128
liqda yoki tajribada emas, balki tafakkur qurilmalarida deb biladi.
Shundan kelib chiqqan holda klassitsizmning asosiy tamoyillari bel-
gilanadi. Ularga ko‘ra, san’at aql tomonidan qat’iy
tartibga solinishi
kerak, badiiy asar aqlga muvofiq va aniq tahlilga imkon beradigan
tarzda qurilishi lozim, san’at asarining kuchi tafakkur qudrati va
mantig‘i bilan belgilanadi.
Olamga xos muayyan qonuniyat asosidagi tartibot san’atda ham
bo‘lishi lozim deb bilgan klassitsizm nazariyotchilari badiiy ijodda
belgilangan qoidalarga og‘ishmay amal qilishni talab etadi.
Klassitsizm yozuvchilari mutlaq hokimiyat mamlakat milliy
birligi manfaatlariga mos keladi deb, uni mustahkamlash g‘oyasini
qo‘llaydilar.
Ular mualliflar tabiatga taqlid qilish kerak degan prinsipni ilgari
surdilar. Lekin voqelikni «qo‘pol»
tomonlariga emas, balki faqat
go‘zal tabiatga taqlid qilishga chaqiradi. Klassitsizmda qahramonlar
xarakteri umumiy va biryoqlamadir.
Klassitsizm nazariyasi bo‘yicha butun adabiy janrlar «yuksak»
(tragediya, epos, qasida) va «tuban» (komediya, satira, epigramma)
janrlarga bo‘linadi.
«Yuksak» janrlarda dav lat ishlari, qirol va hukmron tabaqa va
-
killarining harakatlari tantanali uslubda tasvirlanishi kerak. «Tuban»
janrlarda esa uchinchi toifa vakillarining kundalik turmushi kulgili
manzaralarda aks ettirilishi lozim. Klassitsist yozuvchilar asar tilin-
ing aniq, obrazlarning ratsional, kompozitsiyasining pishiq, uslub
-
ning qo‘pol iboralardan holi bo‘lishiga katta e’tibor beradilar. Biroq
go‘zallikni idrok qilishda yagona mezon sifatida iste’dodga ortiqcha
baho beradilar. Qahramonlarning oldindan belgilab qo‘yilgan
sxema
va logik qonunlarga ko‘ra «yaxshi» va «yomon»ga ajratilishi nati
-
jasida xarakterlarning hayotiyligi chegaralab qo‘yilgan.
Klassitsizmda muhim o‘rin egallagan drama janrida 3 birlik qo-
nuniga rioya etish talab etiladi:
1) zamon (voqea bir kunda bo‘lishi kerak) birligi;
2) makon (hodisalar bir joy, bir binoda bo‘lishi kerak) birligi;
129
3) harakat (yagona syujet yo‘li) birligi.
Klassitsizm antik adabiyotga taqlid qilish asosida kelib chiqqan
yo‘nalish hisoblanadi. “Gumanistlar qadimgi grek va Rim madani
-
yatini o‘rganish va uning ilg‘or g‘oyalarini targ‘ib etishda jiddiy ish
qildilar. Biroq ularning antik san’at haqidagi nazariyalarida bir qa
-
tor nuqsonlar mavjud edi. Bunga sabab o‘rta asrlar adabiyotidagi
milliy xususiyatlarni e’tiborga olmaslikdir. Shuning uchun klass-
itsizm Fransiyadan boshqa mamlakatlarda o‘z
rivoji uchun zamin
topolmadi”
22
.
Klassitsist yozuvchilar Rim va grek san’atining yuqori bosq-
ichiga ko‘tarilgan davrda yaratilgan asarlariga ergashib, o‘sha davr
adabiyotining namunalari va qoidalarini o‘zgarmas, hamma davr
uchun bir xilda xizmat qiluvchi va o‘rnak bo‘luvchi ijoddan iborat,
deb ulug‘lab, ularning nazariy qarashlari va amaliy yutuqlarini qa-
bul qildilar. Biroq, mavhum g‘oyalarni ideallashtirish, davrning real
hayotidan uzoqlashib, xalq
turmushidan ajralib qolish, janrlarni qat-
tiq logik qonunlarga bo‘ysundirish klassitsizm adabiyotini cheklab
qo‘ygan edi.
Dostları ilə paylaş: