O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/156
tarix03.12.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#138037
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   156
jaxon adabiyati songisi

Zamonaviy adabiyot.
Zamonaviy Afrika adabiyoti mustamlaka 
davrida, kontinentga Ovrupa tillari va lotin alifbosi kirib kelishi bilan 
shakllana boshladi. Masalan, JARda lotin alifbosi XIX asrdan beri 
mahalliy tillarda yaratilgan matnlarni yozishda ishlatila boshlandi. 
Yozuvning keng tarqalishini ta’minlagan asosiy kuch nasroniylik 
bo‘ldi. Missionerlar Injil va boshqa muqaddas matnlarni Afrika ma
-
halliy tillariga tarjima qila boshladi. Lekin ko‘pgina mamlakatlarda 
o‘z milliy adabiyotining paydo bo‘lishi XX asrning ikkinchi yar
-
miga to‘g‘ri keladi. Hatto Reyunon orolida mahalliy tilda ilk asarlar 
1990-yillarda yozildi.
Kanada adabiyoti
Kanadada ikki – ingliz va fran
suz tillari davlat tili hisoblanadi. 
Shuning uchun ham Kanada adabiyoti ikki katta – ingliz Kanadasi 
va fransuz Kanadasi adabiyotiga bo‘linadi. Ayni paytda, keyingi 
vaqtlarda xalqaro immigratsiyaning ko‘payishi hisobiga adabiy 
rang-baranglik ham ko‘zga tashlanmoqda. Shuningdek, Kanadaning 
tubjoy aholisining o‘z adabiyoti ham bor. XVIII asrgacha Kanada 
adabiyotida tubjoyga mansub hindu, inuit va eskimoslarning og‘zaki 
ijodi, dunyo va koinotning yaralishi haqidagi afsonalari, an’anaviy 
folklor qo‘shiqlari mavjud bo‘lgan. XVI-XVII asrlar mobaynida 
fransuz va ingliz mustamlakachilarining Kanadaga kirib kelishi 
bilan Kanada adabiyoti yangi davrga qadam qo‘ydi. Shu davrdan 
e’tiboran, asarlar fransuz va ingliz mumtoz adabiyoti an’analari 
ta’sirida yozila boshladi. Ya’ni 
shaklan ovrupacha, mazmunan esa 
Kanada voqeligi ifodalangan asarlar paydo bo‘ldi. Demak, Kanada 
adabiyoti har jihatdan, jumladan, mavzular diapazoni jihatidan ham 
kengayib, teranlashib bordi.


294
XIX asr fransuz Kanadasi
nazmi taraqqiyotida Kvebek va 
Monreal deb atalgan romantik yo‘nalishdagi she’riyat maktablari 
muhim rol o‘ynadi. Emil Nelligan, Deni Garno, Gyustav Freshett, 
Fransua Kasave, Sharl Jil, Alber Lazo singari shoirlar o‘z ijod
-
larida avvalgi taqlidchilikdan xalos bo‘lib, o‘z yo‘llarini topishga 
urinishdi. “Millat shoiri” deb tan olingan Oktav Kremazi she’riy 
merosi fransuz Kanadasi adabiyotining yorqin sahifasi hisoblanadi. 
Bu shoir o‘z she’rlarida shaxsiy hissiyotlarni ifoda qilishdan ham 
ko‘ra jamiyat va millat tafakkurini uyg‘otishga, inson orzu-xayol-
larini aks ettirishga harakat qildi. U 1862
-yili “Kanada oqshomlari” 
nomli ilk adabiy jurnalni nashr qilib, unda o‘z davri ijodkorlarining 
asarlaridan parchalar berib bordi. Shunga qaramay, bu davrda nasrda 
voqea bo‘lgulik asarlar yaratilmadi. Chunki jamiyatda hali-hanuz 
cherkovning ta’siri kuchli bo‘lib, ruhoniylar asarlar yozish va chop 
etishga tish-
tirnoqlari bilan qarshilik qilib kelishardi. A.Emmonning 
oddiy fransuzlar hayotidan hikoya qiluvchi “Mariya Shapdelen” ro
-
manini aytmaganda, tadqiqotchilar mazkur davrni “yo‘qotilgan im-
koniyatlar va yozilmagan kitoblar davri”, deyishadi.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin