130
vazifasini fransuz akademiyasiga yuklaydi. Bu akademiya tilni ham
davlatga bo‘ysundirishi va yagona fransuz tili lug‘atini tuzib chiqishi
kerak edi.
Fransiyada klassitsizmning rivojlanishiga sabab bo‘lgan ik
-
kinchi omil o‘sha davrning yirik mutafakkirlari
Dekart bilan Gas
-
sendi filosofiyasining ta’siri edi. Dekartning ratsionalizmi shundan
iborat ediki, u haqiqatni tajribadan,
moddiy dunyodan emas, balki
aql-idrokdan qidirdi. Uningcha, idrok-haqiqatning yagona o‘lchovi.
Klassitsizm nazariyachilari aql-idrok kuchiga
qattiq ishonadilar va
o‘z qarashlarini shunga asoslaydilar.
1715-yilgacha Ovrupa adabiyotidagi uch adabiy yo‘nalishdan
klassitsizm Fransiyada juda ravnaq topdi. Fransuz klassitsistlari an
-
tik adabiyot tajribasini milliy an’analar bilan uyg‘unlashtira oldilar.
(Boshqa davlatlarda bunday bo‘lmadi).
Renessans realizmi badiiy nasr, asosan,
roman janrida davom
etdi. Barokko esa aristokratik adabiyotda,
shuningdek, Rasin ijo
-
dining so‘nggi davrida (« Ataliya») aks etdi. Klassitsizm esa asosiy
yo‘nalish edi.
Klassitsizm nazariyotchilari aql-idrok
kuchiga qattiq ishonadilar
va o‘z qarashlarini shunga asoslaydilar. Fransuz klassitsistining bi
-
rinchi vakili shoir Malerb (1555–1628) dir. U Genrix IV davrida sa
-
roy shoiri, Reshelpe davrida Fransiya xazinaboni bo‘lib xizmat qildi.
O‘z qasidalarida qirol hokimiyati va uning siyosatini madh etdi.
Dostları ilə paylaş: