136
nuqsonlarni tuzatishdan iboratdir. Bu ikki vazifadan birining ado
etilmasligi komediyaning ta’sir kuchini yo‘qqa chiqaradi. Molyer
komediyalarida uch birlik qonuniga hamma vaqt ham amal qilaver-
maydi.
1659-yilda birinchi original asari «Kulgili norzaninlar» ni yarat
-
di. Bunda yozuvchi o‘z zamonasi ayollarini
peretsioz adabiyotga
juda ham mukkasidan ketganligini kulgiga oladi. Molyer «Tartyuf»,
«Don Juan», «Mizontrop», «Hasis», «Dvoreyanlikdagi meshchan»,
«Zo‘raki tabib» kabi asarlari uni nomini mashhur qiladi. Uning eng
mashhur asari – «Tartyuf» 1664-yilda yaratilgan. Molyer komedi
-
yalarini o‘qimagan kishilarga ham Tartyuf ismi yaxshi tanish bo‘lib,
u ikkiyuzlamachilik timsoli sanaladi.Asar o‘sha davr sharoitidan
kelib chiqib, bir necha marta qayta ishlangan. Bu komediyada Molyer
yuqori tabaqa vakillari ichida avj olgan riyokorlik va munofiqlik si
-
fatlarini Tartyuf obrazi orqali ochib bergan. Asar savdogar Organning
Tartyuf bilan ibodatxonada tanishuvi, uyiga
olib ketishi voqealari bi-
lan boshlanadi. Organning o‘g‘li Damis, Xizmatkor qiz Dorina, qizi
Mariannalar bu odamni firibgar ekanligini sezishadi. Ammo otasi
ularga so‘z bermaydi. O‘g‘lini uyidan quvib, mol-mulkini Tortyufga
xat qilib beradi. Asar oxirida Organ Tartyufni soxta taqvodor ekanini
biladi
va uyidan haydaydi, ammo bu uy unga tegishli ekanligini ay-
tadi va Organni quvib chiqarish maqsadida sud chinovnigini aytib
keladi. Biroq kutilmaganda «odil monax» buyrug‘i bilan aldoqchin
-
ing o‘zi qamoqqa olinadi.
«Tartyuf» komediyasi klassitsizm xarakteralar komediyasining
tipik namunasi bo‘lib, Tartyufning ikkiyuzlamachiligi, Garponning
hasisligi («Hasis») kabi mutlaq hirsdir.Yozuvchining
diqqati inson
xarakterini ochish emas, balki ilgaridan belgilab qo‘yilgan Tartyuf
xarakterining bir nuqtasini ko‘rsatishga qaratilgan. Bu klassitsizm
teatrining asosiy belgilaridan biri edi.
1665-yilda yaratilgan «Don Juan» komediyasi (ikki hafta ichida
yozilgan) ham taqiqlanadi. Don Juan Tartyuf singari munofiq va ax
-
loqiy jihatdan buzilgan dvoryan edi.
137
«Don Juan» Molyerning klassitsizm qoidalari qobig‘ini yorib
chiqqan yirik realistik asari. Buni turmushning keng tasvirlanishida,
uch
birlikka rioya etmaslikda, qahramonlar xarakterining rivojlanib
borishida ko‘rishimiz mumkin, klassitsizm qoidasiga binoan, ko-
mediya she’riy yo‘l bilan emas, balki prozada yozilishi kerak edi.
Don Juan obrazining jahon adabiyotida yuzdan ortiq varianti bor.
«Dvoryanlikdagi meshchan» (1670) pyesasida Jurden obrazi
orqali aristokratiya hayotiga taqlid qilib dvoryanlikka suqilib kiruv-
chi meshchan masxara qilinadi. U o‘ziga musiqa, raqs,
qilichbozlik,
falsafa bo‘yicha muallimlar yollaydi. Jurden aristokrat doirasidan
chiqqan Dorant kabi kishilar bilan aloqa qilinayotgani uchun faxr-
lanadi. Dorant uchun u «sog‘im sigir»ga aylanib qolgan edi.Yosh
yigit Kleant Judenni qizi Lyusilni sevadi. Ammo ota yigitni dvoryan
emasligi uchun qizini bermaydi. Komediya oxirida Kleant turkcha
kiyinib, o‘zini turk sultonining o‘g‘li deb
tanishtiradi va Jurdenni bo-
plab laqillatadi.
XVII asr fransuz adabiyotining yirik vakili, mashhur masalchi
shoir
Dostları ilə paylaş: