O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/156
tarix03.12.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#138037
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   156
jaxon adabiyati songisi

 
Ralf Uoldo Ellison (1914–1994)
– 
o‘zining 
yagona yakuniga yetkazilgan “Ko‘rinmas odam”(1952) romani bi
-
lan nom qozondi. Bo‘lajak yozuvchi AQShning Oklaxoma shtadi
-
dagi Oklaxoma-Siti shahrida tug‘ildi.
1933-yili u Alabamadagi Taksigi universitetiga o‘qishga kirdi. 
Bu yerda u modernistik adabiyot bilan jiddiy qiziqib qoldi. O‘qishni 
tugatish uchun mablag‘ yetishmaganligi bois, uch yildan keyin 
o‘qishni tashlab, Nyu-York shahriga keladi. Bu yerda u rassom Ro
-
mare Birden va yozuvchi Richard Rayt bilan tanishadi. Rayt unga o‘z 
kuchini yozuvchilikda sinab ko‘rishni maslahat beradi va tez orada 
Ellison o‘zining birinchi hikoyasi “Hymie’s Bull”ni chop ettiradi.
1937–1944-yillarda u muntazam ravishda Nyu-York jurnallarida 


313
hikoya va tanqidiy maqolalari bilan ishtirok etadi. 49-yillarning ox
-
irlaridan Ellison “Ko‘rinmas odam” romani ustida ishlay boshladi. 
Roman XX asrning 40-yillarida Nyu-York shahrida istiqomat 
qiluvchi, ismsiz afroamerikalikning nomidan yozilgan bo‘lib, 
tabulangan mavzularga ham to‘xtalib o‘tadi. Asar katta muvaf
-
faqiyat qozondi, hamda muallifga nufuzli Milliy kitob mukofoti 
topshirildi.
1955–1958-yillarda Ellison Ovrupada bo‘lib, bir necha muddat 
Rimda yashadi. Keyin u Qo‘shma shtatlarga qaytib, Bard shahridagi 
kollejda Amerika va rus adabiyotidan dars bera boshladi. 1964-yil
-
dan Rutger va Yel universitetlarida ishladi. 1964-yili uning “Ta’qib 
qil va harakat qil” (
Shadow And Act)
, esselar to‘plami chop etildi. 
Bu yillarda Ellison tugatishga ulgurmagan “19-iyun”(
Juneteeth)
romani ustida ishladi. Uning yozishicha, roman qo‘lyozmasining 
asosiy qismi yozuvchining Massachusets shtati 
Pleynfild shahridagi 
uyida 1967-yili sodir bo‘lgan yong‘in paytida nobud bo‘lgan. 
1985-yili yozuvchining o‘n yettita essedan iborat “Hududga ke
-
tayotib” (
Going to the Territory) 
to‘plami nashr ettirildi. To‘plamga 
mashhur yozuvchi Uilyam Folkner va yirik afroamerikalik ijodkor 
Richard Raytlar ijodi, shuningdek, afroamerikaliklarning AQSh 
madaniyatiga qo‘shgan hissasi tadqiq qilingan esselar ham kiritil-
gan. 1970-yili Ellison Fransiyaning san’at va adabiyot Ordeni bilan 
taqdirlandi va Nyu-York universiteti o‘qituvchilarining tarkibiga do
-
imiy a’zo qilib tayinlandi.
Ellison 1994-yilning 16-aprelida vafot etdi. O‘limidan keyin un
-
ing chop etilmagan qo‘lyozmalari topildi. 1996-yili “Uyga uchib 
ketayotib va boshqa hikoyalar”(
Flying Home: And Other Storie
s) 
kitobi, 1999-yili esa adibning professor Jon F.Kallaxan tahriri ostida 
368 sahifadan iborat tugallanmagan “19-iyun”(Juneteeth) romani 
nashrdan chiqarildi. 
Amerikalik yozuvchi 

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin