O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/156
tarix03.12.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#138037
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   156
jaxon adabiyati songisi

Ingliz tanqidiy realizmi
 
XIX asrning 20–30-yillarida Bayron va Shelli, Kits va Skottlar 
olamdan o‘tdilar. Romantizm bor imkoniyatlarini sarf qilib bo‘lib, 
yangi nomlar paydo bo‘lmadi. Ingliz adabiyoti rivojlanishida roman 
janri strukturasining yangi xususiyatlar bilan boyishi, ingliz tanqidiy 
realizmining gullab-yashnagan davri XIX asr 30–40-yillarga to‘g‘ri 
keladi. Bu davrda zabardast realist yozuvchilar (Dikkens, Tekkerey, 
opa-singil Brontelar, E.Gaskell va chartist shoirlari Jons va Linton
-
lar) ijod qiladi. 
Ch.Dikkensning «Dombi va o‘g‘li», Tekkereyning «Shuhratpara
-
stlik bozori», Sh.Brontening «Jeyn Eyr», E.Gaskellning «Meri Bar
-
ton» kabi romanlari ana shu davr adabiyotining eng sara asarlaridan 
hisoblanadi.
XIX asr ingliz realizm adabiyotini uch davrga ajratish mumkin: 
Birinchi davr – 30-yillar; ikkinchi davr 40-yoki “och qirqinchi yil
-
lar”; uchinchisi 50–60-yillar. 
30-yillarda adabiyotga yosh Dikkens va Tekkereylar kirib keldi
-
lar. “Oliver Tvist” va “Ketrin” romanlari bu yozuvchilarning nyugeyt 
romanlariga o‘ziga xos javoblari edi.


203
40-yillar ingliz adabiyoti rivojlanishida yangi, ikkinchi davrni 
boshlab berdi. Bu yillarda chartistlar harakati keng quloch yozdi
ular ishchilar hayotining, ayol mehnatkashlarning ayanchli ah-
volini ko‘rsatdilar, xalqning muhtojligini, mamlakatda islohotlar 
o‘tkazishni talab qildilar.
Dizraeli, Kingsli, Bulver-Litton, Dikkens va Tekkerey, opa-singil 
Brontening ijtimoiy romanlarida asrning g‘oyalari ham, ijtimoiy ha
-
rakatning ahvoli ham, davrning ma’naviy tamoyillari ham o‘z ifo-
dasini topdi. Ingliz romanchilarining bu ajoyib pleyadasi o‘z asar
-
larida nafaqat real holatni, balki jamiyatdagi qarama-qarshiliklarni 
ham ko‘rsatib berdilar va uning kamchiliklarini (snobizm, ortiqcha 
xudbinlik, shuhratparastlik) ochib tashladilar, shu bilan bir qatorda 
oliyjanob gumanistik ideallarni ham ilgari surdilar. Ular o‘z ijodlari 
bilan ifoda vositalari majmuini, hikoya qilishning realistik tizimini 
ramziylik va metafora, teatr elementlari, parodiyalar, satira, panto
-
mimalar bilan boyitdilar.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin