292
Avvalo shuni aytish joizki, Afrika mamlakatlari adabiyoti Ovrupa
adabiyotidan o‘zining asosiy qismi og‘zaki adabiyot bo‘lishi
bilan
farqlanib turadi. Yana Ovrupa adabiyotida shakl va mazmun bir-biri
-
dan keskin ajraladi. Afrika adabiyotida esa, ularni bir-biridan ajratish
mahol. Ifodaning go‘zalligiga shakl go‘zalligi uchun emas, balki tin-
glovchini ko‘proq
jalb qilish, dialog uchun ahamiyat beriladi.
Xalq og‘zaki adabiyoti.
Afrikada istiqomat qilayotgan hamma
xalqlarning xalq og‘zaki adabiyoti mavjud. Janrlari har xil: ertak,
mif, qo‘shiq, topishmoq, masal (va h.k. ) lar ham nasrda, ham nazm
-
da ifoda qilinadi. JAR, Gambi, Zimbaba, Beninda janrlar boy, Nubiy,
Jibut va Janubiy Sudanda o‘ziga xoslik nihoyatda kuchli. Folklor
asarlarini professional darajada mahorat bilan kuylovchi oqinlar bor.
Afrika xalq og‘zaki ijodining qadimiy janri – bu hayvonlar haqida
-
gi ertaklar bo‘lib, aksariyat hollarda quyon, toshbaqa va o‘rgimchak
ayyor qahramon rolini bajaradi. Bu ertaklarning asosiy xususiyati
shundan
iboratki, ularda axloqiylashtirish yo‘q. Ammo yaqin asr
-
larga qadar Afrika og‘zaki adabiyoti namunalari yozib olinmagan.
Ilk yozib olish XVII-XVIII asrlarga to‘g‘ri keladi. Bu paytda Afrika
koloniyaga aylantirilayotgan edi, yozib
olish ham kolonizatorlar to-
monidan amalga oshirilgan. Og‘zaki adabiyotning yirik namunalari
qatoriga eposlar kiradi. Maliga oid
“Silamaka va Pullori Fulba”,
“Sundyata Mandingo”, Markaziy Afrikaga oid “Mvindo Nyanga
haqida rivoyat”, Sudanga oid epik poetik bitiklar bor.
Yozma adabiyot.
Yozma adabiyot ilk bor Afrikaning shimolida
paydo bo‘ldi. Qadimiy yozma adabiy yodgorliklar Misrga tegishli
bo‘lib, m.a. 3000
-
yillikka borib taqaladi. Bundan tashqari, adabiy
matnlar yunon, lotin va finik tillarida yaratilgan. Keyingi yozma ad
-
abiyotda arab adabiyoti ta’siri kuchli bo‘lganini qayd etish kerak.
Ko‘plab Afrika mamlakatlarida yozma adabiyot XX asrda, ular o‘z
mustaqilligini e’lon qilgandan so‘ng paydo bo‘ldi, deyish mumkin.
Misr adabiyotidan tashqari yozma adabiyot Efiopiyada IV-VII asr
-
lar oralig‘ida paydo bo‘lgan Aksum podshohligi davrida yaratilgan.
Yana Mali va Madagaskarda ham qadimiy adabiy matnlar bor.
Sudan
293
“Sennar xronikasi” va “Tabakat” deb nomlangan qadimiy lug‘atlarga
ega. XII asrda asos solingan Tombuktudagi universitet adabiyotning
yirik markazi bo‘lgan. Shimoliy Afrikada, xususan, Mali, Chad, Su
-
danda adabiyot arab-islom madaniyatining bir qismi sifatida rivo-
jlangan. Tanzani va Madagaskarda arab yozuvi qo‘llanilgan.
Dostları ilə paylaş: