O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/156
tarix03.12.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#138037
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   156
jaxon adabiyati songisi

Elitar (xos) san’at
tushunchasining mohiyati shundan ibo-
ratki, modern adabiyot hamma uchun, ayniqsa, omma uchun 
mo‘ljallangan bo‘lmay, uni tushunishga qodir ozsonli o‘quvchilar 
darajasi hisobga olinib yaratiladi. Chunonchi, asarlari modernchi-
larning falsafiy poydevorlaridan biri bo‘lib xizmat qilgan olmon 
faylasufi F. Nitsshe o‘zining “Zardusht tavallosi” kitobiga “Hamma 
uchun mo‘ljalanmagan kitob” deb yozib qo‘ygan edi. 


261
San’at san’at uchun. 
Bu fraza ilk bor 1933-yilda Fransiyada 
paydo bo‘ldi. San’at san’at uchun konsepsiyasi asarning maz
-
muniga emas, shakliga e’tibor qaratdi, estetik jihatdan go‘zal 
bo‘lishini yoqlab chiqdi. Realizm va uning prinsiplarini inkor 
qildi, sof san’at g‘oyasni ilohiylashtirdi. Go‘zallikni reallikdan 
tashqarida, deb bildi. XIX asr oxiriga kelib, bu konsepsiya inq
-
irozga yuz tutdi. Lekin uning estetizm prinsiplari formal maktab
-
ning rivojiga ta’sir qildi. 
Ekspressionizm (fr. ifodalash).
XX asr birinchi choragida nemis 
adabiyotida shakllanib, so‘ng boshqa milliy adabiyotlarga tarqalgan 
adabiy yo‘nalish bo‘lib, u adabiyot va san’atda ob’ektiv voqelik 
emas, balki ijodkor meni ustivor bo‘lishi kerak, degan g‘oyani ilgari 
suradi. U voqelikni tasvirlash emas, ijodkor menini, qalbini ifodalash 
muhim, deb biladi. Yo‘nalish nomi ham shu yerdan kelib chiqqan. 
Ifodani tasvirdan, intuitsiyani mantiqdan ustun, deb qaraydi.
Dadaizm (
fr. “dada” – yog‘ochdan ishlangan o‘yinchoq ot, 
ko‘chma ma’noda – bolalarga xos betartib nutq) birinchi jahon 
urushi vaqtida urushga qarshi isyon kayfiyatidan Ovrupada paydo 
bo‘lgan avangardistik oqim. Dadaizm mavjud tartibotni absurd 
deb bildi va hamma narsani inkor qildi. An’analarga nigilistik mu
-
nosabatda bo‘lib, isyonkorlikni bayroq qilib olganlar. Adabiyotda 
ma’nosiz so‘z va tovushlarni ishlatish, tasviriy san’atda esa narsala-
rni ma’nosiz tarzda birga chizish kabilar bo‘lgan. Haqiqiy adabiyot 
ijtimoiylikdan xoli bo‘ladi, degan aqidani ilgari surganlar.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin