O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/156
tarix03.12.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#138037
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   156
jaxon adabiyati songisi

Jerom Devid Selinjer 
(1919–2010)ning 
asarlari 1940-yillarning ikkinchi yarmi va 50-yillarda 
The New York-
er
jurnalida nashr etila boshlandi. 


314
Selinjer 1919-yilning 1-yanvarida Nyu-Yorkda yahudiy oilasida 
tavallud 
topdi. U 1936-yili Velli-Forj shahridagi harbiy bilim yurtini 
tamomladi. 1937-yili Jerom Nyu-York universitetida ma’ruzalar tin
-
gladi. 1939-yilda Kolumbiya universitetiga o‘qishga kirdi va “Sto
-
ri” jurnalining muharriri U.Bernettning qisqa hikoyalar haqidagi 
ma’ruzalarini tingladi. 
Selinjer Manxettenda ulg‘aydi va maktabda o‘qib yurgan yillari 
hikoyalar yoza boshladi. Uning ilk asari bo‘lgan “Yoshlar” hikoya-
si Ikkinchi jahon urushidan oldin, 1940-yili “Stori” jurnalida chop 
etildi

1941-yildan
 
«The New Yorker» jurnali bilan hamkorlik qila 
boshladi va bir nechta hikoyalarini chop ettirdi. Urush boshlanganda 
ko‘ngilli bo‘lib frontga ketdi. 1944-yili serjant Selinjer Normandi
-
ya, Ardenna va Xyurtgendagi janglarda qatnashdi. Urushda u harbiy 
muxbir Ernest Xeminguey bilan uchrashdi.
Frontda tutgan kundal
-
igiga: “Men kerakli vaqtda kerakli joyda ekanligimni his qilmoqda
-
man, chunki bu yerda butun insoniyatning kelajagi uchun jang ket-
moqda”, deb yozib qo‘ygan edi. 
1948-yilda yozilgan “Bananka – balig‘i yaxshi ovlanmoqda” 
hikoyasi uning birinchi jiddiy muvaffaqiyati bo‘ldi.
1940-yillarni ikkinchi yarmida Selinjer Amerika novellistikasin
-
ing eng mohir muallifi sifatida nom qozondi. Birinchi hikoyasi chop 
etilgandan o‘n bir yil o‘tgach, 
1951-yilning 16-iyulida yozuvchining
“Javdardagi tik jarlik ustida” romani bosmadan chiqdi va juda katta 
muvaffaqiyat qozondi, tanqidchilarning e’tiboriga tushdi. Yuqori sinf 
o‘quvchilari va talaba yoshlarning bir necha avlodi asar qahramoni
voyaga yetayotgan Xolden Kolfildning bolalikdagi orzu-umidlari, 
tasavvurlarini birin-ketin yo‘qolib borishini achinib, xayrixohlik bi-
lan kuzatib bordi. Qisqa muddatda kitob 60 million nusxada sotildi 
va hozirgi vaqtda ham har yili 250 000 nusxada sotilmoqda. 
Selinjer asarlarining aksariyat qahramonlari o‘n yetti yoshga-
cha bo‘lgan o‘smir yoshlar. Biroq uni “bolalar” yozuvchisi deyish 
to‘g‘ri emas. Selinjer o‘z asarlarida (birinchi navbatda “Javdardagi 
tik jarlik ustida” romani) o‘smir-qahramonlarning ularni o‘rab tur
-
gan “kattalarning” qabih va shafqatsiz dunyosiga qarama-qarshiligi 


315
mavzusini ko‘tarib chiqadi. Yozuvchi adabiyot vositalari yordamida 
intuitiv ravishda 1980–90-yillarda fransuz faylasuflari Jan-Lyuk 
Nansi va F.Laku-Labartlar “inkor qiluvchi, rad etuvchi” deb atagan 
sub’ektning obrazini yaratdi.
1965-yildan keyin yozuvchi o‘z asarlarini chop ettirmay qo‘ydi 
va uzlatda yashay boshladi. O‘zining so‘nggi intervyo‘sin
i 1980-
yili berdi. Hayotining so‘nggi yillarida u tashqi olam bilan aloqani 
uzib, deyarli hech kim bilan muloqat qilmadi. Selinjer 2010-yilning 
27-yanvarida 91 yoshda vafot etdi. 
Amerika yozuvchisi 

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin