174
Daniya romantizmida afsona va ertaklar alohida o‘rinda turadi.
1810–1820-yillar Daniya adabiyotida ertaklar davri deb ataladi.
1818-yilda Yu.Til «Daniya xalq rivoyatlari», S.Grundvich «Qadim
-
gi Daniya rivoyatlari» (1854–1861), Vinter «Daniya xalq ertaklari»
to‘plamlarini chop ettirdilar.
1816-yili Elekleger «Turli xalqlar ertaklari» to‘plamini nashr et
-
dilar. Bu davrda adabiyotga buyuk daniya ertakchisi X.K.Andersen
kirib keldi.
Xans Kristan Andersen (1805–1875).
Buyuk
ertakchi Odens
shahrida, etikdo‘z oilasida dunyoga keldi. 1819-yili Kopengagenga
keladi. 1822-yili Andersen qadimgi skandinav syujeti asosida yozil
-
gan, «Elflar qo‘shig‘i» asarlarini teatrga olib keldi. Katta qiyinchilik,
muhtojlikda avval gimnaziyani, keyin esa universitetni tamomladi.
Andersen Kopengagenga kelishidan oldinroq she’rlar yoza bosh
-
lagan. Dramatik asarlardan 1 aktli «To‘ng‘ich» satirik pyesasi shuh
-
rat qozondi. Andersen 6 ta romanning muallifi hisoblanadi. Uning
«Improvizator», «Faqat skripkachi» romanlari mashhur bo‘ldi. An
-
dersen romanlari Daniya romantizmi uchun
katta ahamiyat kasb eta-
di. Uning romanlarini V.Skott va V.Gyugo asarlariga qiyoslashadi.
Lekin yozuvchiga umumjahon miqyosida shuhrat keltirgan asar
-
lari – uning ertaklari bo‘ldi. U 1835-yildan ertaklar yoza boshlagan.
Adabiy ertaklardan ko‘ra xalq ertaklariga yaqin turuvchi bu asar
-
lar xalq orasida mashhur bo‘ldi. 1835–1841-yillarda Andersenning
«Bolalarga atalgan ertaklar» to‘plami nashr etildi. Bu to‘plamdan
«Chaqmoqtosh», «Kichkina Klyaus va katta Klyaus», «Yo‘ldosh»,
«Yovvoyi oqqushlar», «Cho‘chqaboqar» kabi ertaklar o‘rin oldi. Bu
ertaklar xalq ertaklari asosida yozilgan. Ushbu to‘plamda
boshqa
xalqlar asarlari asosida yozilgan badiiy ijod namunalari (asarlar)
ham keltirilgan. «Qirmizi bo‘ta Elfi» (Italiya qo‘shig‘i asosida),
«Uchar sandiq» («1001 kecha» asosida) kabi ertaklar ham kiritil
-
gan. Shunigdek bu to‘plamga Andersenning o‘zi to‘qigan «Kichkina
Idaning gullari», «Dyumchaxon», «Suv parisi», «Baxt kovushlari»,
«Jannat bog‘i», «Ole Lukoye» ertaklari ham kiritilgan.
175
Andersenning ertaklari o‘quvchilar va adabiyot tanqidchilarining
e’tiborini o‘ziga tortadi. Bolalarga atalgan bu ertaklar o‘ziga xos edi.
Andersen bolalarga o‘z tengiga murojaat
qilganday munosabatda
bo‘lib, pand-nasihat qilmas edi. Bu ertaklarda yaxshilik faol kura
-
shadi, inson tabiatidagi haqiqat, chin sifatlar namoyon bo‘ladi.
Andesenning eng go‘zal, yorqin ertaklaridan biri «Suv parisi»
ertagidir. Suv parisining insonga javobsiz sevgisi haqida yozuvchi
ilgari ham yozgan edi. («Samse orolidan kelgan suv parisi»)
Bu ertakda Andersen insonning go‘zal ruhiy olamini nafaqat hay
-
ajonli
syujet orqali, balki qahramonning ruhiy olamini chuqur ochib
beruvchi psixologizm orqali tasvirlaydi.
Dostları ilə paylaş: