O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Pablo  Neruda (Naftali Rikardo Reyes) (1904–1973)



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/156
tarix03.12.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#138037
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   156
jaxon adabiyati songisi

Pablo 
Neruda (Naftali Rikardo Reyes) (1904–1973)
Chili janubidagi 
Parral shaharchasida temir yo‘l xizmatchisi oilasida tug‘ildi. U yo
-
shligidanoq she’rlar mashq qila boshlagan va dastlabki she’rlarini 
20-yillarning boshlarida nashr ettirgan. Chex shoiri Yan Neruda 
she’riyatidan ruhlangan Rikardo Pablo Neruda taxallusi bilan ijod 
qila boshlagan. Shoir o‘z ijodida G‘arb she’riyati an’analaridan 
keng foydalandi va o‘ziga xos uslub yaratdi. Shoirning o‘zi 
ta’kidlagandek, “Gongorasiza Ruben Dario, Rembosiz Appoliner, 
Lamartinsiz Bodler bo‘lmaganidek, ularning barchasisiz Pablo Ner
-
uda bo‘lmasligi mumkin edi”.
1934-yildan Madridda diplomatik xizmatda bo‘lgan P.Neruda is
-
pan xalqining fashist general Franko qo‘shinlariga qarshi olib borgan 
kurashining guvohi bo‘ldi. U respublika himoyachilariga katta xay
-
rixohlik bilan qaraydi. Chili hukumatining buyrug‘i bilan 1937-yiln
-
ing kuzida Ispaniyadan chiqib ketadi va “Qalbdagi Ispaniya”(1938) 
she’riy turkumini yaratadi. Fashistlarga nafrat bilan to‘lgan bu asar 
tez orada ko‘plab tillarga tarjima qilindi.
Shoir mazkur she’rlarida Ispaniyani qonga botirgan xoinlarni 
g‘azab bilan la’natlash barobarida og‘ir avhvolga tushib qolgan Is-
paniya xalqi haqida qayg‘uradi, ozodlikni sevuvchi mehnatkashlarn
-
ing 
kelajagiga ishonch bilan qaraydi (“Nafrat”, “Boylar aybi bilan 
kambag‘allashgan Ispaniya”, “Haqoratlangan zamin” she’rlari).
Ikkinchi jahon urushi vaqtida P.Neruda “Stalingradga muhab
-
bat qo‘shig‘i” (1942) va “Stalingradga yangi muhabbat qo‘shig‘i” 
(1943) dostonlarini yaratdi. Bu dostonlar nemis fashist bosqinchi
-
lariga qarshi qahramonona jang qilayotgan insonlarning madhiyasi 
bo‘lib jaranglaydi.


322
Prezident Gonsalos Vidalaning xoinligini fosh etgan va politsiya 
ta’qibi ostida bo‘lgan Pablo Nerudaning oddiy odamlarga bag‘ishlab 
yozgan “Bashariyat qo‘shig‘i” (1950) epopeyasida Amerikaning eng 
qadimgi davridan tortib to hozirgi kungacha bo‘lgan tarixi aks etgan.
Epopeya 15 bobdan iborat bo‘lib, uning birinchi bobi (“yer nuri”)
da Amerikaning tabiati – o‘simliklar dunyosi, hayvonlari, qushlari, 
yer osti va yer usti boyliklari hamda bu yerda istiqomat qiluvchi 
qabilalar haqida hikoya qilinadi. “Istilochilar” deb atalgan uchinchi 
bobda Markaziy va Janubiy Amerikani zabt etib, xalqlarini qirib 
tashlagan va qul qilgan ispan fotihlari haqida gapiriladi. Epopeyan
-
ing to‘rtinchi bobi – “Xaloskorlar”da chet el bosqinchilari zulmiga 
qarshi otlangan mahalliy xalqlarning ozodlik urushi tasvirlangan. 
Bunday kurashga Kuautemon (Meksika), Lautro (Chili), Tupok 
Amaru (Peru) boshchilik qildilar.
Epopeyaning “Qochoq”(X), “Punitaka gullari” (XI), “Qo‘shiq 
mavjlari” (XII), “Qayg‘uli vatanga yangi yil madhiyasi” (XIII), 
“Buyuk ummon” (XIV) kabi so‘nggi boblarda shoirning turli mam
-
lakatlardagi darbadar kezishlari, oddiy kishilar haqidagi taassurot-
lari aks etgan.
“Bashariyat qo‘shig‘i” epopeyasi “O‘zim haqimda”gi (XV) bob 
bilan tugaydi. Bu qismdagi she’rlarda (“Uy”, “Yo‘ldagi do‘stlar”, 
“Sayohatchi”, “Uzoq yerlarda”, “Urush”, “Sevgi”, “Meksika”, “Qa-
ytish”, “Hayot”, “Men kelajakman”) shoirning hayot mashaqqatlari 
haqidagi qarashlar ifodalanadi.
Neruda hayotining so‘nggi 13 yili ijodiy kamolot yillari bo‘ldi, 
deyish mumkin. Ushbu davr mobaynida shoir tomonidan yigirmaga 
yaqin she’riy to‘plam yaratildi. 1967-yili XIX asr o‘rtalarida Ka
-
liforniyada “oltin vasvasasi” davrida adolat uchun kurashgan, asli 
chililik bo‘lgan adolatparvar qaroqchi haqida “Xoakin Muretan
-
ing yulduzi va o‘limi” deb ataluvchi she’riy dramasi paydo bo‘ldi. 
Shoirning “Chili qushlar” (1966), “Osmon toshlari” (1970), “Qishki 
bog‘” (1973), “Dengiz va qo‘ng‘iroq” (1973), “Sariq yurak” singari 
she’riy to‘plamlarida erkin she’r imkoniyatlaridan keng foydalanil
-
gan.


323

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin