O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/156
tarix03.12.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#138037
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   156
jaxon adabiyati songisi

Ernest Xeminguey(1899–1961). 
XX asr tengdoshi bo‘lgan Er
-
nest Xeminguey
 
davrning asosiy voqealariga guvoh bo‘ldi. U o‘z 
davri va o‘zi bilgan odamlar haqida yozdi, yozganda ham haqqoniy, 
aniq, xayron qolarli darajada lo‘nda, sodda va teran yozdi. Uning 
mahorati ham aynan shunda edi. Hayotlik paytidayoq u Amerika 
klassigi sifatida tan olingan edi.
“Yozuvchining vazifasi o‘zgarmasdir,
– deydi Xeminguey. –Un
-
ing o‘zi o‘zgarishi mumkin, biroq vazifasi muqimligicha qoladi. 
Ya’ni, haqqoniy yozish kerak va haqiqatni anglagach, uni shunday 
bayon qilish kerakki, u o‘quvchining ongiga o‘z tajribasining ajral-
mas qismi sifatida singsin”
53
.
Ernest Xeminguey Ouk-Park shahrida shifokor oilasida tug‘iladi. 
U maktabni bitirgandan so‘ng, kichik bir gazetada ishlaydi. Ovru-
paga boradi: avval Fransiyada, keyin Italiyada joylashgan Amerika 
sanitar qismlarida turib, Birinchi jahon urushida qatnashadi. Urush
-
dan so‘ng u Amerika gazetalarining muxbiri sifatida o‘z mamlakati
-
ga qaytib, Florida sohillarida istiqomat qiladi. 
53
Хемингуэй Э. Писатель и война: Речь на 2 Конгрессе американских 
писателей // Писатели США о литературе: В 2-х т. – М., 1982. – С. 90.


308
Xeminguey Ispaniya respublikachilarining fashist fitnachilariga 
qarshi olib borgan kurashlarida faol qatnashgan va bu haqda ko‘p 
asarlar yozgan, Ikkinchi jahon urush yillarida aviatsiya qismlari-
da muxbir bo‘lib ishlagan. Ittifoqchilar armiyasining Fransiyaga 
bostirib kirishlarida ishtirok etgan.
Xeminguey ijodining boshlanishi Birinchi jahon urushidan key
-
ingi yillarga to‘g‘ri keladi. « Bizning zamonda» (1925) kitobiga 
kirgan hikoyalarida yozuvchi, birinchidan asarning lirik qahramoni 
Nik Adamsning yoshligi, o‘smirlik yillari, sevgisi va oilasi haqida 
hikoya qilsa, ikkinchidan tinch hayot haqidagi xayollarga qonli 
urush voqealarini qarama-qarshi qo‘yadi. Individualistik xarakterda 
bo‘lsa ham, asarda urushga qarshi qahramonning noroziligi bayon 
etiladi. 
Imperializm keltirib chiqargan bosqinchilik urushlarini nafrat
-
lashga bag‘ishlangan «Alvido, qurol!» (1929) romani yozuvchi ijo
-
dida muhim bosqichni tashkil etadi. Asarda Birinchi jahon urushi 
yillarida Avstriya frontida ro‘y bergan voqealar hikoya qilinadi. San
-
itar xizmati leytenanti amerikalik Genri urushning butun dahshatlari 
– ocharchilik, ifloslik, o‘zaro qon to‘kish va son-sanoqsiz begunoh 
kishilarning o‘lib ketayotganligini ko‘rib, urush haqidagi fikrlarin
-
ing puch xayoldan iborat ekanini biladi va umidsizlikka beriladi. 
Italyan soldat, ofitserlari bilan samimiy suhbat va aloqalar uni mil
-
liy xudbinlik va mag‘rurlikdan xoli qiladi. Shuning uchun leyten-
ant Genri urushdan yuz o‘girib, qurolini tashlab, betaraf mamlakat 
– Shveytsariyaga o‘tib ketadi. Yozuvchi urush qabohatlariga shaxsiy 
hayotni qarshi qo‘yadi. Genri Ketrin Berkliga bo‘lgan sevgisi bi
-
lan urush dahshatlaridan ham tashqi, dunyo mashaqqatlaridan ham 
qutulishga intiladi. Lekin u shaxsiy hayot va muhabbatdan ham baxt 
topa olmaydi. Ketrin tug‘riqxonada o‘lganidan so‘ng Genri butunlay 
umidsizlikka tushib qoladi. «Alvido, qurol!» romanida Birinchi ja
-
hon urushi va umuman urush qoralanadi. Biroq unda bayon etilgan 
norozilik shaxsiy yo‘sindadir. 
Bu kitobning muallifi, – deb yozadi Xeminguey asar boshida, – 
ongli suratda shu fikrga keldiki, urushlarda jang qilayotgan odamlar 


309
dunyodagi eng ajoyib odamlardir, frontning qizg‘in janglar olib bo-
rayotgan qismlariga kirib borganing sari bunday ajoyib kishilarga 
ko‘proq duch kela boshlaysan. Lekin urushni boshlaganlar, uning 
oloviga yana olov tashlab turganlar, iqtisodiy raqobatdan, foyda un-
dirishdan boshqa narsani o‘ylamaydigan to‘ng‘izlardir… Men urush 
olovini yoqqanlar … otib tashlanmog‘i zarur, deb hisoblayman. 
Xemingueyning 30-yillarning o‘rtalarigacha bo‘lgan asarlarida u, 
tashqi dunyoga munosabatida ziddiyatli va individualist ijodkorligi-
cha qoladi. O‘sha yillari ocherk shaklida yozgan “Tushdan keyingi 
o‘lim” (1932) kitobida o‘lim mavzusi yana ham ochiq ko‘rinadi. 
Asarda buqalar jangi va unga bog‘liq qoidalar batafsil beriladi. 
Buqalarni o‘ldiruvchi matadorlar yoki matadorlarni halok etuvchi 
buqalar, otlarning yorilib ketgan qornidan otilib chiqayotgan qonlar 
fojea ustiga fojea va, ayniqsa, jarohatlangan odamning o‘limi old-
idan kechirgan azoblari umidsizlik ruhida tasvirlanadi. 
“Afrikaning yashil tepaliklari”da (1935) ham yuqoridagi kito
-
biga xos bo‘lgan o‘lim masalasi ko‘tariladi. Agar “Tushdan keyingi 
o‘lim” matador bilan buqa o‘rtasidagi olishuvda ikkalasidan birini 
halok etishi bilan tugasa, bunda ovchi haqida gapiriladi va, albatta, 
voqea ovchining g‘alabasi hamda hayvonning o‘limi bilan yakunla-
nadi.
Yolg‘izlik, umidsizlik yozuvchining boshqa hikoyalarida ham 
aks etadi. Masalan, “Toza va yorug‘ joyda” (1936) kitobi qahra
-
moni kecha va qorong‘ulikdan vahimaga tushadi, uning uchun 
yagona makon toza va yorug‘ mayxona bo‘lib qoladi. 30-yillarn
-
ing o‘rtalarida Xeminguey ijtimoiy voqealarga murojaat qiladi. Shu 
davrga xos romani “Hayot yoki mamot” (1937) qahramoni Garri 
Morgan o‘z oilasini boqish yo‘lida tinmay ishlaydi Garri yashashga 
bo‘lgan tabiiy ehtiyojini qondirish maqsadida burjua jamiyatining 
vahshiylikka asoslangan qonunlariga tayanib o‘zini ham ayamaydi, 
boshqalarga ham shafqat qilmaydi. Hatto odam o‘ldirishgacha borib 
yetadi. U faqat o‘zining shaxsiy kuchiga ishonadi. Kuba anarxistlari 
bilan to‘qnash kelgan va jarohatlangan Garri Morgan o‘limi oldidan, 
“yolg‘iz odam hech narsa qila olmaydi”,
– degan fikrga keladi. Qah
-


310
ramonning fojiali halokati yozuvchidagi individualistik qarashlarn-
ing samarasizligini ko‘rsatadi. 
“Daryoning narigi tomonidagi daraxtlar soyasida” (1950) asarida 
ijtimoiy hayotdan chetda turuvchi yakka qahramon paydo bo‘ladi. 
Bu ikki urushda qatnashgan amerikalik polkovnik Richard Kentuell
-
dir. Asar qahramoniga xos narsa shuki, u hamma vaqt o‘lim xayoli 
bilan yashaydi, bu esa qissaning g‘amgin ruhini ko‘rsatadi. 
Xeminguey so‘nggi «Chol va dengiz» (1952) qissasi uchun No
-
bel mukofotini olgan. Asar qahramoni kubalik qari Santyago baliq 
oviga chiqqaniga ancha kunlar bo‘lsa ham, lekin ishi yurishmaydi. 
Uning yelkaniga “ko‘p yamoq tushgan” qayiqqa qanday qilib ham 
baliq ilinsin. Santyago keksa bo‘lsa ham, lekin o‘zi tetik. Shuning 
uchun yozuvchi bu odam “taslim bo‘lmaydi” – deb uqtiradi».
Chol to‘riga katta baliq tushganida cheksiz quvonadi. “Baliq, 
– deb chaqirdi u sekingina, – o‘lsam o‘lamanki, sendan ajralmay
-
man». Chol butun kuch g‘ayratini ishga solib, baliq bilan olishadi va 
uni yengadi. “Uning: “Odamzodni yanchib tashlash mumkin, lekin 
uni bo‘ysundirish mumkin emas”, degan so‘zlari inson qudratiga yo-
zuvchining cheksiz ishonchini ko‘rsatadi.
Santyago uchun umidsizlik gunohdir. Kitobxon ko‘zi o‘ngida 
mag‘lubiyatni bilmaydigan, irodali inson timsolida namoyon 
bo‘ladi. Santyago shu jihatdan yozuvchining oldingi asarlari qahra-
monlaridan farq qiladi. Uni qirg‘oqda kutib olgan bola navbatdagi 
baliq ovida chol bilan birga borishni va undan ko‘p narsa o‘rganish 
zarurligini aytadiki, bu – Santyagoning yolg‘iz emasligiga ishora
-
dir. 
Xemingueyning har qanday hikoyasini tahlil qilish
-murakk-
ab vazifa. Hatto juda nozik did bilan yondoshilganda ham asarn-
ing yaxlitligini, emotsional ta’sirini buzib yuborish mumkin. Bu 
ma’noda Xeminguey asarlariga A.Qahhor hikoyalari yaqin turadi. 
Ularning asarlarida muallif ohang(intonatsiya)i va tagma’no muhim.
Hikoyalarda qahramonlarning kayfiyati va his-tuyg‘ularidagi nozik 
o‘zgarishlar ifodalanadi. Ular haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytilmaydi, 
voqealar bayoni yo‘q, yozuvchi ular haqida hikoya qilmaydi, u qa-
hramon hayotining qaysidir bir lahzasini tasvirlaydi, go‘yo muhim 


311
bo‘lmagan detallarini eslatadi, ammo bularning barchasidan olam va 
vaqt obrazini barpo qiladi.
Matnda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifodalanmagan, biroq detallar va rep
-
likalardan, ohangdan, bayon qilishning muomalasidan tushunarli 
bo‘ladigan tagma’no muhim ahamiyatga ega. Xeminguey badiiy usu
-
lining bu o‘ziga xos ko‘rinishi “aysberg prinsipi” nomini olgan. Bar
-
cha narsalar haqida qisqa, aniq, lo‘nda aytiladi, biroq tagma’noning 
tubida ko‘p narsalar yashiringan: azob-uqubat, umidsizlik, ishonch, 
befarqlik.
“Yomg‘irda qolgan mushuk” hikoyasi ixcham bo‘lib, atigi uch 
sahifadan iborat. Hikoyada tashqi hodisalarning kamligi diqqatni 
tortadi. Ko‘rinib turibdiki, gap ularda emas, balki qahramonlarning 
kayfiyatidagi harakat va o‘zgarishlarda, nozik ruhiy tafovutlarni ifo
-
dalashda. Bayonning siqiqligi, tavsifning lo‘ndaligi oxirgi
chegaraga 
yetkazilgan. Hikoyada ekspozitsiya, tugun, kulminatsiya va yechim 
mavjud. Asarning har bir tarkibiy qismi uchun atigi ikki-uch ibora 
ishlatilgan. “Otelda amerikaliklardan faqatgina ikki kishi bor edi. 
Ular o‘z xonalariga ko‘tarilayotganda zinapoyada uchraganlarning 
hech birini tanimas edilar”. Hikoya mana shu ikki ibora bilan bosh-
lanadi. Ular vatanidan yiroqda bo‘lgan insonning yolg‘izligini his 
qilgan, turmush o‘rtog‘i bilan ajralish arafasida bo‘lgan, o‘z uyin-
ing taftini sog‘ingan 
ayol haqidagi hikoyaning ekspozitsiyasi bo‘lib 
xizmat qiladi. Hikoyaning ikki asosiy qahramoni o‘rtasidagi bego-
nalashuvlik ortib boradi.
Tugun ham lo‘nda va qisqa: “Amerikalik ayol deraza oldida 
turib bog‘ni kuzatardi. Xonalari derazalarining shundoqqina ostida, 
yomg‘ir suvlari tomchilab turgan yashil skameyka ostida bir mushuk 
yashirinib olgandi.
– Men pastga tushib miyovxonni olib kelaman, – 
dedi amerikalik 
ayol. Mushukni samarasiz qidirishlardan keyin, vestibyulda keta-
yotib va unga ta’zim qilgan mehmonxona xo‘jayinini chetlab o‘tib, 
ayol “ichida nimadir beixtiyor yumaloqlanib junjikib ketgandek 
bo‘ldi”. Mana shu qisqa ibora – hikoyaning kulminatsiyasi. Bundan 
keyingilari ilgari jilovlanib kelingan his-tuyg‘ularning qo‘qqisdan 


312
yuzaga chiqqan 
oqimidir. Ayol o‘z orzulari haqida uni tinglamayo
-
tgan va tinglashni ham istamayotgan, uning gapini bor yo‘g‘i ikki 
marta luqma tashlab, noaniq g‘o‘ldirab, jim bo‘lib kitob o‘qish haqi-
dagi maslaxat bilan bo‘lgan odamga gapiradi. Jorjga berilgan ox
-
irgi savol javobsiz qoladi: “Agar uzun soch mumkin bo‘lmasa, 
hech 
bo‘lmaganda vaqtni ko‘ngilli o‘tkazish uchun mushuk mumkindir?” 
– “Jorj eshitmasdi. U kitob o‘qiyotgandi”.
Hikoyaning yechimi – xonada “katta olachipor mushukni” 
bag‘riga bosgan oqsochning paydo bo‘lishi va uning “Buni padrone 
sinoraga berib yubordi” degan so‘zlari.
Hikoyada an’anaviy portret chizgilari yo‘q. Ayolning tashqi 
ko‘rinishi haqida erining bir necha gapidan: “Sen bugun juda chi
-
roylisan”,
– 
va boshini ko‘tarib uning “o‘g‘il bolalarnikiga o‘xshash 
sochlari kalta qirqilgan gardanini ko‘rdi” tasavvur qilish mumkin 
xolos. Boshqa hech narsa deyilmagan. Hatto ismi ham berilmagan. 
U shunchaki amerikalik ayol. 
“Yomg‘irda qolgan mushuk” sarlavhasi poetikasida katta ma’no 
yotadi. Xonadon tafti va shinamligining ramzi bo‘lgan mushuk 
yomg‘irda qoladi. Ayolning mushukka va o‘ziga rahmi keladi.
Xemingueyning birinchi kitobiga kirgan boshqa hikoyalari kabi 
“Yomg‘irda qolgan mushuk” ham urushni ko‘rgan, uning asoratla-
rini his qilib turgan insonlarga bag‘ishlangan. Yozuvchi, adabiy tan-
qidchi, adabiyotshunos

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin