O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/156
tarix03.12.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#138037
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   156
jaxon adabiyati songisi

Lotin Amerikasi adabiyoti
XX asrning ikkinchi yarmi jahon adabiyotiga yevrotsentrik 
madaniyat tamoyillari va me’yorlaridan voz kechish xos bo‘ldi. 
Bu davrda o‘quvchilar e’tibori aksariyat hollarda “eski” – Ovrupa 
adabiyotiga emas, balki “yangi” adabiyotlarga qaratildi. XX asr 
adabiyotini gvatemalalik M.A.Asturias, A.Karpanter, argentin
-
alik X.L.Borxes, X.Kortasar, braziliyalik J.Amadu, meksikalik 
K.Fuentes, kolumbiyalik G.G.Markes, chililik P.Neruda nomlarisiz 
tasavvur etib bo‘lmaydi.
XX asr Lotin Amerikasi adabiyoti ham o‘ziga xos tarzda rivoj
-
landi. 2
0–40 yillar adabiyotida realizm an’analari keng ommalash
-
di. Kolumbiyalik X.E.Riveraning “Girdob” (1925), ekvadorlik 
X.Ikasaning “Uasipungo” (1934), venesuelalik R.Galegosaning 
“Donya Barbara” (1929) romanlari mashhur bo‘lib ketdi. 20-yillari 
iste’dodli chililik shoira Gabriela Mistral nomi adabiyot olamiga 
kirib keldi. O‘z she’rlarida dehqon va hunarmandlar, to‘quvchi va 
o‘rmonchilarni kuylagan shoira 1945-yili adabiyot sohasidagi Nobel 
mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Lotin Amerikasi adabiyoti doimo rivojlanish, izlanish yo‘lidan 
bordi. U ma’lum bir davrda Ovrupa adabiyoti an’analari ta’siridan 
ham bebahra qolmadi. Lekin Lotin Amerikasi adabiyoti namoyon
-
dalari asarlarida milliy ruh, folklor manbalari, har bir ijodkorning 


317
individual uslubiga xos ravishda qayta ishlangan, sayqallangan er-
tak, afsona unsurlari keng o‘rin egallay boshladi. Bu yerda Lotin 
Amerikasi adabiyotiga katta ta’sir o‘tkazgan ikki muhim manba 
– qachonlardir Afrikadan qul qilib olib kelingan qora tanlilarning 
adabiy merosi(kubalik N.Gilen, braziliyalik Jorji Amadu, puerto-
rikalik Manuel del Kabaral ijodida yorqin namoyon bo‘lgan) hamda 
hindularning qadim milliy an’analari (X.E.Riveraning “Girdob” ro
-
manida, O.Kirogi, A.Varela asarlarida) haqida bilish lozim bo‘ladi.
Argentina, Chili, Braziliya singari mamlakatlarda yirik shaha
-
rlarning paydo bo‘lishi, sanoatning rivojlanishi natijasida ushbu 
mamlakatlar adabiyotida urbanistik elementlar muhim rol o‘ynay 
boshladi. Lotin Amerikasidagi sinfiy, milliy-ozodlik kurashi ushbu 
qit’a adabiyotini 2
0–40 yillardan boshlab ijtimoiy xarakter kasb 
etishini belgilab berdi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda janubiy amerikaliklarda 
bashariyat taqdiri, dunyo madaniyati uchun mas’ullik hissi yanada 
yuqori darajaga ko‘tarildi. Ushbu vaziyat san’at va madaniyatda 
ham o‘z aksini topdi. 50–90-yillar Lotin Amerikasi nasri Asturias, 
Kartenter, Rulfo, Fuentes, Argades, Varges Losa, Garsiya Markes, 
Kortasar, Paolo Koelo nomlari bilan uzviy bog‘liqdir. Ko‘p yillar 
davomida hukm surgan naturalistik nasrga xos unsurlar – mahalliy 
muammolardan chetga chiqmaslik, etnografizm, faktografiya, bay
-
onchilik va publitsistikaga moyillikdan voz k
echish birdaniga ro‘y 
bermadi, albatta. Asta-sekin Lotin Amerikasi adiblarining ijodiy yu
-
tuqlari haqida Ovrupa, AQSh adabiyotshunoslari o‘z fikrlarini bildi
-
ra boshladilar. 1967-yili adabiyot sohasidagi ulkan yutuqlari uchun 
Migel Anxel Asturias(1899–1974) Gvatemala adabiyotini dunyo 
miqyosiga olib chiqdi. Uning Lotin Amerikasi nasrida yangi davrni 
boshlab bergan “Janob Prezident” romani ko‘p yillar ilgari yozila 
boshlangan bo‘lsa-da, faqat 1946-yili nashr etildi. Hech qanday ism
-
siz janob Prezident nafaqat Gvatemalaning sobiq diktatori, balki Lo
-
tin Amerikasi diktatorlarining ramziy obrazi sanaladi.
Yana bir taniqli adib Alexo Karpanter (1904–1980) romanlari
-
dagi voqealar turli tarixiy davrlarda nafaqat Lotin Amerikasi, balki 


318
Ovrupada ham bo‘lib o‘tadi. Kubalik adibning “Yo‘qotilgan izlar”, 
“Ma’rifatparvarlik asri”, “Barokko konserti” singari asarlarida faqat 
Karpanterga xos o‘zgacha uslub yorqin namoyon bo‘ladi (epitet, an
-
iqlovchi, mufassal tasvirlarga boy bo‘lgan murakkab gap qurilma
-
laridan keng foydalanish). Asturias va Karpanter XX asr ikkinchi 
yarmi Lotin Amerikasi adabiyotidagi o‘ziga xos oqim – “maftunkor 
realizm”ning darg‘alaridan hisoblanadi. “Maftunkor realizm” uc-
hun boy mifologik meros, o‘ziga xos tabiiyligini saqlab qolgan ta-
biat manzaralari tasvir ob’ekti bo‘lib xizmat qiladi. Shu o‘rinda har 
ikki adib ham hayotining ma’lum bir qismini Ovrupada o‘tkazgani, 
u yerdagi turli adabiy yo‘nalishlar, xususan syurrealizm ta’siridan 
bebahra qolmaganini ham ta’kidlash lozim bo‘ladi.
Braziliyalik adib Paolo Koelo (1944-yilda tug‘ilgan)ning 
1990-yilda nashr etilgan “Alkimyogar” romani hozirgacha dunyon
-
ing 120 ga yaqin mamlakatida chop etildi. Romanda insonning umri 
mobaynida amalga oshiradigan ishlari nimalardan iborat, o‘z taqdiri 
yo‘lidan borib, ko‘nglidagi orzu-umidlarni amalga oshirish uchun 
nima zarur degan falsafiy, mohiyatan esa, oddiy insoniy masalalar 
haqida fikr yuritiladi. Bosh qahramoni 16–17 yoshlardagi cho‘pon 
yigit bo‘lgan ushbu asarda realizm, sarguzasht, mistika, detektiv va 
didaktika an’analari uyg‘unlashib ketgan.
Lotin Amerikasi adabiyotida oltmishinchi yillarda sodir bo‘lgan 
kuchli “portlash”(uning tub mohiyati tanqidchilar tomonidan turli
-
cha baholanmoqda) ning aks-sadosi dunyodagi deyarli barcha adabi
-
yotlarda o‘z aksini topdi.
Umuman, XX asr oxiri XXI asr boshlariga kelib Lotin Amerikasi 
adabiyoti betakrorligi va o‘ziga xosligi bilan jahon adabiy jarayo-
nining muhim bir bo‘lagiga aylandi. 
Argentinalik buyuk yozuvchi 

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin