131
bo‘lgan, lekin o‘rta asrlarda yo‘qolib ketgan va endi faqat yuqori gu-
ruhlarga ma’lum bo‘lgan oliy badiiy didni tushunadi. Uning shahar
va saroyni o‘rganingiz, degan shiori shundan kelib chiqadi. Bualo sa
-
roy doirasidagi kishilar talabiga javob beradigan
asar yozishga chaqi-
radi. U mutlaq hokimiyat g‘oyalarining kuychisi edi. Shuning uchun
ham hamma «tuban», «qo‘pol» narsalarni rad etgan Bualo xalq va
uning oddiy turmushini aks ettirgan Molyerni yoqlamaydi.
Klassitsizm adabiyotining yirik vakili dramaturg
Per Kornel
(1606–1684)
Ruan shahrida sud chinovnigi oilasida tug‘ildi. Iuzit
maktabida o‘qidi. Huquqshunoslikni o‘rganib, advokat bo‘lib ishla-
di.Ma’lum bo‘lishicha, bir kuni Kornelning do‘sti uni o‘z
sevgan qizi
bilan tanishtiradi. Qiz esa Kornelni yoqtirib qoladi. Ana shu voqean
-
ing kulgili tomoni uni komediya yozishga undaydi. Shunday qilib,
«Melita» komediyasi yaratildi. Shundan so‘ng «Beva», »Qirollik»,
«Maydon» , «Sud galereyasi» komediyalari yaratiladi. Ammo Ko
-
rnelga uning tragediyalari shuhrat keltiradi. 1635-yilda «Medeya»
tragediyasi antik yozuvchilar Evripid va Senekaning Mediya haqida
-
gi asarlari syujetidan olinadi. Ammo, voqea asosida mifologik tarix
yotsa ham, Kornel o‘z zamonasi aristokratiyasini yaramasiliklarini
fosh etadi.
Kornel 1636-yilda fransuzlar faxriga aylangan «Sid» tragediya
-
sini yaratdi va Fransuz Akademiyasi tragediyani sinchiklab o‘rganib
chiqadi. 1639–1641-yilda u «Goratsiy», «Sinna»
asarlarini yoz
-
di. 1652-yilda ijodiy omadsizlikka uchragandan so‘ng «Pertarit»
tragediyasi muvaffaqiyatsizlikka yuz tutib, Kornel 7 yil ijod qilmadi.
1659-yilda «Edip» tragediyasini yozdi. 1662-yilda Parijga ko‘chib
kelib yozishni davom etadi, ammo uning shuhrati so‘na boshlayo-
tgan edi. Bu davrda yangi iste’dod –
Rasin shon-shuhratga ega
bo‘layotgan edi. Kornel 1674-yilda umuman yozishni bas qiladi va
10 yildan so‘ng 1684-yilda vafot etdi. Bir kuni Kornel bir necha yil
bo‘lmagan teatrga keladi. Uni tanib aktyorlar o‘yinni to‘xtatishadi.
Zalda to‘xtovsiz qarsaklar yangraydi. Ammo shon-shuhrat Kornelga
moddiy manfaatdorlik keltirmaydi. U umrining oxirida moddiy qiy-
inchilikda hayot kechiradi.
132
Kornel tragediyalarning asosiy personajlari qirollar yoki buyuk
qahramonlardir.
Uning fikricha, hokimiyatga ega bo‘lgan buyuk,
kuchli va erkin shaxslar o‘z his-tuyg‘ularini namoyon etishda ham
mustaqil harakat qilib, insoniy jihatlarni o‘zlarida to‘liq mujassam-
lashtira oladi. Kornel nuqtayi nazari bo‘yicha,
asosiy dramatik kon-
flikt aql va tuyg‘u, iroda va xohish,burch va ehtiros o‘rtasida bo‘lib,
bunda aql, iroda va burch g‘olib bo‘ladi. Dramaturgning tarixiy
tragediyalari ham XVII asr Fransiya mutlaq hokimiyati manfaatlari
-
ga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: