291
Amir Hamzah, Sitor Situmoran, Hayril Anvar
kabilar indonez
xalqining zabardast shoirlaridan sanaladi. 1945-yilgi inqilob xalq
tarixida ulkan rol o‘ynadi. Davr adabiy oqimi “45-yil avlodi” de
-
gan nom bilan tarixda qoldi. Oqimni shoir va tarjimon Hayril Anvar
boshqargan. U asarlarida xalq tili shevalaridan
unumli foydalangan
va indonez tili mavqeini yuksaltirgan.
Indoneziya yozuvchisi Marah Ruslining (188
9–1968) tarixiy
“Sitti Nurbaya” romani (1922) shoir va tarjimon Abdulhamid Par
-
dayev
tomonidan o‘zbekchaga o‘girilgan va chop etilgan.
Singapur adabiyoti.
Singapur
ham ana shu mingorollarda
joylashgan, jadal rivojlanib borayotgan Okeaniya mamlakatidan biri
bo‘lib, adabiyoti dunyodagi eng yosh adabiyotlardan hisoblanadi.
Shuning uchun ham Singapur milliy adabiyoti deb atalishga muno
-
sib adabiyot hali oldinda. Siril Vong, Eng I-Shen, Elvin Pang kabilar
Singapurning taniqli ijodkorlaridan. Elvin Pang Singapur adabiyoti
antologiyasini
tayyorlab, nashr qilgan.
Antologiyalardan biri “Tima
-
sik” deb ataladi va Singapurda adabiyot ixlosmandlari orasida shuh
-
rat qozongan. Sinnatambi Rajaratnam (1915–2006) ning “Yo‘lbars”
hikoyasi o‘zbek tiliga tarjima qilinib, “Jahon adabiyoti” jurnalida
e’lon qilingan.
52
Dostları ilə paylaş: