O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Shiller (1759–1805). Ulug‘ nemis shoiri va dramaturgi Fridrix 
Shiller  1759-yili  Marbah  shahrida  (Vyurtemberg  gersogligi)  har-
biy feldsher oilasida tug‘ilgan. 1773-yili 14 yoshlik Shiller harbiy 
bilim  yurtiga  (keyinchalik  harbiy  akademiyaga)  o‘qishga  berildi. 
Vyurtemberg  gersogi  Karl  Yevgeniy  tashkil  qilgan  ushbu  o‘quv 
yurtida bo‘lajak shoir nemis sharoitining qorong‘i tomonlari bilan 
to‘qnashgan edi. Harbiy akademiyada zobitlar, tibbiyot xodimlari 
va huquqshunoslar tayyorlanardi. Akademiyada Shiller o‘zining ilk 
ijodini boshladi. 1776-yili shoirning “Oqshom” she’ri chop etildi, 
shu yerda birinchi dramatik asari “Qaroqchilar” ustida ish boshladi. 
Tragediya  1781-yili  yozib  tugatildi  va  tez  orada  Mangeym  shahri 
teatrida sahnaga qo‘yildi va favqulodda muvafaqqiyat qozondi. Asar 
premerasiga  borgan  Shillerni  gersog  Karl  Yevgeniy  ikki  haftaga 
qamab qo‘yadi. Karl Yevgeniyning zulmidan qutulish uchun shoir 
Mangeymdan Leypsigga, Drezden shahriga kelib joylashadi. 1782-
yili u “Genuyadagi Fiesko fojiasi”, 1783-yili keyin “Makr va mu-
habbat” deb nomlangan “Luiza Miller” drammalarini yozdi. 1787-
yili Shiller Veymarga kelib, Gyote bilan tanishadi. Gyote bilan ham-
korlikda Veymar teatriga asarlar yozadi. 
80–90-yillarda  Shiller  estetikaga  oid  bir  qancha  asarlar  yozdi. 


152
“Zamonaviy nemis teatri haqida” (1782), “Teatr ma’naviy muassasa 
sifatida” kabi nazariy asarlarida erkinlik va go‘zallik tushunchalari 
orasidagi o‘zaro munosabatlar masalasini hal qilar ekan, Shiller 
inson kamoloti va jamiyatini qayta qurishda estetik tarbiyaning, 
go‘zallikning  roliga  muhim  ahamiyat  beradi. Adib  tarix,  qadimgi 
yunon san’ati bilan shug‘ullanib, odamlarni go‘zallik g‘oyasi bilan 
tarbiyalash mumkin, degan nazariy xulosaga keladi. U antik dun-
yo san’atida o‘z ideallarini ko‘radi. Shiller 46 yoshida, ayni ijodiy 
kuchga to‘lgan bir pallada vafot etadi. 

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin