O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/156
tarix03.12.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#138037
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   156
jaxon adabiyati songisi

Indoneziya adabiyoti
. Indonez xalqining adabiyoti XIX asr ox
-
iri, XX asr boshlarida vujudga kelgan, yangi adabiyot hisoblanadi. 
Adabiyotning ibtidosi bu yerda ham xalq og‘zaki ijodidir. Indone
-
ziya o‘z mustaqilligini 1945-yilda qo‘lga kiritgan. O‘sha vaqtdan 
buyon indonez tilidan tashqari, xitoy, golland kabi tillarda ham ba-
diiy asarlar yozildi hamda indonez xalqi muammolarini jahonga, o‘z 
navbatida, jahon adabiyotini indonezlarga tanitishda katta ahamiyat 
kasb etdi.


291
Amir Hamzah, Sitor Situmoran, Hayril Anvar kabilar indonez 
xalqining zabardast shoirlaridan sanaladi. 1945-yilgi inqilob xalq 
tarixida ulkan rol o‘ynadi. Davr adabiy oqimi “45-yil avlodi” de
-
gan nom bilan tarixda qoldi. Oqimni shoir va tarjimon Hayril Anvar 
boshqargan. U asarlarida xalq tili shevalaridan unumli foydalangan 
va indonez tili mavqeini yuksaltirgan.
Indoneziya yozuvchisi Marah Ruslining (188
9–1968) tarixiy 
“Sitti Nurbaya” romani (1922) shoir va tarjimon Abdulhamid Par
-
dayev
tomonidan o‘zbekchaga o‘girilgan va chop etilgan.
Singapur adabiyoti.
Singapur ham ana shu mingorollarda 
joylashgan, jadal rivojlanib borayotgan Okeaniya mamlakatidan biri 
bo‘lib, adabiyoti dunyodagi eng yosh adabiyotlardan hisoblanadi. 
Shuning uchun ham Singapur milliy adabiyoti deb atalishga muno
-
sib adabiyot hali oldinda. Siril Vong, Eng I-Shen, Elvin Pang kabilar 
Singapurning taniqli ijodkorlaridan. Elvin Pang Singapur adabiyoti 
antologiyasini tayyorlab, nashr qilgan. 
Antologiyalardan biri “Tima
-
sik” deb ataladi va Singapurda adabiyot ixlosmandlari orasida shuh
-
rat qozongan. Sinnatambi Rajaratnam (1915–2006) ning “Yo‘lbars” 
hikoyasi o‘zbek tiliga tarjima qilinib, “Jahon adabiyoti” jurnalida 
e’lon qilingan.
52

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin