O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/156
tarix03.12.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#138037
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   156
jaxon adabiyati songisi

(melos-qo‘shiq)
atamasi torli cholg‘u, birinchi 
navbatda 7 torli lira jo‘rligida ijro etiladigan qo‘shiqlarni ifoda et
-
gan. Qadimgi yunon she’riyatida lirikaning ikki asosiy turi shakllan-
gan bo‘lib, bular yakka xonanda tomonidan ijro etiluvchi – 
mono-
dik lirika
va ko‘pchilik tomonidan kuylanuvchi 
xor lirikasi
. Shoir 
Pindarning asarlari 
xor lirikasining 
ilk namunalari bo‘lsa, 
monodik 
lirikani 
Sapfo va Anakreont she’rlarida kuzatish mumkin. Yunonlar 
lirik she’riyatni qo‘shiq, musiqa va hatto raqs bilan bog‘liq ravishda 
tasavvur qilganlar. Asta-sekin lirikaning 
yamb
va 
elegiya 
deb atal-
gan turlari faqat o‘qishga moslashtirilgan janrga aylanib bordi. 
Qadimgi yunon she’riyatida qofiya bo‘lmagan. Lirik asarlar 
ohangdorligini ta’minlovchi yagona vosita vazn bo‘lgan. Shu bois 
poeziyada vazn turlari takomillashib borgan. Alkey va Sapfo singari 
shoirlar nomi bilan ataluvchi vazn turlari jahon she’riyatidan abadiy 
o‘rin egallagan. 
Miloddan oldingi VII-VI asrlar she’riyatida shaxsning fikr va 
o‘ylarini diniy-axloqiy yondashuv asosida talqin etish kuchli edi. 
M.o. VI asrda Ioniyada bayoniy uslubdagi proza dunyoga keldi. Tar
-
ixiy va oddiy kishilar obrazlari aks etgan novellalar va Ezop nomi 
bilan bog‘liq masallar yaratildi. Afina madaniyatining rivojlangan 
davri m.o. V-IV asrlarga to‘g‘ri kelib, dramatik janrlar, ayniqsa, 
tragediya rivojlandi. Afina demokratiyasining qaror topishi davrin
-


49
ing yirik shoiri Esxil o‘z tragediyalarida ijtimoiy va axloqiy masa-
lalarni qalamga olgan bo‘lsa, Sofokl erkin inson timsolini yaratdi. 
Komediya an’anaviy shakllarni saqlagani holda, yangi ijtimoiy-sat-
irik mazmun bilan boyidi, taraqqiy etdi. Bu davrda Aristofan asarlari 
yunon siyosiy va madaniy hayotida o‘tkir satira sifatida maydonga 
chiqdi. Individuallashgan personajlar bilan bir qatorda umumlashma 
hajviy obrazlar paydo bo‘ldi. Miloddan oldingi II asrda Rim istilosi 
natijasida Yunoniston madaniy hayoti tushkunlikka yuz tutib, faqa-
tgina milodning birinchi asriga kelib, jonlanish paydo bo‘ldi va IV 
asrda qadimgi yunon adabiyoti inqirozga uchradi.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin