O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/156
tarix03.12.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#138037
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   156
jaxon adabiyati songisi

Uilyam Stayron 
(1925–2006) adabiyot so
-
hasidagi ko‘plab mukofotlar, jumladan, Pulitser mukofoti (1968) 
sohibi, nosir, dramaturg, essenavis. Virginiya shtatida tug‘ilgan Ui
-
lyam, Shimoliy Karolina shtatidagi Devidson kollejini tamomladi 
va Ikkinchi jahon urushi so‘ngida harbiy xizmatda bo‘ldi. Urushdan 
keyin Dyuk universitetida o‘qib, 1947-yili ingliz tili bo‘yicha baka
-
lavr darajasini oldi.
Stayronning ilk romani “Zulmatga ket” 1951-yilda nashr etildi, 
unda o‘z joniga qasd qilgan yosh ayol taqdiri, otasining tilidan bay-
on qilinadi. Asar tanqidchilar tomonidan ijobiy baholandi.
1967-yili nashrdan chiqqan “Nat Tyornerning iqrori” romani 
o‘tkir bahs-munozara, tortishuvlarga sabab bo‘ldi, yozuvchiga Pu
-
litser mukofotini taqdim etdi. Asar qayta-qayta nashr qilindi, du
-
nyoning yigirmadan ortiq tillariga tarjima qilindi. Roman asosida 
1831-yilgi baptist-targ‘ibotchi Nat Tyorner boshchiligidagi
qora 
tanli qullarning isyoniga asoslangan tarixiy voqealar yotadi. Tyor-
nerning o‘limidan oldin istig‘for keltirishi 50 yaqin oq tanli erkak
-
lar, ayollar va bolalarning o‘limiga sabab bo‘lgan. Romanning bosh 
qahramoni diniy mutaassib odam sifatida tasvirlanadi. 18 yoshli oq 
tanli go‘zal qiz Margaretni sevib qolgan Tyornerni shahvoniy his-
tuyg‘ular ta’qib qiladi. Qizni o‘ldirgan ruhoniy vijdon azobida qi-
ynaladi, o‘zining to‘g‘ri yo‘l tutganiga shubhalana boshlaydi. 
Kitob chiqqandan keyin qora tanli yozuvchilar muallifni tanqid 
qilib, rasizmda aybladilar. 


316
Stayronning keyingi yirik romani “Sofining tanlovi” (1979) ham 
shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, yahudiylar turlicha munosa
-
bat bildirdilar. Asarda natsizm azoblarini Osvensim konslagerida 
boshidan o‘tkazgan polshalik Sofi va yahudiy yigit Natanning sevgi 
fojeasi tasvirlanadi. Natan o‘z sevgilisini tirik qolgani uchun ayblay
-
di. 1983-yili roman asosida badiiy film yaratilib, bosh rol ijrochisi 
“Oskar” mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Yozuvchining o‘n yil davomida yozilgan so‘nggi romani 
“Jangchining yo‘li” 
o‘limidan keyin 2010-yili nashrdan chiqdi. 
Stayron 2006-yilning 1-noyabrida 81 yoshida vafot etdi.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin