187
katta bo‘ldi. Chunki bu tarixiy voqealar Fransiyaning siyosiy hayo
-
tidagi ulkan burilishlarga turtki bo‘lib, qirol Lui Filipp monarxiya
-
sini inqiroz holatga olib keldi.
1830–31-yillarda matbuotning nufuzi beqiyos darajada oshdiki,
gazetalarda professional jurnalistlardan tortib talaba, etikdo‘zgacha
o‘z maqolalari bilan ishtirok etdilar.
Fransuz adabiyotida tanqidiy realizm F.Stendalning “Qizil va
qora” va “Parma ibodatxonasi” romanlari, Balzakning “Gorio ota”,
“Gobsek”, “Yevgeniya Grande” asarlari, P.Merime novellalaridagi
real voqelikka tanqidiy munosabatida ifodalanadi. Fransuz adabiy
-
otida realizmning hukmronlik davrini ikki bosqichga bo‘lish mum-
kin: 1) Realizmning paydo bo‘lishi va tan olinishi (20-yillarning
oxiri va 40-yillar) Beranje, Merime, Stendal, Balzak. 2) XIX asrn
-
ing 50–70-yillar realizmi (1848-yildan keyingi adabiyot), Stendal va
Balzak realizmining merosxo‘ri va E.Zolya “naturalistik realizm”
maktabining o‘tmishdoshi G.Flober nomi bilan bog‘liq. Fransuz
realizmining gullab-yashnagan davri 30–40-yillarga to‘g‘ri keladi,
ayni shu yillarda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan yozuvchilar o‘zlarining
salmoqli asarlarini yaratdilar. Yozuvchining jamiyatdagi o‘rni haq-
ida O.Balzak “Insoniyat komediyasi”da “Fransuz jamiyati o‘ziga-
o‘zi tarixchidir. Men esa uning tarixini
tasvirlovchi oddiy kotib-
man”, – deb yozgan edi. Ta’kidlash joizki, XIX asrning ikkinchi
yarmigacha “romantizm” va “realizm” terminlari o‘rtasida ajralish
bo‘lmagan, realistlar – romantiklar deb atalgan.
Faqat Stendal va
Balzakning o‘limidan keyin 1857-yili Shanfleri hamda Dyurantilar
maxsus deklaratsiyalarida “realizm” terminini taklif qildilar.
Fransuz realizmining tarixi Beranjening qo‘shiqqa oid ijodi bi
-
lan boshlanadi va bu tamoman tabiiy hamda ob’ektiv qonuniyatlar-
ga asoslangan. Chunki, adabiyotning kichik janri bo‘lgan qo‘shiq,
o‘z zamonining barcha diqqatga sazovor hodisalariga o‘z
vaqtida
va shiddatli javob qaytaradi. Realizmning shakllanish davrida u bi-
rinchilikni ijtimoiy romanga bo‘shatadi. O‘ziga
xos xususiyatlarga
ega bo‘lgan aynan shu janr, yozuvchiga voqelikni keng tasvirlash
188
va chuqur tahlil qilish uchun katta imkoniyatlarni yaratgani uchun,
Stendal va Balzak o‘zlarining asosiy ijodiy vazifasi – o‘z ijodlarida
Fransiyaning tirik siymosini to‘laqonli aks ettira oldilar. Bu davrda
novella janrining tengsiz namoyandasi P.Merimening hikoyalari ro
-
mandan keyingi o‘rinni egalladi.
Adabiy
taxallusi
Dostları ilə paylaş: