78
Sitseron lotin tili va, xususan, lotin nasrining rivojiga kuchli ta’sir
o‘tkazadi. Ovrupa madaniyatining rivoji va ravnaq topishi yo‘lida
ko‘rsatgan xizmatlari jihatidan boshqa Rim yozuvchilari Sitseronga
tenglasha olmaydi.
Uyg‘onish davriga kelganda Sitseron merosiga murojaat juda
ham ortib ketadi: ulug‘ gumanistlar o‘zlarining falsafiy va adabiy
faoliyatlarida lotin tilining benuqson namunasi sifatida, faqatgina,
Sitseron uslubiga ergashadilar. XVIII asrning ma’rifatparvarlari
Volter, Didro, Monteskye va boshqalarning ijodida ham Sitseron
-
ning ta’siri kuchli bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: