O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Qadimgi yunon adabiyoti va uning asosiy xususiyatlari



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/156
tarix03.12.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#138037
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   156
jaxon adabiyati songisi

Qadimgi yunon adabiyoti va uning asosiy xususiyatlari 
Adabiyot xalq hayotining ko‘zgusidir. Shuning uchun antik ad
-
abiyotni o‘rganishni ham uni yaratgan xalqlar hayotini o‘rganishdan 
boshlash lozim bo‘ladi. Bu xalqlar qadimgi yunonlar va rimliklardir.
Miloddan oldingi II mingyillikda Yunoniston hududi va Egey 
dengizidagi orollarda ikki yirik markazlar nomi bilan Krit-Mikena 
deb atalgan, qadimgi madaniyat paydo bo‘lgan. Qadimgi yunon
-
larning tasavvuri bo‘yicha “muqaddas” Olimp tog‘iga makon qur
-
gan ma’bud va ma’budalar haqidagi miflar ham aynan shu davrda 
yaratilgan. Krit-Mikena adabiyotining birinchi davri xalq og‘zaki 
ijodining uzoq asrlarini qamrab olgan bo‘lib, m.o. IX asrda yakun
-
lanadi. Ushbu davr ijodi namunalari bizgacha yetib kelmagan va u 
haqidagi ba’zi ma’lumotlarni keyingi davr adabiyotidan, Qadimgi 
Misr va xett hujjatlaridan (Kichik Osiyoga hujum qilgan qabilalarn-
ing nomlari 
“axayvasha”
va 
“danauna”
tarzida berilgan bo‘lib, 
Homerning eposlarida ular yunonlarning “axey” va “danay” qabi
-
lalari deb ataladi) topish mumkin. Arxaik davrda bir necha asrlar 


48
davomida shakllangan va m.o.VI asrda yozib olingan Homerning 
“Iliada” va “Odisseya” dostonlari to‘laligacha yetib kelgan yagona 
namunalar hisoblanadi. 10 yil davom etgan Troya urushi va undan 
keyingi o‘n yillik voqealari aks etgan bu dostonlar epik qo‘shiqlar 
va rivoyatlar asosida maydonga kelgan. Agar 
epos
– insonni o‘rab 
turgan olam va undagi voqealar haqida hikoya qilsa, 
lirika 
shaxs-
ning ichki dunyosini hamda shoir va lirik qahramonning kechin-
malarini ochib beradi. “Lirika” atamasi torli cholg‘u asbobi lira 
nomidan kelib chiqqan bo‘lib, “musiqa jo‘rligida ijro etilgan she’r” 
degan ma’noni anglatadi. Lekin, bu atama ancha keyin – m.av. III-
II asrlarda Aleksandriya olimlari tomonidan iste’molga kiritilgan. 
Unga qadar “Melika” 

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin