80
Shoir o‘zining zahrini hammadan ko‘ra ko‘proq Sezarning yirik
amaldori va hamtovog‘i Mamurraga sochadi.
Ikki ablah yaramas bo‘lmishlar apoq-chapoq
Biri mushuk Mamurra, birisi suyuq Sezar.
Qorong‘uda topishgan bu ikki naxs vujudda
Kir maishat, zinoning sira ketmas dog‘i bor.
(Erkin Vohidov tarjimasi)
Epigrammani kamolotga yetkazib, Rim poeziyasining maxsus
janri darajasiga ko‘targan adib ham Katull bo‘lgan. Lotin tilida lirik
poeziya yaratish tarixining o‘zi ham Katull nomi bilan bog‘liqdir.
Katull o‘zidan oldin o‘tgan qalam ahllari singari ko‘hna tarix qa-
tlamlarini axtarib, afsonaviy bahodirlarning sarguzashtlarini emas,
balki o‘zining alam-sitamlari, sevinch va armonlarini qog‘ozga
ko‘chirishni afzal ko‘radi. Shu yo‘sin shoir o‘zining hissiyotlarini
tasvirlash orqali, umuman barcha odamlarga xos ruhiy holatlarni,
ehtiroslar kurashini shu qadar noyob ustalik bilan ko‘rsatadiki,
bu jihatdan antik dunyoda o‘tgan kamdan-kam lirik yozuvchilar
Katull bilan tenglasha oladilar. Uning lirikasi nihoyatda rango-rang,
iboralari sodda, sermazmun va badiiy tasvirga boydir.
Dostları ilə paylaş: