95
gan bo‘lib, ularni ijod qilish jarayonini
ikki bosqichga ajratish mum-
kin: xalq ijodiyoti tarixiy voqealarga poetik ishlov bergan bo‘lsa,
keyinchalik u shoirlar tomonidan birlashtirilib sayqallangan.
Baxshi (jongler) ritsar va qirollarning jasoratlari, o‘zaro qarama-
qarshiliklar, nizolari haqidagi qo‘shiqlarning muallifi va ijrochisi
bo‘lgan.
Fransuz epik dostonlarini shartli ravishda uch turkum(sikl)ga
ajratish mumkin: 1. Qirollik turkumi.
Bu turkumdagi dostonlar
markazida Buyuk Karl obrazi bo‘lib, u Fransiyaning ramzi sifati
-
da tasvirlangan. 2. Goran de Monglanga bag‘ishlangan dostonlar
-
da ideal vassal tarannum etiladi. 3. Feodallar o‘rtasidagi nizolarga
bag‘ishlangan Doon de Mayans yoki feodal turkumi.
“Roland haqida qo‘shiq” dostoni
XI-XIV
asrlarda Fransiyada
paydo bo‘lgan ko‘plab dostonlar orasida eng mashhuri sanaladi.
Mualliflarining nomi saqlanib qolmagan bu dostonlarni
truver
15
lar
yozishgan, ularni joglerlar arfa yoki viola musiqa asboblari jo‘rligida
ijro qilishgan. Aksariyat dostonlar qirol Buyuk Karl va uning saf
-
doshlari amalga oshirgan “ulug‘” ishlarga bag‘ishlangan.
“Roland haqida qo‘shiq” da ham Karl va uning sodiq ritsari
Roland madh qilinadi. Doston 1100-yillarda yaratilgan bo‘lib,
unda Karlning Ispaniyaga qilgan yurishi haqida hikoya qilinadi.
Bu voqealar aks ettirilgan XVIII asr solnomasi matnida qirol Karl
armiyasining ar’ergardi
16
. Pireney tog‘larida
tor-mor qilinganligi,
halok bo‘lganlar orasida Breton chegara qo‘shinlarining boshlig‘i
Xroulend bo‘lganligi haqida xabar beriladi. Bu tarixiy voqea dos
-
tonning markaziy mavzusiga aylanadi. Biroq asarda ko‘p narsalar
o‘zgartirilgan: yosh qirol Karlning 778-yillarda bo‘lib o‘tgan yurishi
yetti yilgi urush sifatida, uning o‘zi esa yoshi ulug‘ mo‘ysafid qilib
tasvirlanadi, ar’ergardga hujum qilgan basklar o‘rnini saratsin
17
lar
egallagan.
15
Truver(fr. trouvere) –
ixtiro qilmoq, topmoq.
16
Ar’ergard –qo‘shinning chekinishini pana qiluvchi guruh.
17
Truver(fr. trouvere) – ixtiro qilmoq, topmoq.
96
Dostonda franklarning Ispaniyaga yurishi bilan bog‘liq ko‘plab
voqealar keltirilgan: saratsinlar bilan
olib borilgan muzokaralar,
Ganelonning xiyonati, Rolandning kam sonli qo‘shini bilan saratsin
-
larning son jihatidan yigirma barobar ko‘p qo‘shiniga qarshi Ron
-
seval darasida olib borgan jangi. Ronseval darasidagi jang asarning
kulminatsiyasi bo‘lib, aynan shu epizodda Rolandning jasorati, so
-
diq do‘sti
Oliverning aql-zakovati, ularning vatan manfaatlari uchun
fidokorligi namoyon bo‘ladi. Oliver o‘q tegib o‘ldi, o‘n ikkita jasur
per
18
lar halok bo‘ldi, yaralangan arxiyepiskop Turpin yiqildi. Og‘ir
yaralangan Roland jang maydonida yolg‘iz qoladi va o‘z qilichi Dy-
urendal, burg‘usi Olifant bilan vidolashadi.
Doston 291 she’r bandi(bu bandlar
tirada
deyiladi)dan
iborat
bo‘lib, ular yagona vazn bilan birlashtirilgan. Aksariyat bandlar ox
-
irida o‘ziga xos naqorat bo‘lgan “Aoy” xitobi yangraydi.
Dostları ilə paylaş: