko‘ngli 
qiziq. 
Realizm borliqni aks ettirsa, modernizm yangi reallik yarata-
man, deydi. Chunki mavjud reallikni tuzatib bo‘lmaydi, deb hiso-
blaydi. Modernizm olamni xaos deb bildi va undan qochdi. Tashqi 
dunyoda go‘zallik yo‘q, uni botindan qidirish kerak, deb bildi. 
Shu bilan birga, antropotsentrik gumanizmni, ya’ni insonga mu
-
habbatni yoqlab chiqdi. Demak, modernizm deganimiz to‘qlikka 
sho‘xlikdan atayin o‘ylab topilgan metod bo‘lmay, bashariyatning 
uzun taraqqiyot yo‘lida tarixiy-siyosiy evrilishlar natijasida inson 
ko‘nglida paydo bo‘lgan ruhiy-ma’naviy inqiroz bilan bog‘liq hol 
– kayfiyat bo‘lib, bu hol o‘zgaruvchandir. Binobarin, modernizmni 
sig‘inarchasiga ko‘klarga ko‘tarishning, unga mubtalo bo‘lishning 
ham hech bir ma’nosi yo‘q. Zero, bugungi kun insoni ko‘nglida 
ertaga tamomila o‘zgacha hollar paydo bo‘lishi tabiiy. Masalan, 
modernizmdan so‘ng maydonga postmodenizm tushdi. Boz ustiga, 
postmodernizmning ham umri sob bo‘lgani haqida dunyo olimlari 
jiddiy bir tarzda mulohaza yuritishmoqda
42
. Hatto san’atu adabiyot 
41
Normatov U., Hamdam U. Dunyoni yangicha ko‘rish ehtiyoji. Suhbat. – 
T.: Jahon adabiyoti, 2001.
42
Гассет O. Дегуманизация искуссва. – М.: Радуга, 1991.


258
allaqachon “astro davri”ga qadam bosgan dunyoda yangi yo‘l qidi-
rayapti, degan fikrlar o‘rtaga tashlanmoqda. Rus olimi, akademik 
Yu. Borev bo‘lsa, insoniyat birinchi marta yo‘lsiz, paradigmasiz 
qoldi, degan fikrni o‘rtaga tashladi. Endi bu vaqt masalasidir. Voqe
-
likni hamma joyda bir xil idrok etish mumkin emas. Chunki tarixiy-
ijtimoiy formatsiyalar hamma joyda har xil kechadi. Uning davri 
ham, sifat darajasi ham farqlanadi. Shu ma’noda dunyoda hech bir 
olim modernizmni “insoniyatning doimiy kayfiyatidir”, degan iddao 
bilan chiqa olmaydi. Modernizm ham tug‘ildi va hamma oqimlar 
kabi o‘z o‘rnini insoniyatning navbatdagi dunyoqarashiyu kayfiyat
-
ini ifodalovchi yo‘nalishga bo‘shatib ber(a)di. Ko‘rinadiki, “izm”lar 
jamiyatlarning o‘zgarib-almashib turuvchi kayfiyatlarining san’atu 
adabiyotdagi aksi ekan. 
Modernizm haqida gap ketganda, ta’kidlab aytish joizki, u na
-
faqat adabiy hodisa, ayni paytda, inson faoliyatining juda ko‘p qir
-
ralarini qamrab olgan bo‘lib, rassomchilik, haykaltaroshlik, arxitek-
tura, dizayn kabi sohalarda ham o‘zini namoyish etdi. Hatto modern-
izmning san’atdagi ilq qadamlari tasviriy san’at bilan bog‘liq. Rus 
olimi Aleksandr Genisning “XX asrning yetakchi uslubi”
43
nomli 
maqolasi va ulkan ruhiyatshunos olim K. G. Yungning “Pikasso”
44
deb atalgan essesidan modernizm haqidagi savollarning ayrimlariga 
javob topish mumkin. Genis yozadi: “Tarix vaqt bilan hisoblash
-
maydi, biroq bizlar solnomaga nazar solmay ish yurita olmaymiz. 
Ortga nazar tashlar ekanmiz, modernizm tarixning qaysi pallasidan 
boshlanganini bilib olamiz. Londondagi mashhur ikki badiiy muzey 
jamoasi yaqinda ana shunday muammoga duch keldi. Ular o‘z xa-
zinalaridagi san’at asarlarini o‘zaro taqsimlab olishlariga to‘g‘ri 
keldi: natijada Milliy galereyaga mumtoz tasviriy san’at asarlari, 
Teyt galereyasiga esa zamonaviy ijodkorlarning asarlari nasib etdi. 
Bu borada 1900-yil chegara chizig‘i vazifasini o‘tadi. Bu chegara 
43
Bu haqda Rossiyaning “Литературная газета”sida qator bahslar 
uyushtirildi (2012).
44
XX asrning yetakchi uslubi. Jahon adabiyoti. – T.: 2001 yil, noyabr.


259
chizig‘i har qancha bahsli va shartli bo‘lmasin, nafaqat taqvimiy, 
balki mantiqiy haqiqatga yaqinligi bilan ham e’tiborni tortadi. Biz 
modernizmni o‘tgan asr bilan tengdosh hisoblay turib, ham tarixan, 
ham badiiy jihatdan adolatli ish tutgan bo‘lamiz”.
Modernizmning mohiyati haqida fikr yuritarkan, olim modern
-
izmgacha san’atda vositalargina o‘zgartirib kelingan bo‘lsa, modern-
izm “tadqiq qilinayotgan ob’ektning o‘zini tamomila yangilagani”ni 
ta’kidlaydi. “Nitsshening “hech qanday faktlar mavjud emas, balki 
ularning talqini, in’ikosigina bor” degan aqidasini dastak qilib olgan 
modernizm muallifning tasavvuridagina mavjud voqelikning turli 
talqinlari, dunyoni turli sub’ektivizmlarning kurash maydoni sifa-
tida aks ettira boshladi”, deb yozadi yana A. Genis. 
Yung esa, modernistik san’at mohiyatida ruhiy xastalikni ko‘radi. 
U bunday xastalikka chalingan kishilarni ikki guruhga ajratadi: «Bu
-
lar nevrotiklar va shizofreniklar. Birinchi guruhga mansub (kishilar) 
sintetik xarakterdagi kuchli va yaxlit tuyg‘uga yo‘g‘rilgan suratlar 
chizishadi... Ikkinchi guruh, aksincha, shunday suratlar chizadiki, 
bu suratlar ularning mualliflariga hissiyot begona ekanini ko‘rsatib 
turadi. Ular har handay hollarda yaxlit uyg‘un tuyg‘uni emas, bal-
ki, aksincha, qarama-qarshi kechinmalarni yoki ularning umuman 
yo‘qligini ifodalaydi. Bu suratlarning badiiy shaklida esa siniq 
chiziqlarda aks etgan tanazzul, inqiroz kayfiyati ustuvorlik qiladi va 
bu o‘z navbatida ijodkorning ruhan bo‘linganini, ya’ni o‘zini boshqa 
odam, deb fahmlashini bildiradi. Suratlar tomashabinga yoqmaydi 
yoki aqlga to‘g‘ri kelmaydi, tajovuzkor ruhdaligi va beo‘xshov 
nosamimiyligi bilan unda qo‘rqinchli taassurot qoldiradi. Pikasso 
ana shu ruhiy (psixologik) tipga mansub»
45
Bunday qarash modernizmning kelib chiqishida ijtimoiy-psix
-
ologik faktorning dominant mohiyatiga urg‘u beradi. Chindanam, 
XX asrga kelib insonning turmush tarzi sivilizatsiya natijasida misli 
ko‘rilmagan darajada o‘zgardi, murakkablashdi, odamlarning o‘zaro 
ruhiy-ma’naviy muloqotda bo‘lishiga putur yetdi – kamaydi, bun
-
45
O‘sha manba.


260
day ehtiyoj – ruhiy muloqot ehtiyoji insonning ichiga hibs etildi. 
Tashqaridan kutilgan baxt, najot ikkita Jahon urushi oqibatida sarob-
ga aylandi. Natijada inson o‘z ehtiyojlari bilan yolg‘iz qoldi. Mod
-
ernizmning ruhiy-psixologik asosi shu nuqtadan boshlanadi.
Darhaqiqat, insoniyat hayotiga modern ruhning kirib kelishi as-
rlar davomida shakllanib-turg‘unlashib qolgan dunyoqarashni os-
tin-ustin qilib yubordi. Modernizm shunday mohiyatga ega ediki, 
u eng an’anaviy, eng mumtoz shakllar, tushunchalar bag‘riga ham 
hech tortinmay, ikkilanmay yorib kirdi. Ularni inkor etib, o‘zining 
yangi qadriyatlarini ilgari surdi. Modernizm bu – XX asrga kelib, in
-
soniyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-ma’naviy 
sohadagi yoppa taraqqiyoti tufayli onglarda sodir bo‘lgan ulkan 
o‘zgarish – tafakkur tarzdagi yangi bosqich. U ma’lum muddat 
davrning umumiy, universal kayfiyati darajasiga chiqdi. U realizm
-
ga qarshi emas, balki realizm zaminida (materialida) barpo etilgan 
zamonaviylikning yangi qasri bo‘lib dunyoga keldi, yashadi. 
Modernizm haqida so‘z borganda, uning o‘zak muammolarini qa-
mrab olgan quyidagi masalalar mazmun-mohityatini tushunib olish 
lozim bo‘ladi. Modernizm va mifologiya munosabatlari, modernizm 
yo‘nalishlari hisoblangan ekspressionizm, dadaizm, kubizm, futurizm, 
abstraksionizm, syurrealizm kabi oqimlar, elitar(xos) san’at, “san’at 
san’at uchun” tamoyili, Joys, Kafka, Prust, Bekket kabi g‘arb yozuvchi 
va dramaturglarining ijodi, Sartr ekzistensializmi, Kamyu absurd falsa-
fasi, modernizm va XX asr Sharq adabiyoti kabi masalalar mohiyatini 
anglash modernizm haqidagi tushunchalarimizni ancha tiniqlashtiradi. 
Quyida ana shu masalalarning ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz:

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin