284
ortidan ergashish mumkin bo‘lgan na biron g‘oya, na dardiga ham-
dard bo‘lgulik biron inson topolmay arosatda tentiraydi. Hatto qis
-
saning syujetida butunlik yo‘q, u toshga urilib parchalangan oyna
bo‘laklariga o‘xshaydi. (Voqealarni ana shu siniqlarda ro‘rishingiz
mumkin). Najotni hech qayerdan topolmagan qahramon, alaloqi
-
bat, o‘z ruhiy olamiga hisb etiladi. Shunday bo‘lsa-da,
asar oxirida
qahramon o‘tirgan xona eshigi ochiq qoladi. Bu – ramz. Qissaning
ismsiz qahramoni bugungi tafakkur ahlining o‘ziga xos umum-
lashtiruvchi obrazidek taassurot qoldiradi. Akademik Yuriy Borev
bugun bashar ahli yangi paradigmaga, ya’ni yo‘lga muhtoj deganini
yodga olib, bu holni “Yolg‘izlik” qissasi qahramonining so‘ng holi
bilan qiyos etsak, yuqoridagi ma’no (umumlashtiruvchi obraz) kelib
chiqadi. Ammo o‘zbek yozuvchisining asarida baribir eshik ochiq
qoladi. Demak, u Sharq farzandi sifatida umiddan voz kechmagan.
Bu esa uning postmodernizmnin “oltin qoidalari”ga to‘la tushmayo
-
tganidan dalolat.
Hozirgi o‘zbek she’riyati kechagi she’riyat emas. U o‘zining
ko‘pgina, xususan, shakliy-mazmuniy mundarijasiga ko‘ra o‘zgardi.
Shu bilan birga, ta’kidlash o‘rinliki, bugungi she’riyat kechagi
she’riyatdan uzilib qolgan alohida hodisa ham emas. Ular o‘rtasida
vorisiylik, uzviylik hamon davom etib kelmoqda. Bugungi o‘zbek
she’riyati kechagi o‘zbek she’riyatining eng yaxshi an’analarini
davom
ettirgani holda, jahon adabiyoti buloqlaridan ham suv
ichayapti. Kecha dunyoga sotsialistik realizm tuynigi orqali qara
-
gan bo‘lsa, bugun uning tafakkuri erkin. Aynan mana shu tafakkur
erkinligi hozirgi zamon o‘zbek poeziyasini – yangilangan o‘zbek
she’riyatini vujudga keltirayotgan bosh omildir. Shunga ko‘ra, har
tomonlama boy she’riyatimizga nazar tashlab, uning bag‘rida barcha
yashovchan tamoyillarning izini ko‘ra olasiz: realizm, modernizm va
postmodernizm adabiy oqimlarining turfa yo‘llarida yaratilayotgan
bugungi o‘zbek she’riyati shoir tafakkurining yagona mafkuraviy
iskanjadan
xoli ekanligidan, boshqacha aytganda, erkinligidan dalo-
lat. Yana, shoirning qaysi yo‘nalishda qalam tebratishi emas, qanday
iste’dod bilan yozayotganligi hamda azaliy muhoraba – ezgulik va
285
yovuzlik jangida oldingisining yonida tura bilishining muhimligi to-
bora ko‘proq ayon bo‘lib borayotir.
Bugun o‘zbek she’riyati ifoda usuliga ko‘ra taxminan quyidagi
-
cha ko‘rinishga ega: 1. An’anaviy. 2. Xalqona. 3. Modern. 4. Aruz. 5.
Sinkretik. Ammo ta’kidlab
aytish joizki, dunyoqarashda asosan ikki
kuchning musobaqasini kuzatish mumkin. U ham bo‘lsa, an’anaviy
va modern (shu jumladan, postmodern) oqimlari o‘rtasidagi muso
-
baqa. Aslida, bunday musobaqa hamisha bo‘lgan va u yaqin tarixi
-
mizda “an’ana va novatorlik” deb atalgan.
2012-yil fevral oylaridan e’tiboran Rossiyaning “Literaturna
-
ya gazeta”sida postmodernizm haqida qizg‘in bahs boshlanib, yil
davomida har xil qarashlar o‘rtaga tashlandi. Unda bir xil olim-
lar “postmodernizm Rossiyada o‘z o‘rnini topmadi”, desa, boshqa
birlari “yo‘q, hali bunday deyishga juda erta, jamiyatda xaos bor
ekan, postmodern bor bo‘laveradi”, degan fikrni ilgari surishdi.
Xuddi shunga o‘xshash munozara o‘zbek adabiyoti ilmi maydonida
ham yuz berib turibdi. Bir tomon “modernizm degan unsur nafaqat
o‘zbek
adabiyotiga, balki umuman Sharq adabiyotiga, Sharq tafak-
kur tarziga yot, u Ovrupadan sun’iy ravishda keltirilgan usul” desa,
boshqa birovlari “u jamiyatning yashash tarzi, kayfiyati”, demoqda.
Mayli, bahs-munozara o‘z yo‘liga, ammo she’riyatning o‘zgarib-
yangilanib borayotgani fakt. Undan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Keyingi
20–25 yil mobaynida jamiyatda yuz bergan o‘zgarishlar zamonaviy
o‘zbek she’riyati qiyofasini belgilab berayotgani bor gap. “Haqiqiy
adabiyot, chinakam she’r bu yuksak san’atdir”, degan shior ostida
ijod qiluvchilar soni ko‘payib bormoqda. Bu ham ma’lum ma’noda
she’riyatning ziyoli-ijodkorlar, mutaxassislar
va torroq qiziquvchi-
lar doirasidagina o‘qilishiga olib keldi. Bugun Tursun Ali, Bahrom
Ro‘zimuhammad, Aziz Said, Faxriyor, Muhammad G‘affor, Sher
-
murod Subhon, Go‘zal Begim kabi o‘zbek shoirlari (dunyoqarash
-
lari, iste’dodlari va uslublaridagi jiddiy farqlarga qaramay) qaysidir
ma’noda shu umumiy yo‘nalishlar (modernizm va postmodernizm)
ning ko‘zga ko‘ringan vakillaridir
.
286
Postmodernizm dunyoni tushunish va tushuntirishning bir
yo‘li. Lekin u oxirgi yo‘l degani emas. Insonlar, jamiyatlar bor
ekan, ularning kayfiyatlari, dunyoqarashlari, orzu intilishlariyu
ehtiyojlari ham bir joyda to‘xtab qolmaydi. Bas, shunday ekan,
inson doimo yangi yo‘l qidiradi.
U hayot ekan, izlanish ham
hamisha barhayotdir.
Dostları ilə paylaş: